www.pedagoglar.uz 22-son 4 –to’plam fevral 2022
Sahifa: 220
tanlanish ekanligini koʻrsatish orqali birinchi boʻlib Evolyutsion taʼlimotning asosiy
muammolarini ilmiy nuqtai nazardan hal etdi. Darvinizmning paydo boʻlishi bilan bir
vaqtda uning dushmanlari — idealistik va teleologik konsepsiyalar tarafdorlari 20-
asrning 2-yarmida markizmning ayrim aqidalarini yana qaytadan tiklashdi
(qarang Neolamarkizm). Ammo yangi dalillar toʻplanishi tufayli darvinizm tobora
keng yoyilib, deyarli barcha ilm ahillari tomonidan tan olindi.
Evolyutsion taʼlimotning Ch.Darvindan keyingi rivojlanishi evolyutsiya
mexanizmlari va qonuniyatlarini taxlil qilishdan iborat boʻldi. Zamonaviy nuqtai
nazardan mutatsiya va tabiiy tanlanish evolyutsiyaning eng asosiy omili hisoblanadi.
Bu omillarning birgaliqsagi taʼsiri evolyutsiya jarayoni amalga oshirilishining asosiy
sharti hisoblanadi. Tabiiy tanlanish bevosita organizmlar fenotipiga taʼsir etadi;
natijada ayrim genlar yoki allellar emas, balki muayyan reaksiya meʼyoriga ega
boʻlgan bir butun genotiplar tanlanadi. Evolyutsiyaning elementar birligi
populyatsiyalar
hisoblanadi.
Genetik
jihatdan
evolyutsiya
populyatsiya
genofondining muayyan yoʻnalishda oʻzgarishi (mikroevolyutsiya) dan iborat. Tashqi
muhit sharoiti oʻzgarishi xususiyatiga qarab populyatsiyaga harakatlantiruvchi,
turgʻunlashtiruvchi yoki dizruptiv tanlanish taʼsir koʻrsatishi mumkin. Tanlanish tur
individlar ontogenezining (qarang Ontogenez) hamma davrida ham taʼsir etishi
mumkin; filogenez ontogenozning genetik qatorlaridan iborat.
Makroevolyutsiya — turdan yuqori guruhlar ichida kechadigan mikroevolyutsion
jarayonlar integratsiyasidan iborat evolyutsion jarayon. Makroevolyutsiyada
filogenezning umumiy qonuniyatlari va yoʻnalishlari namoyon boʻladi. Organizmlar
muayyan guruhlari evolyutsion oʻzgarishlarining yoʻnalishlari tabiiy tanlanish bilan
bir qatorda muayyan turning tuzilishi (genetik sistemasi, ontogenezi va fenotipi)
xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan evolyutsion cheklanish va taqiqlar orqali ham
belgilanadi.
20-asrning 30- yillarida shakllangan mikro va makroevolyutsiya toʻgʻrisidagi
tasavvurlar evolyutsiyaning sintetik nazariyasi deyiladi. Zamonaviy Evolyutsion
taʼlimot fan sifatida evolyutsion qarashlarning rivojlanishi, har xil yangi evolyutsion