Xristianlikdagi oqimlar.
Xristian cherkovining Katolik va Pravoslav
cherkovlariga ajralib ketishi Rim papasi va Istanbul Patriarxining xristian olamida
yetakchilik uchun olib borgan raqobati oqibatida vujudga keldi. Ajralish jarayoni
Rim iperiyasining g„arbiy va sharqiy tafovutlari o„sib chuqurlashib borayotgan
asrlardayoq boshlangan edi. 867 yillar orasida Papa Nikolay va Istambul patriarxi
35
Fetiy orasida uzil-kesil ajralish ro„y berdi va bu ajralish 1054 yili rasman tan
olindi.
XVI asr boshlarida katolisizmdan bir necha Yevropa cherkovlari ajralib
chiqishi natijasida xristianlikda protestanlik harakatlari vujudga keldi. Buning
davrasida lyuteranlik, baptizm, anglikanlik va kalvinizm cherkovlari shakllandi.
Bular bir cherkovning asosiy marosimlari jihatidan o„zlariga xos bo„lgan
tomonlarga ega bo„lish bilan bir qatorda, bular ham o„z navbatida bir necha
yo„nalishlar, mazhablar va oqimlarga bo„lindi.
1. Pravoslav oqimi.
Pravoslav oqimi xristianlikning uch asosiy yo„nalishidan
biri o„laroq, tarixan uning sharqiy shahobchasi sifatida ro„yobga chiqdi va
shakllandi. Bu oqim asosan Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Bolqon
mamlakatlarida tarqalgan. Pravoslav atamasi yunoncha
ortodoksiya
so„zidan
olingan bo„lib, ilk davr xristian yozuvchilari asarlarida uchraydi. Pravoslaviening
kitobiy asoslari Vizantiyada shakllandi, chunki bu yo„nalish u yerdagi hukmron din
edi.
Muqaddas kitob bo„lmish Injil va muqaddas o„gitlar IV-VIII asrlardagi yetti
butxona Soborlarining qarorlari, shuningdek Afanasiy Aleksandriyskiy, Vasiliy
Velikiy, Grigoriy Bogoslov, Ioann Damasskiy, Ioann Zlatoust kabi yirik cherkov
xodimlarining asarlari ushbu oqim ta‟limotining asosi deb tan olingan.
Xristianlikning Sharqiy tarmog„i bo„lmish pravoslaviyaning rivojlanishi
jarayonida 14 Mustaqil avtokefal) cherkovlari: Konstantinopol Aleksandriya,
Antioxiya, Quddus, Rus, Gruziya, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Albaniya,
Polsha, Chexoslovakiya, Amerika cherkovlari shakllangan.
Pravoslav oqimida sirli rasm-rusumlar muhim o„rin egallaydi. Cherkov
ta‟limotiga ko„ra, bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga alohida savoblar
nozil bo„ladi.
Cho„qintirish
- sirli hodisasi. Bunda dindor o„z tanasini uch marta suvga
botirishi Xudo-otani, O„g„ilni va Muqaddas ruhni chaqirish bilan ruhiy tug„ilishni
kasb etadi.
Badanga yeleyni surkash
ham sirli bo„lib, bunda dirdorga Muqaddas ruhning
ruhiy hayotga qaytaruvchi va chiniqtiruvchi ehsonlari ulashiladi.
Poklanishning sirliligi.
Unda dindor non va vino ko„rinishida o„z badanida
Iso qonini abadiy hayotga tayyorlaydi.
Nadomatning sirliligi
shundaki, dindor o„z gunohlarini din peshvosi oldida
tan oladi, din peshvosi esa uning gunohlarini Iso nomidan kechiradi.
Ruhoniylikning sirliligi
u yoki bu shaxsni ruhoniy darajasiga ko„tarish uchun
yepiskopning qo„lini o„sha shaxs badaniga tegizishi yoki qo„yishi) orqali amalga
oshiriladi.
Badanni yeley bilan ishqalash siri
da Xudoning ruhiy va jismoniy zaifliklarni
tuzatuvchi lutfu marhamatidan umid qilinadi.
Pravoslav cherkovi bayramlar va diniy marosimlarga alohida ahamiyat beradi.
Post
diniy marosimi odatda, katta cherkov bayramlaridan oldin o„tkaziladi.
Postning mohiyati inson ruhini tozalash va yangilash, diniy hayotning muhimi
voqealariga tayyorgarlikdan iborat.
36
Rus Pravoslavining ko„p kunlik postlari to„rtta: Pasxa oldidan, Pyotr va Pavel
kuni oldidan, Bogorodisa uyqusidan oldin va Iso tug„ilgan kundan oldin.
Buyuk bayram ichida Pasxa birinchi o„rinda turadi. Pasxa Isoning o„lganidan
so„ng qayta tirilganini nishonlab o„tkaziladigan bayram. U yilning 22 aprelidan
may oyining birinchi yakshanbasigacha o„tkaziladigan bayram. U “Otsovskiy
den”dan avval o„tkaziladi. Pasxaning tarixi yahudiylikdagi
pesax
bayrami bilan
bog„liq bo„lib, u yahudiylarning Misrdan qochib chiqishi va ozodlikka erishishini
nishonlanishidir. Xristianlik yahudiylikdan to„la ajralib chiqqach pasxa yangicha
tus olgan.
Pasxadan so„ng pravoslav dinining o„n ikki kunlik o„n ikki muhim bayrami
boshlanadi. Ular:
Iso tug„ilishi, Sretenie, Isoni cho„qintirish, Preobrajenie,
Quddusga kirish, Isoning osmonga ko„tarilishi, Troisa Muqaddas butning
osmonga ko„tarilishi
,
Blagoveщanie
Injilning nozil bo„lishi),
Rojdestvo
Bogorodisi
Isoning xochga osilishi) va hakozo.
Do'stlaringiz bilan baham: |