5-mavzu. O‘zbekistonda huquqiy siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi, demokratik jamiyatni shakllantirish yo’lidagi islohotlar


partiyalar faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqdi. Hozirga paytda



Download 415,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana30.05.2022
Hajmi415,11 Kb.
#620298
1   2   3
Bog'liq
5-мавзу.O'ZBEKISTONDA HUQUQIY SIYOSIY (1)


partiyalar faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqdi. Hozirga paytda 
respublikada beshta siyosiy partiya faoliyat ko‗rsatmoqda. Bular O‗zbekiston xalq 
demokratik partiyasi, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, ―Milliy tiklanish‖ 
demokratik partiyasi, O‗zbekiston tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — 
Liberal-demokratik partiyasi va O‘zbekiston Ekologik partiyasidir.
3. O‗zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq-tartibot 
organlari va sud tizimidagi o‗zgarishlar. 2017 yildan e‘tiboran yangi demokratik 
institut – O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining O‗zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisiga Murojaat bilan chiqish instituti joriy qilindi. Mamlakatimiz 
Prezidentining Oliy Majlisga har yili yo‗llaydigan ana shu Murojaatnomalarida 
belgilangan vazifalar milliy parlamentimizning, butun deputatlar korpusining 
faoliyatini tubdan modernizatsiya qilishning asosiy negiziga aylandi. Davlatimiz 
rahbari bu yangi an‘anani parlament amaliyotiga kiritish taklifi bilan chiqdi. Ya‘ni 


endilikda Bosh vazir hukumat a‘zolari bilan birga O‗zbekiston Prezidentining Oliy 
Majlisga Murojaatnomasi dorasida amalga oshirilgan ishlar bo‗yicha Senat va 
Qonunchilik palatasida har uch oyda hisobot berib boradi. Ushbu jarayonlar 
ommaviy axbort vositalarida tanqidiy-tahliliy asosda keng yoritiladi. Natijada 
xalqimiz Murojatnomada belgilab berilgan vazifalar ijrosi qanday holatda 
ekanligidan muntazam xabardor bo‗ladi1. Ushbu teran siyosiy va yuridik mazmun-
mohiyatga ega bo‗lgan muhim institut parlamentning mamlakat hayotidagi roli va 
o‗rnini chinakamiga oshirish, O‗zbekistonni rivojlantirishning yangi siyosiy 
yo‗lidagi muhim ustuvorliklar va vazifalar bo‗yicha ijtimoiy hamjihatlikni 
ta‘minlash uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi. 
Taraqqiyotimizning yangi bosqichi bo‗lgan 2017 yilda amalga oshirilgan 
asosiy ishlar yakuni va O‗zbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning 
eng 
ustuvor 
yo‗nalishlariga bag‗ishlangan Prezident 
Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida Davlat va jamiyat qurilishi 
tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‗nalishlariga to‗xtalib, ―Davlat xizmati 
to‗g‗risida‖gi qonunni ishlab chiqish va qabul qilish bu borada boshqa muhim 
masalalar qatorida davlat xizmatchilari mehnatiga haq to‗lash va ularning munosib 
ijtimoiy ta‘minot tizimini yaratish, ayni vaqtda mansabdor shaxslar javobgarligini 
oshirishni ham ko‗zda tutish maqsadga muvofiqdir, deb ta‘kidlagan edilar2.
Ushbu Murojaatnomada ―Biz mamlakat hayotiga doir har bir qarorni xalqimiz 
bilan maslahatlashib, bevosita muloqot asosida qabul qilmoqdamiz‖. ―Xalq davlat 
idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak‖ degan 
g‗oya bu borada faoliyatimiz mezoniga aylanmoqda deb ta‘kidlagan edilar. Davlat 
xodimlari, avvalo, birinchi rahbarlar faqat kabinetda o‗tirmasdan, joylarga borib, 
aholini bezovta qilayotgan eng dolzarb muammolarning amaliy yechimi bilan 
shug‗ullanishi bosh yo‗nalish bo‗lishi lozimligi uqtirildi. Shunday qilib mamlakat 
taraqqiyotining yangi bosqichi boshlandi. 
Prezident Sh.M.Mirziyoev davlat rahbari sifatida islohotlarning ilk davridanoq 
mamlakatimiz siyosiy tizimining bir bo‗lagini tashkil etuvchi hokimiyat vakillik 
organlari ishiga katta e‘tibor qaratib, deputatlarni xalqning haqiqiy vakillari, uning 
xohish-irodasi va manfaatlarining tom ma‘nodagi ifodachisi sifatida e‘tirof etgan 
holda, ular bilan uzluksiz muloqotda bo‗lib kelmoqda. Prezident tashabbusi bilan, 
deputatlarning har oy o‗n kun davomida bevosita saylov okruglarida ishlashi 
natijasida xalq noiblari o‗z saylovchilarining ehtiyojlari va muammolari to‗g‗risida 
1 Саидов А С. Фзбеккистон: милий тарққиётнинг янги босқичида. // Фуқоролик жамияти.№ 1 (57). 
Тошкент, 2019. Б.6. 
2 Фзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. 
Халқ Сўзи газетаси. 2017 йил 24 декабрь сони 


axborot olishini ta‘minlovchi barqaror mexanizm shakllandi. Shuningdek, ikki 
tomonlama hisobdorlik tizimi yaratildi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining 
ishi ham yangi mazmun-mohiyat bilan boyidi. Parlament a‘zolari bu 
Kengashlarning ishida doimiy asosda ishtirok eta boshladilar. Mahalliy va 
respublika darajasidagi deputatlarning birgalikdagi sa‘y-harakatlari bilan uzoq 
yillar davomida o‗z yechimini topmay kelayotgan ko‗plab masalalar tezkor 
ravishda hal etilmoqda. 
Mamlakatimiz 
parlamenti 
faoliyatini 
modernizatsiya 
chora-tadbirlari 
O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha 
Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishdagi uning rolini 
sezilarli darajada kuchaytirdi. Harakatlar strategiyasi umumjahon amaliyotida keng 
istemolda bo‗lgan bunday taraqqiyot dasturlarida nazarda tutilgan maqsadlarni 
vaqt, aniqrog‗i yillar hamda ularga mutanosib ravishda qabul qilingan davlat 
dasturlari kesimida realizatsiya qilib borish mexanizmi bilan farq qiladi. Bu, 
birinchidan ko‗zda tutilgan maqsadlar realizatsiyasi bilan bog‗liq vaqt omilining 
aniqligi, ikkinchidan, ushbu maqsadlarni ruyobga chiqarish imkoniyatlarining 
reallashuviga olib keladi3. Unda davlat boshqaruvini markazlashtirishdan 
chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy 
ta‘minot darajasini oshirish hamda iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtirokini 
bosqichma-bosqich qisqartirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari 
faoliyatining ochiqligini ta‘minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va 
erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning 
zamonaviy shakllarini joriy etish, ―Elektron hukumat‖ tizimini takomillashtirish, 
davlat xizmatlari ko‗rsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish imkoniyatini 
oshirish kabi maslalarga e‘tibor qaratilgan4. 
O‗zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan milliy qonunchiligimiz tizimini 
insonparvarlik g‗oyalari bilan uyg‗unlashtirish, oddiy odamlarning manfaatlarini 
davlat organlarining idoraviy manfaatlaridan ustun qo‗yish, davlat apparatini aholi, 
fuqarolik jamiyati institutlari bilan amaliy muloqotning faol sub‘ektiga aylantirish 
bosh masala sifatida belgilandi. Mamlakatimiz rahbarining davlat hokimiyati turli 
tarmoqlarining o‗zaro bir-birini tiyib turish hamda muvozanatini saqlash 
mexanizmlari tizimida parlamentning rolini oshirishga qaratilgan tashabbuslari 
alohida ahamiyatlidir. Natijada Oliy Majlisning faoliyatiga hukumat ishi ustidan 
3 Хожиев Т. Ҳаракатлар стратегияси: янги модернизация босқичи. // Демократлаштириш ва инсон 
ҳуқуқлари. № 1 сон. Тошкент, 2018. Б.15.
4 Фзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги 4947- сонли Фармони “ 
Фзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси”. / Халқ сўзи. – 
2017. 8 феврал. 


parlament nazoratining muhim turi — muntazam ravishda o‗tkaziladigan 
―hukumat soati‖ joriy etildi. 
O‗zbekiston Republikasi Prezidentining 2018 yil 30 maydagi ―Istiqbolli 
boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish 
chora- tadbirlari to‗g‗risida‖ gi PQ-3755 sonli qaroriga muvofiq, istiqbolli 
boshqaruv kadrlarining tizimli asosda tanlab olinishini ta‘minlash, shuningdek, 
davlat va xo‗jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimyat organlari, 
boshqa davlat organlari va tashkilotlari tizimida ularning kasbiy malakasini 
uzluksiz oshirib borishga ko‗maklashishi maqsadida O‗zbekiston Republikasi 
Prezidentining 2018 yil 30 maydagi ―Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida 
tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratishchora tadbirlari to‗g‗risida‖ gi PQ-
3755 sonli qarori bilan tasdiqlangan Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olio‗ 
bo‗yicha ―Taraqqiyot‖ respublika tanlovini tashkil etish va o‗tkazish bo‗ytcha 
―yo‗l xaritasi‖ ishlab chiqildi5. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining2019 yil 9 dekabrda qabul qilgan 
―Byurokratik to‗siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari 
faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora tadbirlari 
to‗g‗risida‖ qarori6 vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, 
boshqa davlat tashkilotlarida eskirgan byurokratik usullarda ish yuritish, shu 
jumladan, hujjatlar aylanmasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish 
shuningdek, amaliy ahamiyatga ega bo‗lmagan ko‗plab yig‗ilish va majlislar 
o‗tkazish amaliyotini bekor qilishga qaratilgan. Shuningdek, ushbu qonunda 2020 
yil 1 yanvardan boshlab mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining alohida 
funksiya va vakolatlarini tegishli davlat boshqaruvi organlarining hududiy 
bo‗linmalariga o‗tkazish, davlat organlari va tashkilotlari, ularning tarkibiy 
bo‗linmalari o‗rtasida hujjat aylanishi va hisobotlarni yuritish faqat elektron 
ko‗rinishda shakllantirish, amaldagi idoralararo kollegial organlarini yanada 
qisqartirish va maqbullashtirish bo‗yicha takliflar ishlab chiqilishi kabi masalalar 
ta‘kidlangan edi. Zamon shiddat bilan taraqqiy etib borayotgan bir davrda, 
istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida davlat organlariga ishga qabul qilish, 
turli xil qog‗ozbozlik va ortiqcha byurokratik yig‗ilishlarni o‗tkazishni cheklanishi 
kabi qarorlar muhim ahamiyatli hisoblanadi.
5 Давлат хизматига малакали мутахассисларни жалб этишга қаратилган ягона кадрлар сиёсатини 
шакллантириш. // Фзбекистон Републикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга 
Мурожаатномасини ўрганиш ва кенг жамоатчилик ўртасида тарғиб этишга бағишланган ИЛМИЙ 
ОММАБОП ҚФЛЛАНМА. Тошкент, “Маънавият”, 2019. Б. 215-216
6 Фзбекистон Республикаси Президентинин “Бюрократик тўсиқларни янада қисқартириш ҳамда 
давлат органлари ва ташкилотлари фаолиятига замонавий бошқарув тамойилларини жорий 
қилиш чора тадбирлари тўғрисида” ги қ а р о р и. / Халқ сўзи/ 2019 йил 9 декабрь.


4.O‗zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy 
hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Har qanday ilmiy nazariya yoki 
ta‘limotlarni olib o‗rganadigan bo‗lsak, ularning asosida g‗oyalar, urf-odatlar, 
an‘analar, madaniy-ma‘naviy qadriyatlar yotganini ko‗ramiz. Bular, o‗z navbatida, 
o‗zaro uyg‗unlashib, jamiyat qonunlari, harakat va taraqqiyot qonuniyatlarini 
belgilaydi. 
Yangilanish, siyosiy tizim va qayta qurish, dunyoviy tamoyillar yo‗liga 
o‗tish jarayonida, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ma‘naviy hayotida nodavlat va 
notijorat tashkilotlar ko‗rinishidagi fuqarolik jamiyati institutlarining o‗rni va 
ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Fuqarolik jamiyatida har bir odam erkin holda o‗zi uchun muayyan 
maqsadni belgilaydi. Biroq u boshqalar bilan munosabatga kirishmasdan turib, o‗z 
maqsadiga erisha olmaydi. Natijada har bir alohida shaxs boshqalar bilan o‗zaro 
munosabatlar vositasida ularning farovonlikka intilishini qanoatlantirgani holda, 
o‗zi ham qanoatlanadi. Boshqacharoq qilib aytganda, fuqarolik jamiyatida yaxshi, 
farovon yashamoq uchun har bir fuqaroning intilishi pirovard natijada butun 
jamiyatni o‗shanday yashashga olib keladi. Shunday qilib, fuqarolik jamiyati bir 
kishining ehtiyojini uning mehnati vositasida qondirishi barobarida, shu mehnat 
vositasida barcha qolganlarning ham ehtiyojini qondiradi.
Shu bois fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun nodavlat va notijorat 
tashkilotlarini yanada rivojlantirishni bugungi davr taqozo etmoqda. Chunki 
fuqarolik jamiyati sharoitida kishilarning turli tuman o‗zaro munosabatlari va 
hamkorligi, ularning ixtiyoriy ravishda jamiyat boshqaruvida ishtirok etish 
jarayonlari asosan nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda davlatda amalga oshirilayotgan islohotlarning amalga oshishida 
ularning faoliyati yanada kengayadi. Nodavlat notijorat tashkilotlar davlat 
hokimiyati tomonidan qabul qilinadigan dasturlar va qarorlarni muhokama 
qilishda, jamiyat siyosiy tizimida bo‗layotgan o‗zgarishlarni fuqarolarga 
yetkazishda ishtirok etadi. Ular o‗z vakillarini saylov komissiyalari tarkibiga 
kiritadi, o‗z nomzodlarini deputatlikka yoki fuqarolar yig‗inlari oqsoqolligiga 
qo‗ygan shaxslarga o‗z munosabatlarini bildiradi. NNT jamiyatda kechayotgan 
siyosiy jarayonlarga befarq bo‗lmaydi. Ularning a‘zolari saylovlarda faol 
qatnashishlari bilan o‗zlarini siyosiy jarayonlarda namoyon etadilar7. Ikkinchidan 
esa, nodavlat va notijorat tashkilotlar davlat hokimiyati tomonidan qabul 
7 Саитқосимов А.И Фзбекистоннинг ижтимоий-сиёсий барқарорлигини таъминлашда фуқаролар 
сиёсий фаоллигининг ўрни. Сиёсий фанлар номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган 
диссертация. Т.:2009.-б.83


qilinadigan dasturlar va qarorlarni muhokama qilishda faol ishtirok etadi. Aynan 
shu sababli, bugungi kunda turli darajalardagi davlat hokimiyatining qonun 
chiqaruvchi va ijro etuvchi organlari qoshida tashkil etilan NNTlar, yoshlar va 
bolalar jamoat birlashmalari hamda boshqa maslahat kengash tuzilmalari orqali 
davlat hokimiyati tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarni muhokama qilishda faol 
ishtirok etishi ta‘minlanmoqda.
Uchinchidan, davlat bilan jamiyatning bir-biridan begonalashmasligi ham 
nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining rivojlanishi bilan bog‗liqdir. Hozirgi 
davrda fuqarolik jamiyatini shakllantirish, huquqiy davlat qurish vazifalari 
nodavlat notijorat tashkilotlarini yanada rivojlantirishni taqazo etmoqda. Fuqarolik 
jamiyatida fuqarolarning turli tuman o‗zaro munosabatlari va hamkorligi, ularning 
ixtiyoriy ravishda jamiyat boshqaruvida ishtirok etishi jarayonlari asosan nodavlat 
notijorat tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotganligi tufayli davlat va jamiyat 
o‗rtasida begonalashuv xolati cheklanadi. 
Jamiyat hayotidagi eng dolzarb, aholini, ularning muayyan qatlamini 
tashvishga solayotgan muammolarni hal etish uchun nodavlat notijorat 
tashkilotlarning o‗rni beqiyos. Masalan, turli xil darajadagi ekologik muammolar, 
aholi bandligini ta‘minlash, mahalliy davlat hokimiyati rahbarlarining qonun 
xujjatlariga zid ravishda ayrim soha (ta‘lim, tibbiyot va h.k.) vakillarini majburiy 
ishlarga jalb etish va albatta korrupsiyaga qarshi kurash kabi aholini tashvishga 
solayotgan, mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga, aholining kayfiyatiga salbiy 
ta‘sir ko‗rsatayotgan sohalar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda 
ham nodavlat notijorat tashkilotlari munosib xissa qo‗shmoqda. 
O‗zbekistonda nodavlat tashkilotlar jamiyat hayotida mustaqil faoliyat olib 
borishining bir qancha huquqiy asoslari mavjud: xalqaro huquqiy me‘yorlar, 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, rivojlangan mamlakatlar tajribasi hamda 
milliy an‘analar kabilardir. Ular asosida mamlakatimizda NNT faoliyat 
yuritmoqda. 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasida ―O‗zbekiston 
Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‗yxatdan o‗tkazilgan kasaba 
uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va 
yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning 
boshqa 
uyushmalari 
jamoat 
birlashmalari 
sifatida 
e‘tirof 
etilishi‖8
mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining asosiy institutlari nodavlat notijorat 
tashkilotlarning erkin faoliyat olib borishi kafolatlaydi. 
Bundan tashqari jamiyat taraqqiyotida muhim o‗ringa ega bo‗lgan NNTlarning 
faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida parlamentda nodavlat notijorat tashkilotlar 
8 Фзбекистон Республикаси Конститутцияси. – Т.: Фзбекистон, 2018. 19- б. 


to‗g‗risida bir qancha qonunlar va boshqa huquqiy me‘yorlar qabul qilingan bo‗lib, 
bular ichida O‗zbekiston Respublikasining ―Nodavlat notijorat tashkilotlari 
to‗g‗risida‖gi Qonun (1999 yil 14 aprel) nodavlat notijorat tashkilotlarining 
serqirra faoliyatini har tomonlama huquqiy jihatdan ta‘minlashga qaratilgan. 
Nodavlat notijorat tashkilotlari O‗zbekistonda zamonaviy fuqarolik jamiyatini 
shakllantirishda, demokratiyani qaror toptirishda, fuqarolarning huquq va 
erkinliklarini himoya qilishda juda muhim rol o‗ynaydi. Shuningdek, ularning 
iqtisodiyotni rivojlantirish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bilan bog‗liq 
umummilliy va mintaqaviy vazifalarni hal etishga qo‗shayotgan hissalari tobora 
salmoqli bo‗lmoqda. 
Sog‗liqni saqlash, ta‘lim, atrof-muhitni muhofaza qilish, tadbirkorlik va 
kasanachilikni rivojlantirish, jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish, barkamol 
avlodni tarbiyalash sohalarida yuzlab NNTlar faoliyat yuritmoqda. Ular 
faoliyatining asl mohiyati fuqarolar huquq va manfaatlaridan kelib chiqqan holda 
tashkil etilishi, jamiyatni demokratlashtirishga yo‗naltirilganligini bois mavqeyi 
yanada ortib borayotganligi hayotimizda sezilmoqda. Agar 1991 yilda mamlakatda 
hammasi bo‗lib 100 ta NNT faoliyat ko‗rsatgan bo‗lsa, 2015 yil 1 yanvar holatiga 
O‗zbekiston Respublikasi adliya organlari tomonidan ro‗yxatga olingan 
NNTlarning umumiy soni 8200 tadan ortib ketdi9. 2019 yilning 1 aprel xolatiga 
9964 NNT faoliyat ko‗rsatmoqda10. Yuqoridagi statistikada ko‗rsatilgan raqamlar 
ham fikrimizni tasdiqlaydi. 
Fuqarolik jamiyatining ushbu tayanch institutlari yurtdoshlarimizning 
huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilishda, 
ijtimoiy, madaniy va ma‘rifiy maqsadlarga erishishda muhim rol o‗ynamoqda11. 
―Nodavlat notijorat tashkilotlari to‗g‗risida‖gi qonunga binoan nodavlat notijo-
rat tashkilotlarining maqsadlari quyidagi yo‗nalishlardagi faoliyatlar bo‗yicha 
amalga oshiriladi: 
birinchidan, keng ma‘nodagi madaniy maqsadlarga erishish ko‗zlab tuzilgan. 
Bunda maorif, ilm-fan, madaniyat sohalarida faoliyat olib boriladi; 
ikkinchidan, mamlakat aholisining sihat-salomatligini ta‘minlashni ko‗zlab 
faoliyat yuritish (sport va jismoniy tarbiya bilan shug‗ullanuvchi, turli xil 
9 Фзбекистон Республикасида нодавлат нотижорат ташкилотларини давлат томонидан рўйхатга 
олиш масалалари бўйича амалий қўлланма. – Т.: «art flex», 2015. 12- б.
10 Фзбекистонни ривожлантириш стратегияси. Фуқаролик жамияти. Услубий қўлланма. – Т.: “INFO 
CAPITAL GROUP”, 2019. 239- б. 
11 Фзбекистон Республикаси Президентининг “Мамлакатни демократик янгилаш жараёнида 
фуқаролик жамияти институтларининг ролини тубдан ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 
фармони. http://lex.uz/docs/3721649.0 


xastaliklarning oldini olish va ularni davolashning ilg‗or tajriba ham usullarini 
targ‗ib etuvchi tashkilotlar); 
uchinchidan, turlicha faoliyat yo‗nalishidagi huquqiy muhofazalovchi 
tashkilotlar (masalan, iste‘molchilar huquqini himoyalash jamiyati); 
to‗rtinchidan, fuqarolarning ma‘naviy va boshqa xildagi nomoddiy 
ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan tashkilotlar (nosiyosiy uyushmalar, ijtimoiy 
jamg‗armalar va boshqalar); 
beshinchidan, xayr-ehson ishlari bilan shug‗ullanuvchi tashkilotlar12. 
2016 yilda Sh.M.Mirziyoevning mamlakat Prezidenti etib saylanishi, Prezident 
tomonidan «xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat 
qilishi kerak» prinsipini e‘lon kilinishi, davlat boshqaruvi va xizmatini fuqarolik 
jamiyati talablariga mos holga keltirish uchun ―O‗zbekistonda ma‘muriy islohotlar 
konsepsiyasi‖ni qabul qilinishi O‗zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishning yangi 
bosqichini boshlab berdi.
2017 yilda ―Nuroniy‖ jamg‗armasi, Yoshlar ittifoqi, O‗zbekiston fermer, 
dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Savdo-sanoat palatasi, o‗zini 
o‗zi boshqarish organlari faoliyatini muvofikdashtirish bo‗yicha Respublika 
Kengashi kabi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish, ularni 
qo‗llab-quvvatlashga qaratilgan alohida farmon va qarorlar qabul qilinishi ham 
NNTlarning huquqiy asoslari yanada mustahkamlanganidan dalolat beradi. 
Ammo ana shunday muhim sa‘y-harakatlarga qaramasdan, axolining 
muammolarini tizimli o‗rganish, ularni aniq hal etish, ayniqsa, ijtimoiy sharoiti 
og‗ir ayollarni qo‗llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar o‗rtasida huquqbuzarlik 
va jinoyatchilikning oldini olish, ularni ish bilan ta‘minlash masalalarida bu 
tashkilotlarning ishtiroki yetarli darajada sezilmayapti. Ular faqat nomiga 
yig‗ilishlar o‗tkazish bilan mashg‗ul bo‗lib qolmoqda. Nodavlat notijorat 
tashkilotlari bugun aytilgan tanqidiy gaplardan xulosa chiqarib, o‗z faoliyatida 
burilish yasaydi, deb ishonamiz‖13. 
Fuqarolik jamiyatida faol, tashabbuskor, g‗ayratli, faqat yaratuvchan- lik, 
ijodkorlik ruhi va kayfiyati bilan yashovchi shaxslarga e‘tibor va ehtiyoj katta 
bo‗ladi. Bunday yuksak intellektual salohiyat tafakkur erkinligining qay darajada 
shakllanishi bilan uzviy bog‗liq. 
6 Фзбекистон Республикасининг “Нодавлат нотижорат ташкилотлари тўғрисида”ги Қонуни.// 
“Нодавлат нотижорат ташкилотлари тўғрисида”ги Фзбекистон Республикасининг Қонунига 
шарҳлар. - Т.: Адолат, 2001. - Б. 15. 
13 Мирзиёев Ш.М. Фзбекистон Республикаси Олий Мажлисига Мурожаатнома. 22 декабрь 2017 й. 
- Т.: Фзбекистон, 2017. - Б. 34-35. 


Jamiyatning inson uchun yaratgan real iqtisodiy qulayliklari va imkoniyatlari, 
yuridik haq-huquqlari, qaror topgan axloqiy va ma‘naviy muhit uning tafakkuri 
erkin, ilg‗or va yuksak ideallarni ko‗zlashi bilan uyg‗unlashmog‗i lozim. 
Bir so‗z bilan aytganda, jamiyat siyosiy tizimida muhim o‗rin tutuvchi 
fuqarolik jamiyati yuridik, ya‘ni davlat huquqiga oid tushuncha emas. Davlat 
o‗ziga ma‘qul fuqarolik jamiyati qiyofasini o‗z qonunlari bilan «ta‘sis etish», 
«belgilash», «o‗rnatish»ga qodir emas. Fuqarolik jamiyati shaxslarning turli 
nodavlat va notijorat tashkilotlariga birlashuvi asosida o‗zlarining barcha xohish va 
imkoniyatlarini 
ro‗yobga 
chiqishini 
ta‘minlaydigan 
yuksak 
bosqich, 
boshqaruvning oliy shaklidir. 
5. Ijtimoiy-sherikchilik. O‗z-o‗zini boshqaruv organlarining faoliyati va 
ularning 
jamiyatni 
demokratlashtirishdagi 
o‗rni. 
Ijtimoiy sheriklik tamoyili o‗zining mazmun 
mohiyatiga ko‗ra ijtimoiy 
adolat, fuqarolar farovonligi, ularning ijtimoiy himoyasi 
haqida 
qayg‗urish 
kabi majburiyatni oladi. Shuningdek, ijtimoiy yo‗naltirilgan siyosatni o‗zining 
asosiy vazifasi deb bilib, mazkur siyosatning Konstitutsiyada belgilangan yo‗nal
ishlarning keng qamrovli amalga oshirishda tashabbuskorlik ko‗rsatadi.
Mazkur tamoyilga amal qilgan holda davlat, o‗z organlari orqali uzluksiz 
ravishda ijtimoiy 
hayotning barcha 
sohalaridagi 
muammolarni 
hal qilish 
choralarini 
ko‗rib boradi. Fuqarolik jamiyatining asosiy elementlari bo‗lgan nodavlat notijorat 
tashkilotlari, fuqarolarni o‗zini –o‗zi boshqarish organlari ana shu tamoyil asosida
davlat tashkilotlari bilan hamkorlikni shakllantirib boradi.
Ijtimoiy sheriklik- o‗z navbatida yuqorida 
ko‗rsatib 
o‗tilgan uch sektor
manfaatlarini muvofiqlashtirish va ijtimoiy hayotning barcha muammolarini hal
etishdagi hamkorlikdir. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, ijtimoiy sheriklikning
eng muhim jihati bu taraflarning huquq va majburiyatlarga rioya qilish haqidagi
o‗zaro kelishuvi emas, balki 
ular o‗rtasidagi munosabatlarning 
alohida eng
nufuzli axloqiy qoidalar majmuidir.
Ijtimoiy sheriklikning yana bir xususiyati shundan iboratki, bu munosabatlar
tizimida taraflar barchasi barcha sohada teng huquq va vakolatlarga ega bo‗lgan va 
ijtimoiy kelishishga asoslangan hamda baravar manfaatdor bo‗lgan taraflarning 
hamkorligidir. 
Bizning mamlakatimiz ijtimoiy sheriklik tizimini amalga oshirishning huquqiy 
kafolatlari dunyo tajribasiga asoslangan holda ishlab chiqilmoqda. 
Xususan, O‗zbekiston Respublikasining ―Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliya
tining 
kafolatlari 
to‗g‗risida‖gi 
Qonuni 
davlat tomonidan 
nodavlat 
notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlanishiga, ular tomonidan ijtimoiy ahami
yatga molik masalalarni hal 
etishda davlatning moliyaviy 
qo‗llab-


quvvatlashi masalalari ko‗zda tutilgan.Eng muhimi nodavlat notijorat tashkilotlari 
jamiyatda manfaatlar muvozanatini 
ta‘minlashga 
ko‗maklashmoqda. 
Shu 
asnoda har 
bir fuqaroning 
o‗z
imkoniyatlarini ro‗yobga 
chiqarishi, ularning sotsial faolligi va huquqiy madaniyatini oshirishga g‗amho‗rli
k qilish va sharoitlar yaratish uchun o‗z faoliyatlarini yo‗naltirmoqda. Xuddi 
shu ma‘noda bugungi kunda jamoatchilik 
nazorati 
instituti 
jamiyatning davlat bilan o‗zaro samarali 
aloqasini 
ta‘minlash, odamlarning kayfiyatini, mamlakatda kechayotgan o‗zgarishlarga mun
osabatini aniqlashning 
muhim 
vositalaridan 
biriga 
aylanmoqda. 
Ijtimoiy sheriklik to‗g‗risidagi qonun hujjatlari tanqidiy jihatdan tahlil qilini
b, rivojlangan mamlakatlar tajribasi chuqur o‗rganildi. Darhaqiqat, 
evropaning rivojlangan mamlakatlarida ijtimoiy sheriklik bo‗yicha alohida qonunla
r qabul qilingan. Mazkur qonunlarda davlat organlari bilan nohukumat tashkilotlari
ning hamkorlik shakllari, tartiblari, munosabatlari va moliyalash usullari 
tartibga 
solingan.
Ijtimoiy sheriklik sohasidagi horijiy davlatlar tajribasiga chuqurroq e‘tibor
qilsak, bu sohaning ikki modelini ajratib ko‗rsatishimiz mumkin, ya‘ni ular 
bipartizim va tripartizmdan iborat. Ijtimoiy sheriklikning bipartizm ikki tomonmala 
modeli ish beruvchilar va xodimlarning ixtiyoriy, tomonlarning mustaqilligi va 
teng huquqliligi asosida manfaatlarni muvofiqlashtirishdan iborat. Ijtimoiy 
sheriklikning tripartizm ya‘ni uch tomonlama modeli- ana shunday sheriklikda 
davlat hokimiyai vakillari ham ishtirok etadigan turi hisoblanadi. Sheriklikning 
bu qoidasi bo‗yicha, hodimlar manfaatlarini ularning vakolatli tashkiloti-kasaba 
uyushmalar, ish beruvchilarni-ularning uyushmalari, davlatnikini esa- ijro etuvchi 
hokimiyatning organlari himoya qiladi.
Horijiy tajriba shuni ko‗rsatadiki, ijtimoiy sherikchilikning bipartizm 
modeli mehnat munosabatlarini tartibga solishda davlatning roli katta bo‗lmagan 
ya‘ni ish beruvchi birlashmalar va xodimlar tashkilotlari o‗rtasida ikki tomonlama
hamkorlik amal qiladi hamda ijtimoiy nizolar chiqqanda davlat faqat hakam 
yoki
vositachi rolida 
qatnashishi lozim. Ijtimoiy 
sherikchilikning bu modeli 
ko‗proq AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya tajribalarida namoyon bo‗lmoqda.
Ijtimoiy sherikchilikning tripartizm modelida hamkorlik teng manfaatlar asosid
a uch 
tomonlama shakllanadi va unda 
davlat faol ijtimoiy sherik rolini
bajaradi. Mazkur modelning amal qilishi xalqaro tajribada Fransiya, GFR, Shvesiy
a va Avstriyada mavjuddir. O‗zbekistonda ijtimoiy sheriklik huquqiy 
asoslarining bugungi holatini o‗rganish O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
XIII bobi (―Jamoat birlashmalari‖)ning normalarida belgilab berilgan qoidalar 
asosida shakllanmoqda. Shu bilan birgalikda 2003 yil 29 avgustdagi ―Jamoat
fondlari to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasida


fondlarning davlat 
organlari 
bilan 
o‗zaro 
munosabatlari, ijtimoiy 
sheriklik, yuridik
va 
jismoniy 
shaxslarning huquqlari hamda 
qonuniy manfaatlarini himoya qilish
asosida belgilangan 
Ijtimoiy sheriklikning huquqiy asoslari yana O‗zbekiston Respublikasi
Mehnat kodeksining 28, 52-moddalarida ko‗rsatib berilgan. Agar mazkur
kodeksning 28–moddasida ish beruvchilarning jamoat birlashmalari ixtiyoriy
jamoat tashkilotlari sifatida tuziladi va ish olib boradi, deb ta‘kidlangan bo‗lsa,
ushbu kodeksning 52-moddasida jamoa kelishuvlarida ijtimoiy sheriklik uch
taraflama hamkorlikni rivojlantirish, jamoa shartnomalar tuzishga ko‗maklashi
sh,
mehnat nizolarini oldini olish, mehnat intizomini mustahkamlash kabi qoidalar
nazarda tutilishi mustahkamlab qo‗yilgan.
Ijtimoiy sherikchilikning qonuni manfaatlari teng muzokaralar jarayonida
muvofiqlashtiriladi va tegishli hujjatlar-shartnomalar, bitimlar, kontraktlar 
orqali
rasmiylashtiriladi.
Ijtimoiy sheriklik ham ijtimoiy munosabatlarning boshqa sohalari kabi
huquqiy tartibga solinishi lozim. Shu munosabat bilan ijtimoiy sheriklik va uni
amalga oshirish tamoyillari va mexanizmni tartibga solish, sog‗liqni saqlash, 
atrof- 
muhit muhafazasi aholi, 
ayniqsa yoshlarni ish bilan 
ta‘minlash, 
aholining ijtimoiy
himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‗llab-quvatlash hamda muhim ijtimoiy
ahamiyatga ega bo‗lgan ko‗plab ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan
qonun loyihasi yaratish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri. 
Qonun loyihasi 5 bob, 
31 moddadan 
iborat bo‗lib, 
unda mamlakatimizni modernizatsiya qilish va demokratik yangilanish 
bo‗yicha ustivor yo‗nalishlardan 
kelib 
chiqqan
holda ijtimoiy sheriklikning asosiy sohalari qamrab olinadi. Bular jumlasiga: 
aholini ijtimoiy himoya qilish, qo‗llab-quvvatlash va ijtimoiy faoligini oshirish, ish 
bilan 
ta‘minlash, 
bandlikka 
ko‗maklashish, 
kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, 
shuningdek, 
atrof-
muhit va aholi 
salomatligini asrash, shu tariqa yosh avlodni sog‗lom va har tomonlama sog‗lom v
oyaga 
yetkazish, onalik va bolalikni hamda ayollar huquqlarini himoya qilish nazarda
tutilgan.


Yuqorida aytilgan fikrlarni umumlashtiradigan bo‗lsak, ―Ijtimoiy sheriklik
to‗g‗risida‖gi qonunning qabul qilinishi ijtimoiy hayotning barcha sohalaridagi
taraqqiyot dasturlarini amalga oshirishda, muammolarni hal etishda turli qatla
mlarning huquq, erkinliklarini va manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat t
ashkilotlarnining davlat hokimiyati organlari bilan o‗zaro munosabati 
tashkiliy 
huquqiy 
mexanizmlarni takomillashtirishning 
huquqiy 
asosi va 
tayanchi 
bo‗lib hizmat qiladi.
Nazorat uchun savollar: 
Hokimiyatlar bo‗linishi tamoyilining huquqiy asoslarini ko‗rsating. 
Oliy Majlis tuzulishi haqida ma‘lumot bering. 
―Fraksiya‖ va ―elktarat‖ tushunchalarini izohlang 
O‗zbekistonda saylov tizimi va saylov Kodeksi haqida ma‘lumot bering
Ijtimoiy sheriklik 
uch 
sektor 
manfaatlarini muvofiqlashtirish va ijtimoiy 
hayotning barcha muammolarini hal etishdagi o‘rnini ko‘rsating 

Download 415,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish