Namangan muhandislik-qurilish



Download 7,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/162
Sana30.05.2022
Hajmi7,74 Mb.
#619661
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   162
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish

 
 
 
3.9 - rasm. Vakuum rostlagichning umumiy ko‟rinishi.
 
a) yondirish burchigini kechiktirish b) yondirish burchagini tezlatish
 
Ba‟zi hollarda vakuum rostlagichi faqat drosselь zaslonkasining ochilishi 
darajasiga qarab emas, balki dvigatel tirsakli valining aylanish soniga qarab o‟t 
oldirish burchagini o‟zgartiradi. Masalan, drossel zaslonkasi bir xil holatdaligida 
dvigatel yuklamasi oshganda tirsali valning aylanish soniga kamayadi. Bu hol 
havoning harakat tezligini, shuningdek siyraklanish darajasini o‟zgartirishga ham 


75 
sabab bo‟ladi. So‟ngra vakuum rostlagichi dvigatel normal ishlashi uchun o‟t 
oldirishni ilgarilatish burchagini korrektirlab ishga tushadi. Markazdan qochirma va 
vakuum rostlagich birga ishlashi natijasida ancha ratsional o‟t oldirish burchagi hosil 
bo‟lishiga erishiladi.
 
Oktan - korrektor (3.10 - rasm) benzin sorti (uning oktan soni) va dvigatelning 
ishlash sharoitiga qarab o‟t oldirishni ilgarilatish burchagini o‟zgartirishga xizmat 
qiladi. Masalan, avtomobil dvigateli normal ishlashi uchun oktan soni 70 bo‟lgan 
benzin ishlatiladi. Oktan soni kichiqroq bo‟lgan benzinni ishlatish dvigatelning 
normal ishlashini buzushga olib keladi, ya‟ni yuqori detonatsiya paydo bo‟ladi.
 
3.10 - rasm. Uzgich-taqsimlagich oktan-korrektori:
 
1 - pastki plastina; 2 - mahkamlash bolti uchun teshik; 3 - yuqorigi plastina; 4 
- o‟rnatish vinti teshik; 5 - o‟rnatish plastinasi; 6 - o‟rnatish vinti; 7 - bolt uchun 
teshik; 8- vint; 9 - rostlash gaykalari; 10 - barmoq; 11 - shtift; 12 - pastki plastina 
kronshteyni
.
 
U krivoship - shatunli mexanizm detallari va dvigatel tsilindri kallagining 
yemirilishi va tez yeyilishiga sabab bo‟ladi. Agar oktan - korrektor yordamida o‟t 
oldirishni ilgarilatish burchagi o‟zgartirilsa, detonatsiyaning oshishini bartaraf etish 
mumkin.
 
Pastki va yuqorigi plastinalar, o‟rnatish plastinkasi o‟rnatish vinti rostlash 
gaykasi prujinali shtift va biriktirish boltlari oktan - korrektorning asosiy qismlari 
hisoblanadi. Pastki plastinada 12 bo‟limli shkala (noldan har tomonga oltita bulim) 
bor. Har bir bulim uzgich korpusining 1

burilish va tirsakli valning 2

ga burilishiga 
mos keladi. SHkalaning bir tomonida plyus, ikkinchi tomonida minus ishorasi bor. 
Pastki plastina dvigatel blokiga teshikdan o‟tuvchi bolt bilan mahkamlangan. 
Yuqorigi plastinadagi ko‟rsatkich shkala bo‟limlari uzra suriladi. O‟rnatish plastinasi 
uzgich korpusiga teshik orqali bolt bilan mahkamlanadi.
 
O‟t oldirishni ilgarilatish burchagi gaykalardan birini mahkamlab. Ikkinchisini 
bo‟shatib o‟zgartiriladi. Bunda yuqorigi plastina o‟rnatish plastinasi bilan birga 
buriladi, yuqorigi plastina ko‟rsatkichi esa shkala bo‟limlari uzra suriladi. Plastina 
shkalaning «-» tomoniga burilsa, o‟t oldirishni ilgarilatish burchagi kichrayadi, «

» 
tomoniga burilsa, o‟t oldirishni kattalashadi, chunki yuqorigi plastina bilan birga 
kontaktli uzgich korpusi ham buriladi. Plastinalar burilganda kontaktlar mushtchli 
shayba chiqig‟idan yo uzoqlashadi yoki unga yaqinlashadi.
 
Yuk avtomobiliga o‟rnatiladigan R4-V uzgich qator afzaliklarga ega. 
Mushtchali shayba sakkizta chiqiqli (dvigateldagi tsilindrlar soniga moslab) qilib 
ishlangan. CHiqiqlar kontaktlar tez ajralishi uchun maxsus profilga ega. 
Kondensator yuqorigi diskka o‟rnatilgan bo‟lib, ishlayotganda qopqoq bilan 


76 
berkitilgan bo‟ladi. Uzgich prujinasi bilan birga oqartirilgan mis plastina ham 
mahkamlangan. U prujinani tok yuklanishidan saqlaydi.
 
3.7. Induktsion g‟altakning tuzilishi 
Induktsion g‟altak yoki o‟t oldirish g‟altagi past kuchlanishli tokni yuqori 
kuchlanishli tokka aylantirishga xizmat qiladi. Batereyadan o‟t oldirish tizimda B-1 
g‟altagidan keng foydalaniladi. Uning asosiy qismlari: korpus magnit o‟tkazgich, 
o‟zak, birlamchi chulg‟am, ikkilamchi chulg‟am, chinni izolyator va qismali qopqoq. 
Korpusga skoba mahkamlangan bo‟lib, g‟altak uning yordamida dvigatelga 
mahkamlanadi. Induktsion g‟altak bilan birga qo‟shimcha qarshilik yoki variator 
o‟rnatiladi (3.11 - rasm).
 
Magnit o‟tkazgichlar transformator po‟latidan yasalgan bo‟lib, birining ustiga 
ikkinchisi qo‟yilgan ikkita yarim tsilindrdan tashkil topgan. G‟altak o‟zagi ham, 
shuningdek bir-biridan kuyundi bilan izolyatsiyalangan alohida polosali 
transformator po‟latidan yasalgan. O‟zakning bir uchi izolyatorga, ikkinchi uchi 
prujina orqali qopqoqqa taqaladi. O‟zakka ikkilamchi chulg‟am, unga esa birlamchi 
chulg‟am joylashgan. CHulg‟amlarning bunday joylashishi birlamchi chulg‟amdan 
g‟altak korpusiga issiqlik uzatishni yaxshilaydi. CHulg‟am qatlamlari bir - biridan 
kondensator qog‟ozi bilan izolyatsiyalangan. Bundan tashqari, yaxshi izolyatsiyalash 
uchun chulg‟amlarga transformator moyi shimdirilgan, g‟altak ichiga esa bitum 
sostavi quyilgan. Korpus bilan qopqoq orasiga benzinga chidamli rezinadan yasalgan 
zichlash qistirmasi qo‟yilgan.

Download 7,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish