72
1 - g‟altak; 2 - ikkilamchi chulg‟am; 3
- yuqori kuchlanishli sim; 4 -
taqsimlagich qopqog‟i; 5 - svechani yuqori kuchlanishli simi; 6 - svecha; 7 -yuqori
tok taqsimlagich ("begunok"); 8 - rezistor; 9 - taqsimlagichni markaziy kontakti; 10 -
yon kontakt qopqog‟i.
Taqsimlagich dvigatel tsilindrlari bo‟yicha yuqori kuchlanishli tokni
taqsimlashga xizmat qiladi. U rotor karbolit qopqoq va sirpanuvchi kontaktdan
tuzilgan. qopqoq uzgich-taqsimlagich korpusiga ikkita prujinali lo‟kidon yordamida
mahkamlangan. Taqsimlagichni korpusga to‟g‟ri biriktirish uchun unga korpus
shtifti kirib turadigan paz qilingan. Pazga rezina qistirma qo‟yilgan,
bu birikma
zichligini ta‟minlaydi.
3.6 - rasm. Uzgich-taqsimlagich:
1 - vakuum sozlagich diafragmasi; 2 - vakuum sozlagich korpusi; 3 - tyaga; 4 -
tayanch plastina; 5 - taqsimlagich rotori ("begunok"); 6 - kontaktni yon qopqog‟i; 7 -
markaziy kontakt qopqog‟i; 8 - kontakt burchagi; 9 - rezistor; 10 - rotorni tashqi
kontakt plastinisi; 11 - taqsimlagiq kopqog‟i; 12 -
markazdan qochma rostlagich
plastinasi; 13 - uzgich quloqchasi; 14 - yukchalar; 15 - kontakt gruppasi; 16 -
uzgichni
suruluvchi plastinasi; 17 - kontakt guruppasini qotirish vinti; 18 -
kontaktdagi zazorni sozlash pazi;
19 - kondensator; 20 - uzgich-taqsimlagich korpusi; 21
- ulovchi valik; 22 -
quloqchani moylash filanetsi.
Qopqoqning bosh chiqishiga induktsion g‟altakdan chiqqan yuqori kuchlanish
simi ulangan, yon chiqish esa yuqori kuchlanish simi vositasida o‟t oldirish
svechalariga ulangan. CHiqish ichida elektrod bor. qopqoq ichida bosh chiqish
teshigiga burchaklik va prujinadan iborat sirpanuvchi kontakt qo‟yilgan. Burchaklik
prujina yordamida rotorning eltish plastinasiga siqib qo‟yilgan. Burchaklik qarshiligi
8 - 14 Om bo‟lib, u radioxalaqitni kamaytirish uchun ham xizmat qiladi.
Rotor ham karbolitdan yasalgan. U markazdan qochirma rostlagich vtulkasiga
o‟rnatilgan va u bilan birga soat strelkasi harakati bo‟ylab aylanadi. Rotor vtulka
liskisiga rotor teshigiga qo‟yilgan prujina yordamida zich o‟tkaziladi.
Rotor
73
plastinalarining uchi bilan qopqoq elektrodlari orasida qo‟shimcha uchqun oralig‟i
deb ataluvchi 0,3 - 0,7 mm tirqish bor. U induktsion g‟altakning ikkilamchi
chulg‟amida yuqori kuchlanishli tokning oldindan hosil bo‟lishi, shuningdek
uchqundan o‟t oldirish svechasi elektrodlari orasida kuchlanish oshishining oldini
olish uchun zarur. qo‟shimcha uchqun oralig‟i azot va azot kislotasi bug‟ining ajralib
chiqishini
tezlashtiradi, u esa uzgich-taqsimlagich qopqog‟i elektrodlarining korro-
ziyalanishini tezlashtiradi. SHuning uchun bu bug‟larni chiqarib yuborish uchun
qopqoqda (prujinali lo‟kidon pastrog‟ida) shamollatish teshiklari bor.
Markazdan qochirma rostlagich (3.7 - rasm) dvigatel tirsakli valining aylanish
chastotasiga qarab o‟t oldirishni ilgarilatish burchagini avtomatik o‟zgartirishga
xizmat qiladi. Uning asosiy qismlari pastki plastina, markazdan qochirma yukcha.
Ularning o‟qi va barmog‟i, tortish prujinasi va yuritish valigi 6 lardan iborat. Plastina
qo‟zg‟almas qilib valikka o‟rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: