Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li


Pensiya va nafaqalarni to’lashda moliyaviy nazorat tadbirlarining ishchi



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

 
10.5.Pensiya va nafaqalarni to’lashda moliyaviy nazorat tadbirlarining ishchi 
hujjatlari 
 
Moliyaviy nazorat uslublariga quyidagilar kiradi: tahlil, sintez, inventarizatsiya, 
bajarilayotgan ishni nazorat o’lchovi, tanlab kuzatish, uzluksiz kuzatish, loyihalar 
va smeta hujjatlarini ekspertizasi, eksperiment, analitik hisob uslubi, iqtisodiy 
tahlil, statistik hisob, kameral tekshirish, yoppasiga tekshirish, tanlanma tartibda 
tekshirish va moliyaviy hujjatlarni tekshirish. 
1.
Moliyaviy hujjatlarni tekshirish - jurnal, kitob, smeta (ilovalari), 
bildirishnoma, xo’jalik shartnomasi (ilovalari), so’rovnoma, hisob-faktura, 
yuk-xati, 
solishtirma 
dalolatnoma, 
to’lov 
topshiriqnoma, 
shaxsiy 
hisobvaraqdan ko’chirma, cheklar, koreshoklarni, ish staji, mehnat 
daftarchasi, sug’urta badallarini tekshirish.
2.
Kameral tekshirish – moliyaviy operatsiyalarini kompyuterdagi tegishli 
axborot dasturi orqali nazorat qilinadi; 
3.
Yoppasiga tekshirish – muayyan davrdagi moliyaviy operatsiyalarini, 


393 
moliyaviy hujjatlarni yoki kameral usulda barcha to’liq tekshirishlarni qamrab 
oladi;
4.
Tanlanma tartibda tekshirish – muayyan davrdagi moliyaviy operatsiyalarni, 
moliyaviy hujjatlarni yoki kameral usulda to’liq emas balki tanlab tekshirish 
tushuniladi.
O’zbekiston 
Respublikasining 
«Fuqarolarning 
davlat 
pensiya 
ta’minoti 
to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq, pensiyalardan chegirmalar: 
a) sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari (mulkiy 
undirishlar borasida), notarial idoralarning ijro varaqalari hamda O’zbekiston 
Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq ijrosi sud hal qiluv qarorlarini ijro 
etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladigan boshqa hal qiluv qarorlari va 
qarorlar asosida; 
b) O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg’armasi tuman (shahar) bo’limining qaroriga binoan — pensionerga 
uning tomonidan qilingan suiiste’molliklar oqibatida (qasddan noto’g’ri hujjatlarni 
taqdim etish, boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi tayinlangan oila a’zolari 
tarkibidagi o’zgarishlar haqida ma’lumotlar taqdim etmaslik natijasida) yoxud 
hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida pensiya miqdoridan ortiqcha 
pullar to’langan taqdirda qilinishi mumkin.
Pensiyalardan yuqorida ko’rsatib o’tilganidan tashqari boshqa hech qanday 
chegirmalar qilish mumkin emas. Pensiyadan chegirmalar qilish miqdori 
pensionerga to’lanishi lozim bo’lgan puldan hisoblab chiqariladi. Har oylik 
chegirmalar miqdori pensiyaning 50 foizidan oshishi mumkin emas.
Pensiya jamg’armasi bo’limiga shaxsning pensiya va nafaqasidan chegirma qilish 
to’g’risida kelib tushgan ijro hujjatlari Pensiya jamg’armasi bo’limining Kelib 
tushgan hujjatlarni qayd etish kitobiga qayd etiladi va Pensiya jamg’armasi bo’limi 
boshlig’i ko’rsatmasiga asosan monitoring guruhi rahbariga topshiriladi. 
Monitoring guruhi rahbari ijro hujjatini Pensiya (nafaqa)dan chegirmalar 
to’g’risida ijro hujjatlarini ro’yxatga olish kitobiga qayd etadi va mazkur shaxs 
yashaydigan hududga xizmat ko’rsatish uchun mas’ul monitoring guruhi 


394 
inspektoriga topshiradi.
Ijro hujjatiga asosan chegirmalarni to’g’ri va o’z vaqtida amalga oshirilishi 
bo’yicha mas’uliyat monitoring guruhining tegishli inspektoriga, nazorat esa 
monitoring guruhi rahbari zimmasiga yuklatiladi. Yo’riqnomaga muvofiq 
komissiya shaxsga pensiya (nafaqa) miqdoridan ortiqcha pullar to’langan taqdirda 
pensiya (nafaqa)dan chegirma qilish to’g’risida Yo’riqnomaga muvofiq shakldagi 
bayonnoma bilan rasmiylashtiriladigan qaror qabul qiladi. Ishlovchi pensionerning 
F-25 topshiriqnomasiga chegirmani hisobga olgan holda pensiya miqdori va 
ortiqcha to’langan pensiya summasi to’liq undirish yakunlanadigan muddat 
ko’rsatiladi.
Chegirma qilish to’g’risidagi komissiya qarori Pensiya jamg’armasi bo’limi 
komissiyasining chegirma qilish to’g’risidagi qarorlarini qayd etish kitobida 
ro’yxatga olinadi. Shaxs O’zbekiston Respublikasi hududi doirasida boshqa tuman 
(shahar)ga ko’chib o’tgan taqdirda pensioner yoki nafaqa oluvchining avvalgi 
yashash joyi bo’yicha Pensiya jamg’armasi bo’limi tomonidan pensiya yig’majildi 
va attestatga pensiya (nafaqa)dan ortiqcha to’lovlar to’g’risida ma’lumotlar 
kiritiladi. Ortiqcha to’langan pensiya (nafaqa) summasi qoldig’ini ushlab qolish 
shaxsning yangi yashash joyidagi Pensiya jamg’armasi bo’limi tomonidan davom 
ettiriladi. Ortiqcha to’langan pensiya (nafaqa) summasi bo’yicha qarzdorlikka ega 
bo’lgan pensioner (nafaqa oluvchi)ning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan 
pensiya (nafaqa) summasini tayinlashda ortiqcha to’lov summasi olinmay qolgan 
pensiya (nafaqa) summasidan undirib qolinishi lozim. 
Pensioner (nafaqa oluvchi)ning vafoti yoki O’zbekiston Respublikasidan 
tashqarisiga doimiy yashash uchun ko’chib ketishi munosabati bilan pensiya 
(nafaqa) summasidan ortiqcha to’lovlarni hisobdan chiqarish komissiya qaroriga 
asosan amalga oshiriladi. Pensiya (nafaqa) summasidan ortiqcha to’lovlar sud 
qaroriga asosan ham hisobdan chiqarilishi mumkin. Pensiya (nafaqa) summasidan 
aniqlangan ortiqcha to’lovlar naqd pulda yoki pul o’tkazish yo’li bilan Pensiya 
jamg’armasining shaxsiy g’azna hisobvarag’iga tegishli to’lovlarni kiritish orqali 


395 
undirilishi mumkin. Bunda to’lov topshiriqnomasining raqami, summasi va sanasi 
shaxsiy kartochkaga va axborot tizimiga kiritiladi.
Pensiya (nafaqa) summasidan aniqlangan ortiqcha to’lovlardan har oyda 
chegirma qilib borish ustidan umumiy nazorat Pensiya jamg’armasi bo’limi 
boshlig’i o’rinbosari tomonidan amalga oshiriladi. Komissiyaning chegirma qilish 
to’g’risidagi qarori va pensiya (nafaqa)lar bo’yicha ortiqcha to’lovlarni 
undirilganligi to’g’risida to’lov hujjatlari nusxasi monitoring guruhi inspektori 
tomonidan pensiya va nafaqalarni tayinlash guruhining tegishli inspektoriga 
Pensiya va nafaqalarni tayinlash guruhiga taqdim etilgan hujjatlarni ro’yxatga olish 
kitobiga qayd qilish orqali pensiya yig’majildiga tikilishi uchun taqdim etiladi. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish