Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

-
 
tashkilot faoliyatiga ta’sir qiladigan riskli hodisalarni aniqlash; 
-
 
o’rnatilgan tartibda tashkilot faoliyati bilan bog’liq risklarni to’xtatib qolish; 
-
 
tashkilotning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda boshqaruvchilar uchun 
ongli qat’iylikni ta’minlash. 
Germaniyada davlat (byudjet) tashkilotlarida risklarni boshqarish xalqaro 
standartlarini joriy qilish uchun Germaniya Ichki ishlar vazirligi tomonidan 
“Davlat tashkilotlari faoliyatini tahlil qilish va kadr resurslariga ehtiyojlarni 
hisoblash 
bo’yicha Yo’riqnoma”ga ushbu jarayonni yo’lga qo’yishga 
bag’ishlangan maxsus bob kiritildi. Mazkur bobda xalqaro standartlarga 


352 
asoslangan risklarni boshqarish jarayonining mohiyati va uning omillari haqida 
xarakteristika berilgan. Ushbu hujjatda davlat boshqaruv sektori tashkilotlarida 
faoliyat yuritishni tartibga solishga mo’ljallangan bo’limlar mavjud:

tashkilotlar nazariyasiga kirish;

kadr resurslariga ehtiyojlarni hisoblash;

tashkilot faoliyatini tahlil qilish uslublari va texnologiyalari;

risklarni boshqarish vositalari va yondoshuvlari. 

tashkilotlar maqsad va vazifalari ekspertizasi;

ichki nazorat va jarayonlarni optimallashtirish.
Tashkilotlar faoliyatini tahlil qilish va kadr resurslariga ehtiyojlarni hisoblash 
bo’yicha hujjatning risklarni boshqarish bo’limida ta’kidlanishicha, risklarni 
muvaffaqiyatli boshqarishning eng zaruriy sharti idorada shakllantirilgan xodimlar 
madaniyatning yuksak darajada ochiqligi va samimiyligi hisoblanadi. Aynan ochiq 
va samimiy holat tashkilotlarning barcha xodimlari tomonidan risklar barvaqt 
aniqlanishini ta’minlay oladi. Risklar haqida imkon qadar jim yurilishi esa hal 
qilinishi lozim muammoni yanada murakkablashtiradi
173
.
Risklarni boshqarish vositalari va yondoshuvlari haqidagi Yo’riqnomaning 
ettinchi bo’limga quyidagilar kiritilgan: maqsadlarni muvofiqlashtirish va 
aloqalarni boshqarish; o’zgarishlarni boshqarish; bilimlarni boshqarish; faoliyat 
ko’rsatkichlarining balanslashtirilgan tizimi; moliyaviy tahlil; tizimli nazorat; 
xarajatlar va natijalarni taqqoslash; sifatni boshqarish. Xorijiy davlatlar pensiya 
fondlarida boshqaruvning maqsad va vazifalarini quyidagicha takomillashtiriladi: 

inqiroz kelib chiqish ehtimoli bo’lgan holatlarni oldindan ko’ra bilish va 
uning xavflilik darajasidan kelib chiqqan holda tayyorgarlik ko’rish, pensiya 
jamg’armasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan salbiy holatlarga qarshi tura 
olish; 

moliyaviy nazorat bilan shug’ullanadigan xodimlarning malakasi va 
mas’uliyatini oshirish;

xarajatlarning navbatligiga rioya qilish ustidan nazoratni kuchaytirish; 
173
http://derewasuren.narod2.ru/kaznacheistvo/
  


353 

pensiya fondining moliyaviy-xo’jalik faoliyatini mutanosibligini saqlash. 

pensiya fondida moliyaviy risklarni to’liq hisobga olish. 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg’armasi faoliyatida risklarini boshqarish uchun zarur huquqiy, uslubiy 
va dasturiy bazani shakllantirish va rivojlantirish yuzasidan amalga oshiriladigan 
tadbirlarni ishlab chiqish kerak. Jahon iqtisodiyoti integratsiyalashuvi jarayoni 
mamlakatimizda 
ham 
pensiya 
tizimini 
boshqarishni 
doimiy 
tarzda 
takomillashtirish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. Hozirgi kunda pensiya 
ta’minotida g’aznachilik xizmatidan keng foydalanish va pensiya amaliyotida shu 
asosda tub o’zgarishlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Pensiya jamg’armasida boshqaruv qarorlarining samarali qabul qilinishi ko’p 
jihatdan tahlil ishlarini aniq va to’g’ri yo’lga qo’yilishiga bog’liq. Uning 
yordamida Pensiya jamg’armasining to’lov qobiliyati, likvidligi va moliyaviy 
barqarorligi 
xo’jalik-moliyaviy jarayonlarni baholash mumkin. Pensiya 
jamg’armasining barqaror rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan moliyaviy risklar 
tahlil yordamida aniqlanadi va sabablari bartaraf etiladi. Maqsad va vazifalar 
qo’yilishi (strategik maqsadlar, operatsion vazifalar, hisobot va qonuniylikni 
ta’minlash vazifalari) – hodisalarni samarali aniqlash, risklarni va riskka javob 
berishni baholash uchun zaruriy dastlabki shart sanaladi.
Pensiya jamg’armasi maqsadi va vazifalari, rahbarlar, tashkilotlar faoliyati bilan 
bog’liq risklarni, ularning parametrlarini aniqlab, risklarni yumshatish uchun talab 
qilingan choralarni qo’llagunga qadar belgilab olingan bo’lishi lozim. Pensiya 
jamg’armasining maqsadi va vazifalarning riskka moyilligi bilan to’liq 
muvofiqlashtirilishini ta’minlash zarur. Pensiya jamg’armasi missiyasini bajarish 
uchun bitta emas, balki bir nechta strategiyalar ishlab chiqish mumkin va ularning 
har biriga turlicha risk mutanosib bo’ladi. Pensiya jamg’armasi rahbarlari shunday 
strategiyani tanlashi talab qilinadiki (maqsad va vazifalar tizimi bilan uzviy 
bog’lanishdi), uni amalga oshirish tashkilotning belgilangan riskka moyillik 
chegarasi doirasida faoliyat yuritishiga eng maqbul tarzda imkon beradi. Riskka 
moyillikka bog’liq ravishda maqsadlar erishilishi va vazifalar bajarilishi bo’yicha 


354 
rejalashtirilgan indikatorlardan quyi va yuqoriga og’ishning mumkin bo’lgan 
chegarasi qayd qilinadi. Qarorlar qabul qilish uchun axborotlar bilan bog’liq risklar 
e’tiborga olinadi.

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish