Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti q


  Nutqi  tо‘liq  rivojlanmagan  bolalarni  yozma  nutqga  tayyorlash



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/60
Sana14.03.2021
Hajmi1,57 Mb.
#61549
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   60
Bog'liq
nutqi toliq rivojlanmagan bolalarning yozma nutqga tayyorgarligini aniqlash va shakllantirish yollari (1)

3.5  Nutqi  tо‘liq  rivojlanmagan  bolalarni  yozma  nutqga  tayyorlash 
bо‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish 
Katta  maktabgacha  yoshdagi  nutqi  tо‘liq  rivojlanmagan  bolalar  yozma 
nutqining funksional negizini ta’lim-tarbiya jarayonida kuzatish, tadqiq etish va 
nutqi  meyorda  rivojlangan  bolalar  bilan  taqqoslash  mazkur  guruhga  kiruvchi 
bolalarning  о‘qish  va  yozuv  malakalarining  funksional  negizini  shakllantirish 
bо‘yicha metodik ish tizimini yaratish imkonini yaratdi.  
Olib  borilgan  tadqiqot  asosida  mazkur  ish  tizimi,  maktabgacha  yoshdagi 
nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarni ta’lim-tarbiya tizimiga kiritilishi va uning bir 
yо‘nalishiga aylanishi - kelajakda yozma nutq nuqsonlarini oldini olish va yozma 
nutqni tez, samarali о‘zlashtirishga imkon beradi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berish va rivojlantirish talablariga 
yaxlit yondoshuvga bola shaxsining barcha sohalarning о‘zaro ta’siri va bir-birini 
tо‘ldirishi orqali erishiladi. О‘zbekiston Respublikasida «Maktabgacha yoshdagi 
bolalar  rivojlanishiga  qо‘yiladigan  Davlat  talablari»  kо‘p  sonli  ilmiy 
tadqiqotlarga  tayanib,  bolalarning  rivojlanish  va  ta’lim  olishlarini  tо‘rt  asosiy 
yо‘nalishga ajratadi: 
1. Jismoniy rivojlanish, о‘z - о‘ziga xizmat va gigiyena; 
2. Ijtimoiy - hissiy rivojlanish; 
3. Nutq, о‘qish va savodga tayyorgarlik; 
4. Bilish jarayoni, atrof-olam tо‘g‘risidagi bilimlarga ega bо‘lish. 
Maktabgacha  yoshdagi  bolalar  rivojlanishiga  qо‘yiladigan  Davlat 
talablarining asosiy yо‘nalishlaridan biri nutq, о‘qish va savodga tayyorgarlikdan 
iboratdir. Bu umumiy vazifa – “Nutq, о‘qish va savodga tayyorgarlik” quyidagi 
maxsus vazifalardan iborat: nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, lug‘atini 


87 
boyitish,  mustahkamlash  va  faollashtirish,  nutqning  grammatik  tо‘g‘riligini 
takomillashtirish,  og‘zaki  nutqni  shakllantirish,  ravon  nutqni  rivojlantirish, 
savodga tayyorlash. 
Og‘zaki nutqni о‘stirish bо‘yicha о‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda asosan, 
bolalarning  og‘zaki  nutqini  о‘stirishga,  nutqni  grammatik  tomondan  tо‘g‘ri 
shakllantirishga,  sodda  va  qо‘shma  gaplar  tuzish,  bunda  barcha  sо‘z 
turkumlaridan  foydalanishga  о‘rgatish,  bolalarni  gapirganda  sonni  otga,  sifatni 
otga,  sifatni  fe’lga  tо‘g‘ri  ishlatish  malakalarini  takomillashtirish,  tovush  va 
sо‘zlarni  tо‘g‘ri  talaffuz  etishga,  ravon  gapirishga,  mustaqil  hikoya  qilishga 
e’tibor  beriladi.  Og‘zaki  nutqini  о‘stirishda  mustaqil  hikoya  qilishga  о‘rgatish 
katta  о‘rin  egallaydi:  bolalalarni  о‘z  hayotlarida  uchragan  voqealar,  suratlarga 
qarab,  tarbiyachining  taklif  qilgan  mavzusi  asosida  hikoyalar  tuzishga 
о‘rgatiladi.Tayyorlov  guruh  bolalarining  hikoyalari  mazmunan  bog‘langan, 
ma’lum izchillikda, grammatik tomondan tо‘g‘ri tuzilgan bо‘lishi kerak. 
Savodga  tayyorlash  bо‘yicha  о‘tkaziladigan  mashg‘ulotlarda  savodga 
о‘rgatish  ikki  davrga  ajratiladi:  tayyorgarlik  davri  va  asosiy  davr  (savodga 
tayyorlash) 
Savodga о‘rgatishning tayyorgarlik davrida quyidagi ishlar olib boriladi: 
1. Tovushlarni  tо‘g‘ri  talaffuz  etish  va  sо‘zning  tovush  tarkibi  haqidagi 
tasavvurlarini aniqlash va shakllantirish; 
2. Unli va undosh tovushlar haqida tushuncha berish; 
3. Jarangli va jarangsiz tovushlarni ajratishga о‘rgatish asosida fonematik 
idrokni va tasavvurni rivojlantirish; 
4. Oddiy tahlil va sintez qilish kо‘nikmalarini rivojlantirish:  
a/ Gapni sо‘zlarga bо‘lish, sо‘zlarni bо‘g‘inlarga bо‘lish; 
b/  ma’lum  tovushlarni  о‘rnini  aniqlash  (sо‘zning  boshida,  о‘rtasida  va 
oxirida); 
v/ sо‘zda tovushlar ketma-ketligi va sonini aniqlash; 
g/ tovushlardan bо‘g‘inlar, sо‘zlar tuzishga о‘rgatish;  
d/ tovushlarni eshitishda farqlashga о‘rgatish. 


88 
Tayyorlov  guruhida  nutq,  о‘qish  va  savodga  tayyorlash  yо‘nalishining 
savodga о‘rgatish bо‘limining 2- bosqichi - asosiy davrida esa quyidagi ishlar 
olib boriladi: 
1.Tayyorgarlik davridagi tushunchalarni asosiy davrda ham mustahkamlab, 
chuqurlashtirib borish; 
2. Berilgan tovushni harf belgisi bilan tanishtirish; 
3.Kesma  harflar  yordamida  tovush-harf  tahlil  va  sintezi  bо‘yicha 
mashqlarni bajarishga о‘rgatib borish; 
4. Bо‘g‘in о‘qish; 
5.Kesma harflar yordamida bо‘g‘in va sо‘zlarni tuzish va ularni bо‘g‘inlab 
о‘qishga о‘rgatish; 
6. Bо‘g‘inli kartochkalardan bir nechta sо‘z tuzish va о‘qish. 
Mashg‘ulot  mavzulari  bolalar  uchun  tushunarli,  amaliy  ishlar  va  turli 
interfaol о‘yinlar yordamida mustahkamlanadi. Mashg‘ulotlar davomida bolalar 
barmoq  mashqlarini  tetiklashtiruvchi  daqiqalarda  bajaradilar,  harflar  bilan 
maxsus  о‘yinlar,  (yig‘ish,  terish),  amaliy  ishlarni  bajarib,  alifbeni  bilib, 
bо‘g‘inlarni  о‘qiy  olish  kо‘nikmalari  mustahkamlanib  boradi.  Har  bir 
mashg‘ulotning oxirida bolalarning bilimlarini aniqlash va mustahkamlash uchun 
savollar 
beriladi. 
Mashg‘ulotlarda  bolalar  bilimlarini  kengaytirishga 
yо‘naltirilgan, ishtirok etishga mо‘ljallangan quyidagi usullardan foydalaniladi: 
1.  Suhbat; 
2.  Kо‘rgazmalilik; 
3.  Tushuntirish; 
4.  Kо‘rsatish; 
5.  Kichik guruhlarda ishlash (3-4 bola bilan); 
6.  Savol-javob; 
7.  Rag‘batlantirish; 
8.  Amaliy ish; 
9.  Bilimlarni mustahkamlash uchun о‘yin. 


89 
Shu  bilan  birga  yozma  nutqning  funksional  negizini  yaratishga 
yо‘naltirilgan  ish  tizimi  bolani  savodga  о‘rgatish  ishlaridan  avval  amalga 
oshirilishi va quyidagi yо‘nalishda olib borilishi lozim: 
1. Og‘zaki  nutqni  rivojlantirish.  Yozma  nutqni  egallash  uchun  zarur 
nutqiy malaka va funksiyalarni rivojlantirish. U og‘zaki nutq malakalarini butun 
kompleksini rivojlantirishni qamrab olgan: 
A)  Nutqni  fonetik-fonematik  tomonini  anglashni  shakllantirish.  О‘yin  va 
didaktik  mashqlar  yordamida  bolaga  uni  о‘rab  turgan  nutqiy  muhitni  faqatgina 
mazmuniy fragmentlarga emas, alohida tovush komplekslari: sо‘zlar, bо‘g‘inlar 
va tovushlarga ajratish mumkinligini tushuntirish. “Sо‘zning oxirini top”, “Qaysi 
sо‘z  yashiringan?”,  “Qaysi  tovush  tushib  qolgan?”  kabi  о‘yinlarni  qо‘llash 
mumkin. Paronim sо‘zlarga rasmlar topish orqali esa bolalar alohida tovushlarni 
sо‘z ma’nosidagi о‘rnini anglaydilar; 
B) Eshituv diqqatini rivojlantirish. Bu maqsadda “Kimning ovozi?”, “Nima 
chalyapman”, “Kimligini tinglab top” kabi о‘yinlar qо‘llanadi. Bolalar ohangning 
mazmuniy ahamiyatini tushunishga о‘rgatiladi.  
V) Fonematik idrokni takomillashtirish va tо‘g‘ri fonematik tasavvurlarni 
shakllantirish. Bu yо‘nalishda bolalarda tо‘g‘ri talaffuzni shakllantirish bilan bir 
vaqtda eshitilishi va talaffuziga kо‘ra bir-biriga о‘xshash tovushlarni alohida va 
sо‘zlarning  tarkibida  ajratish  va  farqlashga  о‘rgatiladi.  Shu  bilan  birga  turli 
grammatik shaklda berilgan sо‘zlar ustida ish olib boriladi. Masalan, bolaga kitob 
va  kitoblar  chizilgan  rasmlarni,  qiz  qalamni  chizayotgan  va  qalam  bilan 
chizilayotgan rasmlarni kо‘rsatish sо‘raladi.  
2. Kо‘ruv-fazoviy 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish