Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
27
degan
hadislarini eshitganman, dedilar".
Kichik baliqchalar suvda istagan joyida suzib yurganidek, musulmon bolalari yoshligida
vafot etgan bo’lsa, jannatda xohlagan yerida yuraveradi .
146. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimning uchta bolasi vafot
etsa, bu Alloh taoloning irodasi, deb sabr qilib va shu sabri
uchun Allohdan savob umid
qilsa, u kishi jannatga kiradi", deganlarida, biz: "Yo Rasululloh Agar uning ikkita bolasi
o’lib, shunga sabr etgan bo’lsachi?" - deb so’raganda, Rasululloh: "Ikki bolasi o’lgan
bo’lsa ham", deb marhamat qildilar. Roviy Mahmud ibn Lobid dedi: "Jobirga: "Vallohi!
Agar siz bitga bolasi o’lgan bo’lsachi, deb so’raganingizda, Rasululloh (s.a.v.) albatta
bitga bolasi o’lgan bo’lsa ham, deb javob bergan bo’lur edilar", deganimda, u: "Vallohi!
Men ham shunday deb o’ylayman", deb javob berdi".
147-hadis 144-hadisdagi mazmunning aynan takrori.
148. Abu Hurayra (r.a.) shunday rivoyat qildilar: "Bir xotin
Rasuli Xudoga huzurlariga
kelib: "Yo Rasululloh! Siz sahobiylaringiz bilan majlis qurib o’tirganingizda men
so’zlashga jur'at qilolmayman. Biron kun bizni biron joyga to’plang, (savollarimizga
sizdan javob ola bilaylik)", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Falon kuni falonchining uyida
to’planingiz", deb marhamat qildilar. Xotinlar aytilgan kuni to’planishdi va Rasululloh
(s.a.v.) kelib, ularning savollariga javob berar ekanlar, orada shu gapni aytdilar:
"Orangizda kimning uch bolasi o’lgan bo’lsa-yu, Allohning irodasiga sabr qilib umid
tutsa, albatta, u jannatga kiradi". Bir xotin: "Yo Rasululloh! Ikki bolasi o’lgan
kishi ham
jannatga kiradimi?" - deb so’radi. "Ikki bolasi o’lgan bo’lsa ham", deb javob berdilar.
Mazkur hadisning roviysi Suhayl hadis to’plash va hadisga suyanib fikr aytishda
benihoya zehnli edi, ammo o’sha kuni bu hadisni yozib oluvchi odam topilmadi".
149-hadis mazmuni 148-hadisda o’tdi, faqat bunda Ummu Sulaym (r.a.) dan rivoyat
qilingan.
150. Sa'sa'a ibn Muoviya (r.a.) qaerdadir suv idishini bo’yinlariga osib olgan Abu Zarr
Giforiy (r.a.)ga duch keddilar. Shunda u kishi: "Ey,
Abu Zarr, nechta bolangiz bor?" -
deb so’radilar. Abu Zarr: "Ey , Sa'sa'a, men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Qaysi bir musulmon
kishining balogatga yetmagan uchta bolasi o’lsa, Alloh taolo bolalariga marhamat qilib,
uni albatta jannatga kirgizadi va qaysi bir kishi bir musulmonni qullikdan ozod qilsa,
uning har bir a'zosini ozod qilgan qulining a'zosi badaliga do’zax o’tidan saqlaydi", degan
hadislarini eshitgan edim", dedilar.
151. Anas ibn Molik (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shunday
deb marhamat qilganlarini
xabar qildi: "Bir musulmonning uchta bolasi norasida paytida o’lib ketgan bo’lsa. Alloh
o’sha norasidalarga bo’lgan rahmatining lutfi bilan u kishini jannatga kiritadi".
Do'stlaringiz bilan baham: