19
ma’naviy zabt eta olmaslik»larini, Turkiston xalqlarining «eskirgan siyosiy va ijtimoiy
hayoti shakllarini» «fuqarolikning yangi normalari bilan» almashtirish zarurligini
singdirishga urindi. Bu «fuqarolik normalari» esa, ma’lumki, ochiqdan-ochiq
mustamlakachilik va ulug’davlatchilik-shovinistik xarakterida edi.
Kaufman tomonidan tayyorlangan Turkistonni boshqarish bo’yicha loyihalar
ularni «siyosiy nuqtai nazardan zararli», Kaufmanning yer-soliq masalalariga
aralashuvini «bemahal va o’rinsiz» deb hisoblagan Rossiya vazirliklari tomonidan ikki
marotaba rad etildi. Kaufmanni «byurokratik radikalizm»da, ya’ni muhim davlat
masalalarini hal etishga volyuntaristik yondashuvda ayblash uchun loyihalar yetarlicha
to’liq ishlab chiqilmagani vazirligi «tuzemslarning ruslar singari barcha huquqlari sanab
o’tilishi»ni ortiqcha deb hisobladi va «qishloq va shahar ahlining qonun bilan
belgilangan huquqlari» tub aholiga berilishi bilan cheklanishni tavsiya etdi. «O’z
turmush sharoiti bilan ko’proq imperiyaning eng quyi tabaqalariga to’g’ri keluvchi»
qishloq aholisi huquqlari borasida ularni kengaytirishdan tiyilish tavsiya etilgan va u
«alohida huquqlarga ega rus bo’lgan fuqarolar ommasiga qiyosan olganda hyech
qanday» huquqlardan foydalanmasligi uqtirib o’tilgan edi.
17
O’z navbatida, Ichki ishlar vazirligi Kaufmanning «shahar ahli huquqiy holati»ni
Turkistondagi barcha shaharlar aholisiga berish niyatini tanqid qiladi va bunday
huquqlarga faqat Turkistonning tarixan shakllangan yirik savdo markazlari – Toshkent,
Qo’qon, Namangan va Samarqand shaharlari aholisi ega bo’lishi mumkinligiga ishora
qilgan edi. Qolganlar borasida esa ruslar ko’chib kelgan, rus savdosi shakllangan aholi
manzillari aholisiga berilishi mo’ljallangan edi. Chimkent, Avliyoota, Kattaqo’rg’on
va Turkiston ana shunday aholi manzillari jumlasiga kiritilgan edi.
18
Turkiston o’lkasida yer tuzilishi masalalari Moliya vazirligida ko’pgina
e’tirozlar tug’dirdi. 1873-yilgi Loyihaga muvofiq «amlok» yerlarini aslida ularga
ishlov bergan dehqonlarga foydalanish uchun berish hamda bu tartibni keyinchalik
vaqf va mulk yerlariga joriy etish rejalashtirilgandi, Moliya vazirligi esa bu kabi
yer tuzilishining asosiy tashabbuslari Rossiyada amalga oshirilgan va amalga
oshirilayotgan butun yer islohotlarining umumiy tabiatiga to’g’ridan-to’g’ri zid
kelishini, loyihaning 204-moddasi esa «yer egasi unda etishtirilgan butun
mahsulotga, uning sarhadida bo’lgan suvga mulkdorlik huquqi to’g’risidagi
(Qonunlar majmui, X jild, 1,4 bob, 404-modda) asosiy qonunlardan biriga» ziddir;
sug’orish kanallari, daryolar va soylarga davlat mulkdorligi, Kaufman taxmin
qilayotganidek, suvdan foydalanish belgilangan odat bo’yicha amalga oshirilgan
taqdirda ham «tamomila qalbaki» bo’lib chiqishi ta’kidlangan edi. Keyin esa 1873-
yilgi loyihada rejalashtirilganidek «davlat foydalanishi huquqida» mulkka egalikda
bo’lgan yerlarga mulkdorlik huquqi loyihani mazkur bo’limining Rossiyadagi yer
tuzilishi asoslariga muvofiq keltirilishiga yoki «imperiyaning tub qonunlarini
o’zgartirish»ga olib kelishi ta’kidlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: