XULOSA.
Mustamlakachilar Turkiston xalqlari turmushida nimaiki ularning istiqboliga
to’g’anoq bo’lsa, nimaiki ularni ozodlik uchun kurashdan chalg’itsa, hammasini
qo’llab-quvvatlagan holda, istiqlolga xizmat qilajak barcha intilishlarning payini
qirqdilar.
Rossiya imperiyasi o’lkani Turkiston general-gubernatorligi, Buxoro
amirligi va Xiva xonligidan iborat uch qismga bo’lib, tub joy aholi birligi va
siyosiy qudratini sindirish yo’lida barcha vositalardan foydalandi. Ming-yillardan
beri davom etib, avloddan-avlodga o’tib yashayotgan milliy davlatchilik va
qadriyatlarni yo’q qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishga soldi. «Turkiston
o’lkasini boshqarish haqidagi Nizom» o’z mohiyat-e’tiboriga ko’ra shu maqsadga
qaratildi. Uning asosiy belgilari quyidagilardan iborat bo’ldi:
a) mahalliy boshqaruv, urf-odat va qonun-qoidalardan milliy davlatchilikning
barcha asoslarini tag-tugi bilan yo’qotish;
b) o’lka turmushiga butkul yot va begona bo’lgan uyezd, uchastka, volost kabi
ma’muriy-hududiy birliklarni joriy etish;
v) qishloq yig’ini va volost qurultoyini ta’sis qilib, sun’iy tarzda qishloq
boshqaruvini tashkil qilish;
g) siyosiy tusga ega bo’lmagan barcha ichki boshqaruvda saylov tizimini ta’sis
etish va bu bilan aholi «o’zini-o’zi boshqaruvi»ni shaklan gavdalantirish;
d) rus va rusiyzabon aholi nufuzini oshirish, shu maqsadda o’lka shaharlarini «eski
va yangi» qismlarga ajratib idora qilish;
j) mahalliy boshqaruvga mirshab-josuslik tusini berib, quyi amaldorlarni itoatkor
malaylarga aylantirish;
ye) o’lkani ruslashtirish va yangi «Rus Turkistoni» ni barpo etish.
Bular mustamlaka idorasining barcha bo’g’inlarida o’z ifodasini topdi.
Rossiyaning Turkistondagi agrar siyosati o’zida metropoliya dvoryan-
pomeshchiklari va burjuaziyasining iqtisodiy va siyosiy manfaatlarini yaqqol
gavdalantirdi. Bu siyosatning bosh maqsadi o’lkani imperiya sanoatining xom
ashyo makoniga aylantirish edi.
Imperiya ikki hukmron sinf manfaatlarini ko’zlab ish tutdi. Agrar siyosatda
dvoryanlar talabiga ko’ra Turkiston xalqiga tegishli yerlarni zo’rlik bilan tortib oldi
va rus posyolkalarini barpo etdi. Burjuaziyaning talabiga ko’ra esa, qishloqlarda
paxta yakkahokimligini o’rnatish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni amalga
65
oshirdi. Rossiyaning Davlat Kengashi, Vazirlar Qo’mitasi va Davlat Dumasida
Turkiston haqida qabul qilingan qonun-qoidalarda dvoryan-pomeshchiklar va
burjuaziya manfaatlari o’z aksini topdi.
Sankt-Peterburg o’troq aholining yerlarini qishloq jamoalari va yig’inlariga
biriktirgan holda, soliq bo’yicha doiraviy mas’uliyatlik qoidasini joriy etish bilan
sudxo’rlikni avj oldirdi.
Imperiyaning ko’chiruvchilik siyosati, doiraviy javobgarlik singari, o’lka
aholisining yersizlanishini kuchaytirdi.ChorRossiyasining esa moddiy va siyosiy
jihatdan nufuzini oshirdi.
Agrar siyosat imperiyaning harbiy, ijtimoiy va iqtisodiy siyosatining uzviy
qismiga aylantirildi. Rus posyolkalari va tub joy aholi yashab turgan qishloqlarda
rus xo’jaliklarining vujudga keltirilishi ana shu siyosatning amaldagi ijrosi bo’ldi.
Turkistondagi har bir rus posyolkasi butun bir batalon xizmatini o’tovchi harbiy
kuchga aylantirildi.
Amalga oshirilgan iqtisodiy siyosat yer-suvni, yaylovlarni va barcha tabiiy
boylikni chor hukumati qo’lida jamladi, ular no’may daromad manbaiga aylandi.
Metropoliya o’lkani xom ashyo makoniga aylantirib, paxtachilik, ipakchilik,
qorako’lchilik va boshqa muhim xom ashyo mahsulotlari etishtirish tarmoqlariga
katta e’tibor berdi. Sanoat qurilishi sohasida chorizm metropoliya burjuaziyasi
manfaatlariga mos - xom ashyoni dastlabki ishlovchi korxonalar qurilishini
quvvatlab, o’lkada qayta ishlash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish sanoati
rivojiga to’sqinlik qilib keldi.
Rossiyaning mustamlakachilik siyosati Turkistonni rus tovarlari sotiladigan,
tayyor mahsulotlar xarid qilinuvchi bozorga aylantirdi. Bu esa mahalliy
hunarmandchilikni inqirozga olib kelib, yagona milliy bozorning rivojlanishiga
yo’l bermadi.
Imperiyaning mustamlakachilik siyosati xalq maorifi va madaniy hayotida
ham o’z aksini topdi. U maktab va madrasalar faoliyatiga deyarli e’tibor bermadi,
aksincha ularning rivojlanishiga to’sqinlik qildi. Asosiy e’tibor o’lkada
ruslashtirishga xizmat qiluvchi rus-tuzem maktablari tarmog’ini yuzaga keltirishga
qaratildi.
Umuman olganda, Rossiya imperiyasi ilm-fan, xalq maorifi, matbuot va
madaniyat sohasida Turkiston xalqlarining qadimiy tarixi, tili, urf-odatlari, milliy
g’ururi va erksevarlik tuyg’ularini yo’qotishga, qisqasi, ularni o’zligidan judo
qilishga qo’lidan kelgancha harakat qildi. Bu siyosatning asosiy maqsadi o’lkadagi
milliy davlatchilik, milliy ong, milliy o’zlikni anglashga qaratilgan barcha
harakatlarni tag-tugi bilan qo’porib tashlash edi.
Shunga qaramasdan, Turkistonda ilm-fan rivojlanishi to’xtab qolgan emas.
Bu davrda yaratilgan ko’pgina ilmiy asarlar xozirgacha o’z ahamiyatini
yo’qotmagan. 1967-yilda tashkil etilgan meteorologiya stansiyasi tashkil etilishi
bilan o’lkaning iqlimi, tabiiy shart-sharoitlari o’rganila boshlagan bo’lsa, 1971-
yilda O’rta Osiyo olimlar jamiyati tuzilishi o’lkaning ilmiy jihatdan o’rganilishini
keng miqyosda olib borilishiga yo’l ochdi. Shu jumladan, o’lkaning boy tarixini
o’rganishga bo’lgan qiziqish hududni arxeologik tadqiqotlar asosida o’rganilishini
66
boshlab beradi. Arxeologlar dastlab «geografiya jamiyati» tarkibida ish boshlagan
bo’lsalar, 1895-yilda Turkiston havoskor arxeologlar to’garagi tashkil etilishi bilan
mustaqil faoliyat olib bora boshladilar. Turkiston havoskor arxeologlar to’garagi
tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ilk ilmiy ahamiyatga ega bo’lishiga
qaramasdan arxeologiya fanining rivojlanishida munosib hissa qo’shishdi.
O’rta Osiyoning inqilobga qadar arxeologik jihatdan o’rganilishini shartli
uch bosqichga bo’lish mumkin.
Birinchi bosqich — O’rta Osiyonnng Rossiyaga bosib olinishigacha bo’lgan
davr. Bu davrda o’lka haqidagi tarixiy manbalar to’plandi, ayrim xonliklarning
tarixi yozildi. L.I.Richkovning XVII asrning ikkinchi yarmiga taalluqli «Orenburg
tarixi», «Orenburg topografiyasi» asari shular jumlasidandir. XIX asrning 20-
yillariga kelib, O.I.Senkovskiy Buxoro xonligi tarixi buyicha dastlabki manba
bo’lgan P.S.Savelyevning «Muqimxontarixi»ni qayta ishladi va tarjima qildi. O’rta
Osiyoning
o’tmish
tarixini
o’rganishda
P.S.Savelyev,
V.V.Grigoryev,
A.Middendorf, P.I.Lerx, V.V.Vel’yaminov-Zernov, I.Berezin kabilar anchagina
ishlarni bajarganlar.
1819-yili kapitan N.N.Muravyev boshchiligida O’rta Osiyoga dastlabki
arxeologik razvedka ekspedisiyasi uyushtirildi. Ekspedisiya Turkmaniston va Xiva
tumanlariga jo’natilgan edi. U harbiy xarakterdagi ekspedisiya bo’lsa-da,
birmuncha qimmatli kuzatuvlar olib bordi, ko’pgina yodgorliklarni ro’yxatga oldi,
turli turmush buyumlarini to’pladi. Keyinchalik N.N.Muravyevning kundalik
daftari fransuz va nemis tillariga tarjima qilindi. Unda Xiva xonligi haqida muhim
ma’lumotlar to’plangan edi. O’rta Osiyoda ibtidoiy kishilar yashaganligi haqida
rus olimlari birinchi bo’lib fikr bildirgan edilar. Jumladan, A.S.Uvarovning
uqtirishicha, agar Yevropa qit’asida mamont davrida ibtidoiy odamlar yashaganligi
aniqlangan ekan, demak, bu jarayon O’rta Osiyoda ham bo’lgan. Bu vaqtda hali
O’rta Osiyoda arxeologlar yo’q edi. Turli kasbdagi kishilar tomonidan to’plangan
bu ma’lumotlar hozir ham muzey fondlarida saqlanadi. Muzey materiallarining
guvohlik berishicha, XIX asrning o’rtalariga kelib, O’rta Osiyonnng tosh asri
haqida
birinchi
ma’lumotlar to’plana borgan. Masalan, A.A.Spisinning
ma’lumotlariga ko’ra, Qirg’izistonda 1850-yilning yozida qadimgi mozorlar ochib
ko’rilganda, toshdan yasalgan 4 ta kamon o’qi topilgan. Shu-yili S.I.Gulyayev
qadimgi tog’ konlarida ibtidoiy qurollarning yotganligini kuzatadi. U shunday tosh
bolg’alarning Qoraqolin okrugidan ham topilganligi haqida xabar beradi. Doktor
A.Shrenko 1855-yili tosh bolg’alar topib, antropologiya va etnografiya muzeyiga
topshirgani haqida ma’lumot beradi. A.Gebel topilmalari ham diqqatga sazovordir.
U 1864-yili (hozirgi Fedchenko bo’g’ozi) Mang’ishloq yarim oroli territoriyasidan
bir necha tosh paraqalari hamda o’zaklarini topgan va ularni Peterburgdagi
antropologiya va etnografiya muzeyiga sovg’a qilgan. Bu dalillar O’rta Osiyo
hududida ibtidoiy davrning boshdan kechirilganligi haqidagi ilk ma’lumotlar edi.
O’rta Osiyoni arxeologik jihatdan o’rganishning ikkinchi bosqichi uning
Rossiyaga bosib olinishidan boshlandi. Bu davrda rus madaniyatining ijobiy ta’siri,
olimlarning hamkorligi O’rta Osiyo tarixini arxeologik jihatdan o’rganishda
67
progressiv
rol
o’ynadi. Bu P.I.Lerx, V.V.Grigoryev, N.I.Veselovskiy,
V.A.Jukovskiy, V.V.Bartold kabilarning faoliyati bilan bog’liqdir. Rus olimlari
O’rta Osiyoga kelgach, qadimiy yodgorliklarga e’tibor bera boshladilar, mahalliy
o’lkashunos va havaskorlarni o’z atroflariga birlashtirdilar, ularga yo’l-yo’riqlar
ko’rsatdilar. Shulardan biri o’zbek sharqshunosi Akram Askarov bo’lib, u
yodgorliklarni tarixshunoslik nuqtai nazaridan o’rganishda tashabbus ko’rsatdi.
Ibtidoiy davr tarixi haqida ham ma’lumotlar to’plana boshlandi. Masalan,
1870-yilda Toshkentdagi eski qal’a yaqinida tosh bolta topilgan. Samarqanddagi
Afrosiyob xarobasi orqali o’tkazilgan yo’l qurilishi vaqtida tog’ injeneri
D.L.Ivanov
chaqmoqtosh
nukleusi
(tosh
o’zagi)ni topadi, keyinchalik
N.I.Veselovskiy tosh qirg’ichchasini topgan edi. Bizning davrimizda, Afrosiyobda
katta arxeologik tadqiqot ishlari bajarildi. Olib borilgan kuzatuv ishlari tufayli
chaqmoqtosh qurol-aslahalari topildi. Ehtimol, bu yerda shahar paydo bo’lishidan
oldin, eng qadimgi vaqtlarda, ibtidoiy odamlar yashagan bo’lsa kerak. Afrosiyob
xarobasi atrofidan topilgan jez davri qabr qoldiqlari ham bu haqda guvohlik beradi.
1890-yilda
eski
Marv
xarobalaridan
A.V.Kaulbars
tosh
bolg’a,
V.A.Jukovskiy Go’yarqal’adan silliqlangan tosh bolg’a topishadi. 1896-yilda
Toshkent atrofidan topilgan tosh bolg’aga o’xshash topilmalar Orenburg, Issiqko’l
rayonlarida ham topiladi. Bu topilmalarning o’z davriga nisbatan katta ahamiyati
bor edi. Yuqorida aytilgan topilmalar ibtidoiy davr haqidagi dastlabki materiallar
edi.
Turkiston havaskor arxeologlari to’garagining(THAT) ta’sis etilishi O’rta
Osiyoni arxeologik jihatdan o’rganishning inqilobga qadar uchinchi bosqichi
hisoblanadi.
1895-yili Toshkentda ko’pgina progressiv rus olimlarining va mahalliy
o’lkashunoslarning tashabbusi bilan Turkiston havaskor arxeologlarining to’garagi
ta’sis etildi va u 1917-yilga qadar faoliyat ko’rsatdi. Bu to’garakka turli kasb
egalari a’zo bo’lgan edi. To’garak a’zolari jamoatchilik asosida ko’pgina ishlarni
bajardilar. Ayniqsa, ibtidoiy davr haqida to’plangan ma’lumotlar e’tiborga
loyiqdir. THAT to’garagi Ashxobodda tashkil etiladi. Shundan so’ng Samarqandda
tashkil qilishga ham harakat qilingan. 1896-yilda Toshkentda THAT muzeyi
tashkil qilinib, unda turli davr arxeologiyasiga doir materiallar yig’ilgan edi.
To’garak ishida mahalliy havaskorlardan Akram Asqarov, Mirza Buxarin,
Mirza Abdulin, Hofiz kabilar faol qatnashgan. To’garakni tashkil qilish va unga
rahbarlik
qilish
ishlarida
Toshkentdagi
yerlar
gimnaziyasining
direktori
N.P.Ostroumovning xizmati kattadir. U faol arxeologiya havaskori edi.
N.P.Ostroumov Peterburgdagi Arxeologiya komissiyasi bilan yaqin aloqada
bo’lgan. Turkiston havaskor arxeologlar to’garagi ish faoliyati va xarakteri
jihatidan O’rta Osiyoda tashkil topgan dastlabki ilmiy jamiyatlardan biri edi.
To’garakni V.V.Bartold, N.I.Veselovskiy, V.A.Jukovskiy va boshqa progressiv rus
olimlari qo’llab-quvvatlab turishdi. To’garak a’zolari turli tumanlardan birmuncha
arxeologik material to’plashga muvaffaq bo’lganlar.
Progressiv rus olimlarining faoliyati O’rta Osiyoni arxeologik jihatdan
o’rganish, ibtidoiy davr tarixi haqida ma’lumotlar to’plash ishiga ijobiy ta’sir
68
ko’rsatdi. Turli mutaxassislikdagi olim va havaskor o’lkashunoslar tomonidan
ibtidoiy davr haqida ancha-muncha ma’lumotlar to’plashga erishildi. Shulardan
A.I.Pavlovning kuzatishlari qiziqarlidir. U 1901-yilda hozirgi Bo’zsuv kanali va
Toshkent yaqinidagi Qoraqamish zonasidan paleolit odamlarining qurol-
aslahalarini yig’ib olgan va keyinchalik uni Moskvadagi geologiya-qidiruv
institutiga taqdim etgan. Keyinchalik bu yerlarda qazish ishlari olib borilib, ib-
tidoiy kishilarning qarorgohi bo’lganligi aniqlandi. 1892-yilda geolog Shmidt
Qirg’izistonning Issiqko’l atrofidan, Qoysara stansiyasi yaqinidan bir necha
chaqmoqtosh
qurol-aslahalar
topadi.
Hozir
bu
kolleksiya
Davlat
Ermitajida(Leningrad) saqlanmoqda.
Shunday qilib, Turkistonning qadimiy tarixini o’rganishga bo’lgan qiziqish
asta-sekin orta bordi. Bu borada THAT a’zolarining bajargan ishlari diqqatga sazo-
vordir. Jumladan, 1893-yili N.P.Ostroumov Keles daryosining o’ng qirg’og’idagi
Qoratepa makoni (poseleniye)ni qazish paytida chaqmoqtoshdan yasalgan kamon
o’qini topgan edi. 1902-yilda I.P.Poslavskiy P.G.Xludov tomonidan ro’yxatga
olingan Soymalitosh qoya toshlari ustiga solingan ibtidoiy davr san’at
namunalarini qayta o’rganish dasturini ilgari surgan edi.
Ibtidoiy davr haqidagi masalalar THAT yig’ilishlarida muhokama qilingan.
To’garak a’zolari o’z faoliyatlari haqida axborotlar berib turgan. Masalan, 1906-yil
11-dekabrda bo’lib o’tgan to’garak yig’iliishda I.P.Poslavskiyning hisoboti
eshitilgan. U turli kishilar tomonidan topilgan ibtidoiy qurollar haqida, jumladan,
To’rg’ay oblasti, Beshariq rayoni, Qoratov va boshqa joylardagi topilmalar haqida
ma’lumot bergan.
Ko’pgina olimlar turli topilmalar haqida qiziqarli ma’lumotlar berdilar.
I.P.Tolmachev ham 1907-yilda Akmalinsk oblastidan yig’ib olgan tosh ashyoviy
topilmalarini
etnografiya
muzeyiga
tuhfa
qilgan.
M.M.Berezovskiy
va
V.N.Andrusovlarning turli joylardan to’plab antropologiya va etnografiya
muzeyiga topshirgan tosh buyumlar kolleksiyalari ham qiziqarlidir.
Kolleksiyada turli ibtidoiy qurollar mavjud. To’garak a’zolari qoya toshlarga
solingan ibtidoiy davr suratlari haqida ham ma’lumotlar to’plaganlar. Bulardan
tashqari, 1902-yilda Amudaryo harbiy chegara xizmatchisi A.P.Yarchinskiy
qadimgi Ayrtom xarobalari yaqinidan tosh pichoq topgan. 1904-yilda R.Pomepelli
va G.Shmidtlar Ashxobod yaqinidagi Anav tepaliklarini qazib, ibtidoiy davrga oid
ko’pgina materiallarni qo’lga kiritgan edi. 1905-yilda qadimgi Go’yarqal’a
atrofidan ham tosh buyumlar topilgan edi. Bu yodgorliklar sovet olimlari
tomonidan tadqiq qilinmoqda. Biz yuqorida ibtidoiy arxeologiya haqida ayrim
ma’lumotlar keltirdik, xolos.
Topilmalar turli kasb egalari tomonidan to’planib aslida tasodifiy xarakterga
ega edi va ularga haqqoniy ilmiy baho berilmagan edi. Ammo ularning fan uchun
ahamiyati katta. Chunki bu topilmalar O’rta Osiyoning ibtidoiy tarixini inqilobga
qadar o’rganishga harakat qilinganligi, Turkistonda arxeologiya fani quruq joyda
tashkil topmaganligi haqida guvohlik beradi. Bu topilmalarning keyinchalik rejali,
sistemali o’rganilishi asosida Turkistonda arxeologiya fani tashkil topdi va u
yuksak taraqqiyot pog’onasiga ko’tarildi.
69
Do'stlaringiz bilan baham: |