Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti botanika va ekologiya kafedrasi



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/137
Sana29.05.2022
Hajmi5,36 Mb.
#618240
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   137
Bog'liq
2 5323726613249008818

Xlorofillning efirli eritmalarda
yorug‘likni yutish spektri;
47-rasm. 
Xlorofill "а"ning strukraviy formulasi
 
1-xlorofill "a", 2-xlorofill "b" 
Xlorofill "a" qizil spektrdan 660-663 nm va ko‘k spektrdan - 428-430 nm, xlorofill "b" esa qizil 
spektrdan 642- 644 nm va ko‘k spektrdan 452- 455 nm ga teng bo‘lgan nurlarni yutadi. Xlorofill 
molekulalari yorug‘lik spektrining yashil va infraqizil nurlarini umuman yutmaydi. Demak, xlorofill 
yorug‘lik nurlarining hammasini yutmay, tanlab yutish xususiyatiga egadir. Xlorofillning bu xususiyati 
uning spirtli yoki atsetonli eritmasidan yorug‘lik nurlarini o‘tkazib, spektroskopda ko‘rish usuli bilan 
aniqlash mumkin. Spektroskopda xlorofill yutgan spektr nurlarining o‘rni qoramtir bo‘lib ko‘rinadi, 
nurlarni qaytaradi. Aks etgan yorug‘likda xlorofill qizil rangda ko‘rinadi. Uning fluoressensiya 
qobiliyati fotoximik faolligidan dalolat beradi. 
O‘simliklarning bargida xlorofill maxsus sharoitlar mavjudligida hosil bo‘ladi: rivojlangan 
plastidalar stromasi, yorug‘lik, magniy, temir va boshqalar. Chunki pigmentlar faqat plastidalarning 
lamella va granalaridagina vujudga keladi. Magniy to‘g‘ridan-to‘g‘ri xlorofill molekulasining tarkibiga, 
temir esa xlorofillning hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi fermentlar (xlorofillaza va boshqalar) tarkibiga 


58 
kiradi. Xlorofill faqat yorug‘likda o‘sgan o‘simliklarda hosil bo‘ladi. Qorong‘i joyda o‘sgan o‘simliklarda 
u hosil bo‘lmaydi. 
Shuning uchun ham bunday o‘simliklar rangsiz yoki sariq (karotinoidlar bo‘lgani uchun) rangda 
bo‘ladi. Ular etiollangan o‘simliklar deyilib, qorong‘idan yorug‘likka chiqarilsa tezda yashil rangga kira 
boshlaydi, chunki xlorofillning sintezi boshlanadi. 
Ayrim hollarda yorug‘likdagi o‘simlik barglarida ham sarg‘ayish (rangsizlanish) hodisalari ro‘y 
beradi. Bu hodisaga xloroz deyiladi. Xloroz (rangsizlanish) ko‘pchilik hollarda tuproqda 
o‘zlashtiriladigan magniy yoki asosan temirning yetishmasligi natijasida assimilyatsion jarayonning 
buzilishidan kelib chiqadi. Xlorofillning sintezi to‘xtab qoladi. Bunday hodisa ayniqsa ohak miqdori 
yuqori tuproqlarda ko‘p uchraydi. Ohakli tuproqlarda temir tuzlari erimaydigan shaklga o‘tganligi sababli 
ildizlar tuproqdan temirni ololmaydi. Bunday o‘simliklarga bironta temir tuzining past konsentratsiyali 
eritmasi purkalsa, ular yana yashil rangga kira boshlaydi. Xloroz hodisasi boshqa mineral elementlar 
(azot, marganets, mis, rux, molibden, kaliy, oltingugurt va boshqalar) yetishmaganligidan ham sodir 
bo‘lishi mumkin. 
Umuman xlorofillning sintezi ham, buzilishi ham tirik hujayralardagi murakkab modda 
almashinuv jarayonining yo‘nalishi asosida sodir bo‘ladi. O‘simliklarda xlorofillning umumiy miqdori 
ularning quruq og‘irligiga nisbatan 0,6-1,2% ni tashkil qiladi. 
KAROTINOIDLAR
. Yashil o‘simliklarda xlorofill bilan birgalikda uchraydigan va sariq, to‘q 
sariq, qizil rangdagi pigmentlar gruppasiga karotinoidlar deyiladi. Bu pigmentlar hamma o‘simliklarning 
xloroplastlarida mavjud. Hatto o‘simliklarning yashil bo‘lmagan qismlaridagi xloroplastlarining ham 
tarkibiga kiradi. Masalan, xromoplastlar sabzi hujayralari tarkibida juda ko‘p miqdorda bo‘ladi (49-rasm) 
va ular ham murakkab strukturaga ega (50-rasm).
49-расм. 

Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish