Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti botanika va ekologiya kafedrasi



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/137
Sana29.05.2022
Hajmi5,36 Mb.
#618240
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   137
Bog'liq
2 5323726613249008818

XLOROFILLAR
. Birinchi marta 1817 yilda fransuz kimyogarlari P.J.Peltye va J.Kavantular 
o‘simlik bargidan yashil pigmentni ajratib oladilar va uni xlorofill deb ataydilar. Bu grekcha "chloros" 
yashil va "phyllon" barg so‘zlaridan olingan.
1906-1914 yillarda nemis kimyogari R.Vilshtetter xlorofillning kimyoviy tarkibini har 
tomonlama o‘rganish natijasida uning elementar tarkibini aniqladi: xlorofill "а" -С
55
Н
72
О
5
N
4
Mg va 
xlorofill "б" С
55
Н
70
О
6
N
4
Мg. Nemis bioximigi G.Fisher esa 1930-1940 yillarda xlorofillning 
strukturaviy formulasini aniqladi (47-rasm). 
Xlorofillar asosan to‘rtta pirrol halqasini birlashtirgan porfirin birikmalar bo‘lib, ular tarkibida 
magniy va fitol qismi bor. Fitol asosan to‘rtta to‘yinmagan izopren uglevodorod molekulasidan tuzilgan. 
Umuman xlorofill xlorofillin dikarbon kislotasi bilan metil va fitol spirtlarining birikmasidan hosil bo‘ladi 
va murakkab efirlar gruppasiga kiradi. Shuning uchun ham natriy ishqori ta’sir etsa u xlorofillin 
kislotasining natriy tuzi, metil va fitol spirtlariga parchalanadi: 
Xlorofill "b" ning xlorofill "a" dan farqi shundaki, uning strukturasidagi bitta metil gruppasi 
aldegid gruppaga almashtirilgan. 
Yuksak o‘simliklar va suv o‘tlarida "a"; "b", "s" kabi xlorofillar borligi aniqlangan. Shulardan 
xlorofill "a" va "b" juda ko‘pchilik o‘simliklarda sintez qilinadi. Ular ranglariga qarab ham bir-biridan 
farq qiladi. Xlorofill "a" to‘q yashil rangda, xlorofill "b" esa sariqroq yashil rangda. Normal rivojlangan 
barglarda xlorofill "a" taxminan 1,2-1,41 baravar xlorofill "b" dan ko‘p uchraydi. Bu nisbat o‘simlik 
turlari, yashash sharoitlari va boshqalarga qarab biroz o‘zgarishi mumkin. 


57 
1921 yilda V.N.Lyubimenko xlorofillning oqsillar bilan bog‘liqligini ko‘rsatdi. Haqiqatan ham 
o‘simliklar bargini suv bilan ishqalasa suvli to‘q yashil kolloid eritma hosil bo‘ladi, lekin xlorofill 
ajralmaydi. Buning sababi xlorofillarning oqsillar bilan bog‘liqligidadir. Bunday eritma yorug‘lik 
ta’siriga ham chidamli bo‘ladi. Agar barg spirt yoki atseton eritmasida ishqalansa xlorofill bargdan 
osonlik bilan ajraladi. Chunki bu eritmalar oqsillarga aktiv ta’sir etadi va denaturatsiyaga uchratadi. 
Xlorofillning spirtli yoki atsetonli eritmasi yorug‘lik ta’siriga chidamsiz bo‘ladi va rangini tez yo‘qotadi. 
Umuman xlorofill xloroplastlarda xlorofill-oqsil kompleksi shaklida bo‘lib, ularning mustahkamlik 
darajasi bir necha xil (adsorbsion yoki kimyoviy) bo‘ladi. Kimyoviy bog‘langan xlorofill-oqsil kompleksi 
juda mustahkam bo‘lib, o‘simliklar noqulay sharoitlarga tushganda uzoq muddatda saqlanadi va o‘z 
funksiyasini bajaradi. Xlorofill "a" ning erish harorati 117-1200S ga teng. Spirtda,benzolda,xloroform, 
atseton va etil efirida yaxshi eriydi. Suvda erimaydi. Xlorofill "a" barcha fotosintetik organizmlar uchun 
umumiy yagona pigmentdir. Chunki bu pigment orqali yutilgan yorug‘lik energiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
fotosintetik reaksiyalarda ishlatilishi mumkin. Qolgan barcha pigmentlar tomonidan yutilgan yorug‘lik 
energiyasi ham xlorofill "a" ga yetkazib beriladi va u orqali fotosintezda ishlatiladi. Etil efirida ajratib 
olingan xlorofill molekulalari yorug‘lik energiyasining to‘lqin uzunligi qisqaroq bo‘lgan ko‘k qismidan 
biroz va asosan qizil nurlarini yutadi (48-rasm).
48-rasm. 

Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish