97
Agarda barglarga sitokinin purkalsa ularning qarish jarayoni sekinlashadi. Chunki barglarda
nuklein kislotalar (ayniqsa RNK) va oqsillar sintezi faollashadi. Auksinlar va gibberellinlar ham qarish
jarayonini tezlashtiradi.
Ayrim organlarning qarishi asosida butun o‘simlikning qarishi ham sodir bo‘ladi. Bu jarayonda
organlar o‘rtasidagi minosabatlar buzila boshlaydi. Ildiz tizimining kuchi, ksilema oqimining jadalligi,
organik moddalar bilan ta’minlanish jarayonlari pasayadi. Ayniqsa ildiz va poya o‘rtasidagi munosabat
katta ahamiyatga ega. Fotosintez jarayonining sekinlashishi yoki to‘xtab qolishi ildizlarning
zararlanishiga sabab bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida mineral moддалар ва цитокининларнинг ер усти
қисмига оқими тўхтатишга олиб келади.
N.P.Krenke (1940) o‘simliklarning morfologik va fiziologik jarayonlarini taqqaoslash natijasida
«o‘simliklarning ontogenezida siklik qarish va yosharish nazariyasini» yaratdi. Bu nazariyaning asosiy
mazmuni shundan iboratki, har bir individ (o‘simlik yoki hayvon) albatta qariydi va oxirida o‘ladi.
O‘simlikning butun rivojlanish jarayoni qarish jarayonidan iborat bo‘lib, u siklik xarakterga ega. Chunki
qarish qarama-qarshi yosharish jarayoni bilan doim bo‘linib turadi. Yosharish yosh organlarning
yangidan hosil bo‘lish va rivojlanishidir. YA’ni yangi hujayralar, to‘qimalar, organlar (poya, barglar,
ildizlar) hosil bo‘lib turadi. Ammo, bu organizmning oldingi holatiga to‘la qaytishi emasdir. O‘simlikning
mustaqil rivojlanishi uning siklik yosharishiga qaramasdan, orqaga qaytmaydigan jarayondir. Biologik
qarish jarayoni har bir tirik organizmga xos xususiyatdir. Hujayra har bir bo‘linish vaqtida qisman
yosharadi, lekin ularda ham yoshiga doir uzluksiz o‘zgarishlar bo‘lib turadi va natijada qarishning
dastlabki siklik xarakteri namoyon bo‘ladi. Qarish jadalligiga juda o‘p omiillar ta’sir etadi. Tinchlik
holatidagi va faol bo‘linish holatidagi hujayralarda qarish jadalligi bir xil bo‘lmaydi. Tinchlik holatidagi
meristema hujayralari (tinchlikdagi kurtaklarning o‘sish nuqtasi,urug‘ murtagi va boshqalar) juda ham
sekin qariydi. Faol bo‘linish holatidagi hujayrlarning qarish jarayoni jadal xarakterga ega. Shuning uchun
ham daraxtlarning ayrim shoxlarini qirqib olinganda,tinchlikdagi kurtaklaridan o‘sib chiqqan yangi
novdalarda yoshlik belgilari bo‘ladi.Meva daraxtlarining shoxlarini qirqish yo‘li bilan yoshartirish usuli
ham shunga asoslangan.
O‘simliklarning har bir organi novdasi yoki bargining yoshini ikki -xususiy va umumiy ma’noda
tushunish kerak. O‘simlikning xususiy yoshi deb o‘sha organ hosil bo‘lgan vaqtdan boshlab ko‘rib
chiqilayotgan davrgacha o‘tgan muddatiga aytiladi. Shu organning umumiy yoshi uning xususiy yoshi
bilan shu organning hosil bo‘lish vaqtigacha o‘tgan ona organizmining yoshini ham qo‘shib belgilanadi.
Xususiy yoshlari bir xil bo‘lgan paytda ulardan qaysi birining umumiy yoshi katta bo‘lsa shunisi qari
hisoblanadi. Masalan, xususiy yoshlari bir oydan iborat bo‘lgan yosh va qari tutlar bargining umumiy
yoshi bir xil bo‘lmaydi. Qari tutdan olingan bargning yoshi katta bo‘ladi.
Qarish va yosharish jarayonlarining tezligi tashqi sharoit omillarining ta’siriga ancha bog‘liq.
Bunda yosharishni tezlashtiradigan omillar qarishni sekinlashtiradi va aksincha. Masalan, azotli o‘g‘itlar
qarishni sekinlashtiradi, aksincha, fosforli o‘g‘itlar qarishni tezlatadi. Qand lavlagiga berilgan azot
o‘g‘itlari o‘sish jarayonini kuchaytiradi va shakar to‘plash jarayonini kechiktiradi. Agar qand lavlagiga
fosforli o‘g‘itlar berilsa ularning o‘sishi sekinlashadi va shakarlar miqdori kupaya boshlaydi.
O‘simliklarga suv yetmaganda qarish tezlashadi. Aksincha sug‘orish yo‘li bilan o‘simlikni yosh holatda
uzoqroq saqlash mumkin. Mevali daraxtlarni har yili butash ham shu muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: