56
Keywords
: etiology, pathogenesis, hypoplastic, hemolytic, posthemorrhagic, anemia,
symptom, hypohemoglobinemia, morphobiochemical parameters, leukocyte, erythrocyte,
hemoglobin.
Mavzuning dolzarbligi.
Bu borada chorvachilik fermer xo‘jaliklarini zotdor hayvonlar bilan
ta’minlash, podani qayta to‘ldirish uchun mo‘ljallangan tanalarni xo‘jalikning o‘zida yetishtirish
dolzarb hisoblanib, bunga yosh hayvonlarning yuqumsiz kasalliklari, jumladan, buzoqlar anemiyasi
to‘sqinlik qilmoqda. Chunki anemiya bilan kasallangan buzoqlar kuchli darajada o‘sish-
rivojlanishdan qoladi va nasillik xususiyatlarining pasayishi oqibatida podani to‘ldirish uchun
yaroqsiz bo‘ladi. Natijada mahsuldor g‘o‘nojinlarni chet davlatlardan olib kelinishi hisobiga
xo‘jaliklar katta iqtisodiy zarar ko‘rmoqda. Shuning uchun buzoqlarda ushbu kasallikni ertachi
aniqlash, davolash va oldini olish usullarini takomillashtirish bilan kasalliklarga chidamliligi yuqori
bo‘lgan tanalarni xo‘jalikning o‘zida yetishtirish dolzarb muommolardan biri hisoblanadi.
Buzoqlarning anemiya bilan kasallanishida asosan gemopoezni buzilishi xarakterli bo‘lib,
buzoqlar asosan kech kuz va qish fasllarida kasallanadi, yangi tug‘ilgan hayvon organizmida asosan
temir, mis va kobalt elementlarining, vitaminlar va oqsillarning yetishmasligi, saqlash sharoitlarining
zoogigienik talablar darajasida bo‘lmasligi kasallikning kelib chiqishida asosiy omillar hisoblanadi
[1]
O‘stirish yoshidagi sutdan chiqarilgan buzoqlar orasida anemiya kasalligi keng tarqalgan
bo‘lib, ayrim xo‘jaliklarda kasallanish ko‘rsatgichi 46% ga va o‘lim darajasi 32 foizgacha yetishiga
qaramasdan qoramolchilik fermer xo‘jaliklari sharoitida ushbu kasallikni davolash va oldini olish
usullari to‘liq o‘rganilmagan.
Buzoqlar ratsionida kletchatkaning ortiqcha bo‘lishi va katta qorin muhitining kislotalik
tomonga o‘zgarishi mikrofloralar faoliyatining pasayishi, shuningdek, ular tomonidan B guruhi
vitaminlari sintezlanishining kamayishiga sabab bo‘ladi. Makrotsitoz bilan birgalikda uchraydigan
gipoxrom anemiya qon ishlab chiqarilishini ta’minlovchi omillar – kobalt, mis, В
12
vitamini va folat
kislotasi yetishmovchiligi bilan izohlanadi [1]
Adabiyot ma’lumotlaridan [2] ma’lumki, ratsionda qand-oqsil nisbatining buzilishi va katta
qorin muhitining kislotalik tomonga o‘zgarishi mikrofloralar faoliyatining pasayishiga, shuningdek,
ular tomonidan В guruhi vitaminlari sintezining kamayishi hamda anemiya rivojlanishiga sabab
bo‘ladi.
Buzoqlarda temir yetishmaganda birinchi navbatda qizil ilikda qon shaklli elementlarining
hosil bo‘lishi jarayoni buziladi. Gemoglobin sintezi susayadi va uning eritrotsitlar tarkibidagi
konsentratsiyasi pasayadi. Eritropoezning susayishi oqibatida gipoxrom anemiya, oksidlanish va
qaytarilish jarayonlarining chuqur buzilishlari kelib chiqadi. Kislorod tanqisligi rivojlanadi. qonda
to‘liq oksidlanmagan mahsulotlarning to‘planib qolishi oqibatida asab, yurak qon tomir va boshqa
tizimlarning funksiyasi izdan chiqadi. Umumiy gipoksiya jarayonining kompensatsiyalanishi sifatida
pul’s tezlashib, yurakning minutlik hajmi ortadi va yurak muskullarining gipertofiyasi rivojlanadi [4].
Buzoqlardan olingan qon namunalarida eritrotsitlar soni (Goryayev sanoq to‘rida), gemoglobin
(Sali gemometrida), glyukoza (Orto-toluidin bilan rangli reaksiya), qon zardobida umumiy oqsil
(Refraktometrik usuli) va ishqoriy zahira aniqlandi [2]. Qon zardobidagi immunoglobulinlar
miqdorini aniqlash bo‘yicha sifatiy reaksiya o‘tkazildi. [5].
Q.N.Norboev va boshqalarning ma’lumotlariga ko‘ra, anemiyalarning sabablari turlicha
bo‘lib, ularning rivojlanishida eritrotsitlarning suyak iligi imkoniyatlaridan ko‘p darajada o‘lishi,
eritropoezning buzilishi oqibatida eritrotsitlarning kam miqdorda hosil bo‘lishi va gemoglobinning
kamayishi asosiy o‘rinni egallaydi. Shuningdek, buzoqlar anemiyasining rivojlanishida organizmga
mis, temir, kobalt, sianokobolamin va folat kislotasini yetarli miqdorda tushmasligi, temirga nisbatan
ehtiyojning kuchayishi ham asosiy omillar hisoblanadi [6].
Adabiyot ma’lumotlarining tahlili va shaxsiy tekshirishlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, hozirgi
kungacha
Respublikamizning
chorvachilik
jadal
rivojlanayotgan
fermer
xo‘jaliklarida
parvarishlanayotgan buzoqlar orasida anemiyalarning tarqalish darajasi, sabablari, patogenezi, klinik
№1 | 2022
57
namoyon bo‘lishi, ertachi diagnostikasi hamda kasalliklarni davolash va oldini olish chora-tadbirlari
to‘liq o‘rganilmagan [8].
Keyingi yillarda, oziqalar tarkibida protein, kobalt, mis, rux va vitaminlarning yetishmovchiligi
ham kasallikka sabab bo‘lishi ma’lum bo‘ldi. Ya’ni, alimentar anemiya temir va boshqa
elementlarning ichaklar orqali so‘rilishining yomonlashishi, ratsionda askorbin kislotasi, tokoferol,
oltingugurt saqlovchi aminokislotalarning yetishmovchiligi hamda organik kislotalar ortiqcha
bo‘lganda hamda rivojlanishi mumkin [9]
Do'stlaringiz bilan baham: |