Том , номер 2022 №1



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/70
Sana29.05.2022
Hajmi1,15 Mb.
#617778
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70
Bog'liq
Veterinary-2022-1

Tadqiqotning maqsadi
– Dispepsiya bilan kasallangan va sog‘lom buzoqlarning ichak 
mikrobial ko‘rinishini qiyosiy baholashdir. Tajriba kuz-qish mavsumida Samarqand viloyati 
Kattaqo‘rg‘on tumani “Akbarshoh Shavkat” qoramolchilik fermer xo‘jaligida “Qizil eston” zotiga 
mansub 2-8 kunlik buzoqlarda o‘tkazildi. Tajriba o‘tkazish uchun har birida 3 boshdan yangi 
tug‘ilgan buzoqlar, o‘xshash juftliklar tamoyili asosida ajratib olingan, 3 ta guruh tashkil qilindi. 1- 
guruh sog‘lom buzoqlardan, 2- guruh antbiotik bilan davolashgacha bo‘lgan, dispepsiya bilan 
kasallangan buzoqlardan va 3- guruh antibiotik bilan davolanayotgan, dispepsiya bilan kasallangan 
buzoqlardan tashkil topgan. Buzoqlarni antibiotik bilan davolash kasallik kechishiga qarab 4-5 kunni 
tashkil etdi. Ushbu xo‘jalikda davolash uchun “Makrolan 200” antibakterial preparati 1ml 20 kg tana 
vazni hisobiga, sutkasiga 2 mahal muskul orasiga inyeksiya qilindi. Organizm suvsizlanishini oldini 
olish maqsadida, tarkibi natriy xlorid-3.5 g, kaliy xlorid-2.5 g, natriy sitrat-2.9 g, glyukoza-10 g dan 
tashkil topgan “Regidratsion tuz” kukunini 1 paketchasini 1 l suvda eritib tayyorlanib har soatda 10 
ml\kg miqdorda har bir buzoqqa ichirib chiqildi. Har bir guruhdagi buzoqlar to‘g‘ri ichagidan 
bakteriologik tekshirish uchun, sanitariya qoidalariga rioya qilingan holda fekal namunalari olindi.
1- guruh nazorat guruhi dispepsiya bilan kasallanmagan, sog‘lom buzoqlardan tashkil topgan. 
Ushbu sog‘lom buzoqlardan olingan fekal tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki hayotining birinchi 
kunlarida asosan enterobakteriyalar, enterokoklar va boshqa aerob mikroorganizmlar borligi 
aniqlandi. 2- guruhdagi 2-3 kunlik dispepsiya bilan kasallangan buzoqlardan, antbiotik bilan 
davolashdan oldin fekal namunalari 1 marotaba olindi. 3- guruhdagi 4 kunlik dispepsiya bilan 
kasallangan buzoqlardan esa, antibiotik bilan davolashdan keyin, diareya belgilari yo‘qolgach 1 
marotaba fekal namunalari olindi. Buzoqlardan olingan fekal namunalarni tekshirish SamVMI 
“Epizootologiya, mikrobiologiya va virusologiya” kafedrasi laboratoriyasida o‘tkazildi. Fekal 
namunasida esherixiyalarni aniqlash uchun “Hayvonlarning kolibakterioz (esherixioz)ini 
bakteriologik diagnostikasi bo‘yicha uslubiy qo‘llanma”dan [4; 209-2018 b.] foydalandik. Buzoqlar 
fekaliysida streptokokklar va stafilokokklarni aniqlashda biz “Hayvonlar streptokokkozining 
laborator diagnostikasi bo‘yicha uslubiy qo‘llanma”dan [4; 224-228 b.] va “Hayvonlar 
stafilokokkozining laborator diagnostikasi bo‘yicha uslubiy qo‘llanma”dan [6; 527-530 b.] 
foydalandik. Buzoqlardan olingan fekal namunalarida salmonellalar mavjudligini “Odam va 
hayvonlar salmonelyozining laborator diagnostikasi va yem-xashak, oziq-ovqat va atrof-muhit 
obyektlarida salmonellalarni aniqlash” bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmasiga asoslanib tekshirdik. Buzoqlar 


№1 | 2022
 
53 
fekal namunalaridan ko‘k yiring tayoqchalarini mavjudligini “Hayvonlar va parrandalarda 
psevdomonozni laborator diagnostikasi” [4; 235-237 b.] bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarga asoslanib 
tekshirdik.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish