Olingan natijalar. Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki barcha guruhlardagi buzoqlardan
olingan tezak namunalarida salmonellalar va ko‘k yiring tayoqchalari topilmadi. Aksincha, barcha
guruhlardagi buzoqlarda escherichia colining patogen bo‘lmagan shtammlari topilgan. 1- guruh ya’ni
sog‘lom buzoqlarda escherichia coli 1 g fekaliy tarkibida 1.2±0.6×10
8
ni tashkil etdi. 2- guruh ya’ni
antibiotik bilan davolashgacha bo‘lgan dispepsiya bilan kasallangan buzoqlardan olingan 1 g fekaliy
namunasi tarkibida escherichilar miqdori 4.2±0.2×10
8
ni tashkil etdi. Nisbatan sog‘lom buzoqlarning
ushbu guruhida koloniya hosil qiluvchi escherichilar miqdori ko‘payishi bizning fikrimizcha,
buzoqlarni oziqlantirish me’yorlarining buzilish tufayli ichakning mikrobial ko‘rinishi o‘zgarishi
bilan bog‘liq, bunda ichaklarning pH darajasi kislotalik tomonga o‘zgaradi va disbakterioz
rivojlanadi. Ushbu guruhdagi bir buzoqda ichak tayoqchasining patogen shtammi borligi aniqlandi,
bu esa dispepsiyaning boshlanishiga bakterial omil sababchiligini ko‘rsatadi. 3- guruh ya’ni antibotik
bilan davolayotgan dispepsiya bilan kasallangan buzoqlardan olingan 1 g fekaliy namunalari
tarkibida escherichia coliylar miqdori 1.6±0.7×10
8
ni tashkil etdi. Ushbu guruhdagi escherichilarning
miqdori oldingi guruhga nisbatan pasayishi, ichak mikroflorasiga antibiotiklarning bakteriostatik
ta’siri bilan bog‘liq.
Sog‘lom buzoqlardan olingan fekal namunarini ozuqa muhitlariga ekib, tekshirganda
streptokokklarning o‘sishi kuzatilmadi. Aksincha, antibiotik terapiyasidan oldin (2- guruh)
dispepsiya bilan kasallangan buzoqlardan olingan fekal namunasini tekshirganimizda, xarakterli
streptokokk koloniyalarining doimiy o‘sishini kuzatdik. Bizning fikrimizcha bu yangi tug‘ilgan
buzoqlarning oziqlantirish va parvarishlash qoidalarining buzilishidan kelib chiqib, ichakning
disbiotik holatiga olib keladi. Antibiotik bilan davolash davridagi (3- guruh) buzoqlardan olingan
fekal namunalarini ozuqa muhitiga ekib tekshirib ko‘rganimizda streptokokk koloniyalari oldingi
guruhga nisbatan sezilarli darajada kamayganligi aniqlandi va ayrim buzoqlarda bu bakteriyalarning
o‘sishi umuman kuzatilmadi. Buning sababi davolashda antibiotikdan foydalanganlik va uning
bakteriostatik ta’siri bilan bog‘liq.
Buzoqlarning fekal namunalarini stafilokokklarga nisbatan tekshirganimizda sog‘lom
buzoqlardan (1- guruh) olingan fekal namunalarni glyukoza-qonli-agarga ekib tekshirganimizda
xarakterli koloniyalar o‘smaganligini kuzatdik. Antibiotik bilan davolashgacha bo‘lgan, ikkinchi
guruhdagi dispepsiya bilan kasallangan buzoqlardan olinib, ozuqa muhitiga ekilgan tezak
namunalardan esa stafilokokklarning xarakterli o‘sishini kuzatdik. Bu yana ichak disbakteriozi bilan
bog‘liq. Antibiotik bilan davolanayotgan 3- guruh buzoqlaridan olingan fekal namunalarini ozuqa
muhitiga ekib, tekshirganimizda ushbu turdagi bakteriyalarni o‘smaganligini kuzatdik. Bularning
barchasi davolashda ishlatilgan antibiotikning ichak mikroflorasiga ta’siri natijasi hisoblanadi.
Xulosa. 1. Sog‘lom va dispepsiya bilan kasallangan buzoqlar ichagidagi mikroflora tarkibi va turi bir xil
emas.
2. Dispepsiya bilan kasallangan buzoqlar ichagida shartli patogen mikroorganizmlar (escherichia
coli, stafilokokk, streptokokk) sonining 4.2±0.2×10
8
gacha ko‘payishi disbakterioz rivojlanganligini
bildiradi.
3. Buzoqlar dispepsiyasini “Makrolan 200” preparati bilan davolashning 2- kunidan boshlab shartli
patogen mikroorganizmlar soni 4.2±0.2×10
8
dan 1.6±0.7×10
8
gacha kamaydi.