Tasdiqlangan fan dasturiga muvofiq ishlab chiqildi


 Xotira haqida tushuncha. Xotira



Download 10,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/458
Sana29.05.2022
Hajmi10,64 Mb.
#617246
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   458
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA UMK 2 KURS

 
3. Xotira haqida tushuncha. Xotira 
turlari va ularning xususiyatlari. 


249 
Psixologik ilmiy adabiyotlarda keltirilishicha
xotira - barcha ruhiy jarayonlarning eng 
muhim tasnifi bo’lishi bilan bir qatorda, inson 
shaxsining birligi va yaxlitligi, biologik va 
ijtimoiylik nisbatini ta’minlab turadi. Ularning 
o’ziga xos xususiyatlari, xossalari, 
mexanizmlari to’g’risida muayyan tartibda 
ma’lumot berish imkoniyatiga ega. 
Esda saqlangan ma’lumotni xotiradan chiqarib olib, qayta tiklash ham muhim 
muammo. Chunki ko’pincha biz xotiramizda kechagina o’qigan ma’lumotning 
borligini bilamiz-u, lekin kerak bo’lgan vaqtda uni esga tushira olmaymiz.
Psixolog sifatida shuni ta’kidlash lozimki, xotira bu – doimiy va o‘zgaruvchan 
hamda saqlangan ma’lumotlarni o‘rganishdir. Xotira ustidagi izlanishlar uning 
qanday ishlashini tushunishimizga yordam beradi. Masalan 92 yoshli qariya insult 
bilan kasallangandan so‘ng u oldingidek harakatlana olardi. U oilaviy albomlarni 
ko‘rganda qarindoshlarini eslay oladi, ammo, kundalik yangi suhbatlarni va hatto
haftaning qaysi kuni ekanligini eslay olmaydi. U har safar yangiliklarni 
eshitganda ta’sirlanadi va pochchasining o‘limini tez-tez eslaydi. Buning aksi 
o‘laroq Xotira Olimpiadasida medallar sovrindori rus jurnalisti SHereshevskiy 
boshqa jurnalistlar intervyularni qayd qilsa, u shunchaki tinglardi. Balki biz 7 yoki 9 
tagacha bo‘lgan raqamlarni takrorlay olarmiz ammo Shereshevskiy 70 tagacha 
bo‘lgan raqamlarni 3 soniya ichida takrorlay oladi. Bundan tashqari, u raqamlarni 
orqadan oldiniga ham osonlik bilan aytib bera oladi. Hatto u yuzlab ro‘yxatlar 
orasidan 15 yil oldingi ro‘yxatni ham aniq aytib bera olgan. U shunday boshlagan: 
“Biz stol atrofida o‘tirgan edik, siz kursida kulrang kastyum kiygan holda o‘tirgan 
edingiz va menga mana bunday holatda qarayotgan edingiz”.
160
 
Ajablanarli holat shunday emasmi? Siz ham imkoniyatlaringizni sinab 
ko‘rishingiz mumkin. Atrofda turli tovushlar, qo‘shiqlar, yuzlar, ko‘rinishlar, turli 
joylar, turli ta’m va hidlar mavjud. Tasavvur qiling, siz 2500 ta yuzlar va joylarni 
har biriga 10 soniyadan vaqt ajratib ko‘rdingiz. Keyinroq esa oldingisiga 
o‘xshamagan boshqa 280 ta yuzlar va joylarga e’tibor bering. Ralf Xaberning 
axborotiga ko‘ra siz 90% oldingilarini eslab qolasiz. Keyingi tajriba tasavvur 
qiling, siz oldin shakli aniq bo‘lmagan, har tomonlarga chizilgan rasmni ko‘rdingiz, 
so‘ngra shakli aniq bo‘lgan to‘liq rasmni ko‘rdingiz. 
David Mitchellning tadqiqotlariga ko‘ra to‘liq ob’ektlarni ko‘rish va eslab 
qolish noaniqlariga nisbatan oson va tez. Xotira tadqiqotchilari 1 asrdan ko‘proq 
vaqtdan buyon quyidagi savollarga javob izlamoqda: Qanday qilib biz xotira 
yutuqlariga erishishimiz mumkin? Nima uchun biz, hatto, bir daqiqa oldin 
uchrashgan insonimizning ismini unutib qo‘yamiz? Xotiralar miyada qanday 
saqlanadi? Nima uchun ayrim narsalarni tez unutamiz ammo alamli, istalmagan 
160
David G. Mayers Psychology,© 2010 by Worth Publishers. 329-b.
 


250 
hodisalarni unutishimiz qiyin? Qanday qilib bir hodisa ikki shaxsning xotirasida
turlicha qoladi? Xotiramiz imkoniyatlarini qanday o‘stirishimiz mumkin?
161
 
Insonlarni o‘rganish va axborotni qabul qilish bo‘yicha 3 turga ajratsak 
bo‘ladi. Bular: eshitish, ko‘rish va harakat xotiralar. Bular miyaga kirayotgan 
xabarning turiga bog‘liq. Ko‘rish: bunda yaqqol tasavvurlar hosil qilinadi. Bunda 
so‘z tasavvurdagi manzaralar timsolida xotiraga joylashadi. Doktor Medina 
fikricha: barcha sezgi organlari ichida eng muhimi aynan axborot qabul qilish 
bo‘yicha mavjud sezgidir. 
Vizual xotira cheksiz. Tadqiqotlardan birida ishtirokchilarga 10000 ta rasm 
berilgan va so‘ng boshqa rasmlar bilan aralashtirilgan rasmlarni berib ularni 
ajratish topshirilgan. 99% aniqlikda rasmlar to‘g‘ri ajratilgan. Va hatto 3 oydan 
so‘ng ham shu natija takrorlangan. 10% o‘qiganda, 20% eshitganda, 30% o‘qib 
eshitganda, 50% eshitib ko‘rganlarda, 70% suhbatlashganda, 90% bajarayotganda 
eslab qolingan. Tevarakdagi ma’lumotlarni hissiyotlarimiz orqali qabul qilamiz. 
O‘rganish va xotirada saqlashning turli usullari mavjud. Har bir odamda ma’lum 
usullarning majmui mujassam bo‘lib turlicha usullarda turlicha o‘rganish 
mumkin.
162
 
Xotira faol jarayon bo’lib, u shaxsning u yoki bu turli ma’lumotlar bilan 
ishlash malakasiga, unga munosabatiga, materialning qimmatini tasavvur qilishiga 
bevosita bog’liq bo’ladi. Eng xarakterli narsa shuki, inson faqat eshitgan 
ma’lumotining 10 foizini, eshitgan va ko’rgan narsasining 50 foizgachasini, o’zi faol 
bajargan ishlarining deyarli 90 foizini yodda saqlaydi. Bu ko’plab psixologik 
eksperimentlarda isbot qilingan. Shaxsning o’zi o’ylab topib, o’zi bevosita bajargan 
ishlari juda oson esga tushadi. Bu hodisa psixologiyada

Download 10,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   458




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish