O’zbekistonda zamonaviy va milliy tasviriy san’atida ayol va ona obrazi yaratilgan rassomlar asarlarini tahlil qilish



Download 261,71 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana29.05.2022
Hajmi261,71 Kb.
#617166
1   2   3   4
Bog'liq
o-zbekistonda-zamonaviy-va-milliy-tasviriy-san-atida-ayol-va-ona-obrazi-yaratilgan-rassomlar-asarlarini-tahlil-qilish

rasm ishlash, haykal yasash, badiiy qurish-yasash yuzasidan element- tlar, 
malakalar hosil qilish;

kuzatuvchanlik, ko’rish xotirasi, chamalash qobiliyati, fazoviy va obrazli 
tasavvyrlarini, abstrakt va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish;

tasviriy, amaliy me’morchilik san’at asarlarini tushungan holda o’qiy olishga 
o’rga- tish;

san’atga nisbatan qiziqish uyg’otish uni qadrlashga, sevishga o’rgatish. 

Tasviriy san’at darslarining qo’shimcha vazifalari:

borliqni, hayotni bilishga ko’maklashish;

milliy g’urur va milliy istiqlol mafkurasini amalga oshirish;

bolalarga axloqiy (vatanparvarlik, baynalminnal);

mehnat, jismoniy tarbiyani amalga oshirish;

talabalarni turli kasb va hunarga yo’llashdan iborat. 
Talabalarning estetik idroki, didi, mazkur sohaga doir tushunchalari, tasavvur va 
xotiralarni o’stirishda muhim rol’ o’ynaydi. Borliqni idrok etish mashg’ulotlari 
odatda mavzuli kompazitsiyalarni bajarishdan oldin o’tkazilib, unda tabiatdagi va 
tevarak- atrofdagi nafislik va go’zallikni ko’ra bilish, idrok etish natijasida olingan 
tassurotlardan amaliy, badiiy-ijodiy faoliyatlarida foydalanish nazarda tutiladi. 
Shuningdek, tabiatga qilingan sahyohat jarayonida, zarur hollarda ayrim ob’ekt va 
hodisalarni qalam, bo’yoq va boshqa badiiy materiallar yordamida xomaki rasmlari 
ham ishlanadi. Tabiat va borliqni kuzatish jarayonida bolalarni uni sevishga, asrab- 
avaylashga o’rgatiladi. Tabiatga qilingan sayohatlarda ularning ayrim jihatlari 
fasillarga bog’liq bog’liq holda o’zgarib turishligi bolalarga tushintiriladi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
768


Shuningdek, bunda talabalarni fazoviy tasavvurlari ham o’stiriladi va planlik, chiziqli 
va havo havo perspektivasiga ham e’tibor beriladi. Borliqni kuzatish bevosita tasviriy 
ijodiy faoliyat bilan bog’liq ekanligi, borliqni bilmasdan turi sifatli tasviiy ishlarni 
bajarish mumkin emasligi bolalar ongiga etkaziladi. 
Borliqni idrok etish mashg’ulotlarini vazifalariga rioya qilgan holda quyidagi 
mazmunda mashg’ulotlar o’tkazish nazarda tutiladi:
1. Fasllar tabiatni o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish; 
2. Tabiat mo’jizalari, bahorgi va kuzgi ishlar bilan tanishish vahokazolar. 
Yuqorida qayd qilinganidek, bunday mashg’ulotlardan maqsad, borliqni bilishi, 
undagi narsa va hodisalarni, o’ziga xos xususiyatlarini, ayniqsa, tuzulishi, rangi, 
o’lchovlari, o’lchov nisbatlari, fazoviy holatlari, ularni yil fasillariga qarab 
o’zgarishlarini anglab etishlariga erishishdan iboratdir. O’zgarish zarur bo’lgan 
obyektlarni naturadan kuzatishning imkoni bo’lmagan taqdirda o’qituvchi darsda 
bolalarni san’at asarlarining reproduksiyalari, slaydlari, foto nusxalarini namoish 
etish orqali o’z maqsadiga erishadi. 
Kompazitsion faoliyat o’z mazmuniga ko’ra uch qismga bo’linadi: 
1. Rangtasvir kompazitsiyasi.
2. Dekarativ kompazitsiya.
3. Haykalta- roshlik kompazitsiyasi. 
Kompazitsion faoliyat talabalarda badiiy-ijodiy qobiliyatni, o’z fikr va 
ta’surotlarni rasmda obrazli qilib tasvirlash hamda badiiy didni o’stirishni, talabalarda 
vatanparvarlik ruhini shakillantirishni maqsad qilib qo’ydi. Tasviriy san’atda, 
borliqni aks ettirish o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. U inson paydo bo’lishi bilan 
shakllanib taraqqiy eta boshladi. O’rta asrga kelib o’zining eng yuqori cho’qqisini 
namoyon qildi. Ko’nglida san’atga bo’lgan ishtiyoqi baland kishilardan, hech qachon 
vatan xoyinlari chiqmaydi. Bunday kishilar, vatan kelajagi uchun uning gullab 
yashnashi uchun, qo’llaridan kelgan barcha ishlarni qilishga, tayyordirlar. O’z bilim 
va zakovatlarini, namoyon qila olishlariga ishonchimiz komildir.
Davr o’tadi, avlodlar almashadi. Ehtimol, bugungi libos ertaga boshqasiga o’rin 
bo’shatib berar, lekin bobomeros tuyg’ular hech qachon o’zgarmaydi. Tasviriy 
san’atning auditoriyasi ana shu ma’naviy asos ruhi, bugungi zamondoshlarimiz 
qiyofasining asarlarimizda qay tariqa ifoda topishiga bog’liq. 
- Ijod sirli olam, har qanday yuksak saviyali asar, tabiiyki, o’z qulf-kalitiga ega. 
Uni 
oddiy 
odamlarga 
albatta 
sharhlab-tushuntirib 
berish 
kerak. 
San’at 
yo’nalishlarining o’zaro uyg’unlikda rivojlanishining milliy ma’naviyatimiz 
yuksalishidagi o’rni va ahamiyati haqida nimalar deya olasiz?
 
- San’atning biror-bir yo’nalishi o’z holicha taraqqiy etolmaydi. Bugun 
mamlakatimizda san’atning barcha sohalarini rivojlantirishga katta e’tibor 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
769


qaratilmoqda. Ammo ijodkorlarimiz o’rtasida o’zaro ijodiy muloqotlar kam, asarlarga 
munosabat bildirish hamon sust. 
Aytaylik, bitta suratni shoir, artist yo haykaltarosh o’ziga xos tushunadi. Bugun, 
afsuski, shoir asarlari taqdimotida rassomlarni, ko’rgazmalarda esa artist yo 
yozuvchilarni kam uchratasiz. Shuning uchun ham Badiiy akademiyamizdagi 
yig’ilishlarga imkon qadar san’atning barcha yo’nalishlari vakillarini qamrab olishga 
harakat qilyapmiz. Har bir asar - milliy mafkura va tarbiyaning kuchli vositasi. 
Ma’naviyatning yuksalishi ijodiy sa’y-harakatlarning qay tariqa birlashishiga bog’liq. 
Bu cho’qqiga erishish uchun, avvalo buyuk va muqaddas Vatanimizda tug’ilish - 
baxt, ayni paytda juda katta mas’uliyat ekanini anglash lozim. 
Yaqinda yangi suratlar chizib, ularga “Onaizor” va “Noqobil o’g’il” deb nom 
qo’ydim. Ikkisida ham bir mazmun - farzandining diydoriga mushtoq ona (Vatan) va 
volidasi poyida tiz cho’kkan o’g’il tasvirlangan. Inson yo’lga chiqadigan va mangu 
talpinadigan manzil yagona - ona-Vatan. Ota-bobolarimiz uyi oldidagi quduqning 
suvi kamaysa, chashmani boshqa yerdan izlamagan. Bil’aks, o’sha buloq ko’zini 
yanada kengroq ochishga, oilasini har jihatdan mustahkam qo’rg’onga aylantirishga 
harakat qilgan. Milliy immunitet ajdodlarimizga xos muqaddas yo’lning davom 
ettirilishi, milliy ruhning sayqallanishi va tafakkurning tanazzul ustidan g’alaba 
qozonishidir. Bu borada bizga o’zimizdan boshqa hech kim ko’mak berolmaydi. Ota-
onani, Vatanni tanlab ham, almashtirib ham bo’lmaydi. Ma’naviyati butun avlodning 
tadbiri taqdiriga mos keladi. Ma’naviy jasorat ko’rsatib yashashni hayot dasturiga 
aylantirgan avlodlar o’z o’rnini hamisha anglab, o’zgalarga ham anglatib yashaydi. 
Bu jarayonda kamolot va saodat manziliga eltajak yo’lni ko’rsatish - san’atning 
tayanch nuqtasi, ijodkorning mangu vazifasi. Zotan, Prezidentimiz Islom Karimov 
“Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” kitobida ta’kidlaganidek, “har kuni har soatda 
fidoiy bo’lish, o’zini tomchi va tomchi, zarra va zarra buyuk maqsadlar sari 
charchamay, toliqmay, tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik 
faoliyat mezoniga aylantirish - haqiqiy qahramonlik aslida mana shu”. 

Download 261,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish