Hayot faoliyati


Qutqaruv vositalariga ega bo



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/118
Sana29.05.2022
Hajmi1,36 Mb.
#617033
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   118
Bog'liq
Hayot faoliyati

Qutqaruv vositalariga ega bo

lmagan holdagi harakat. 
Suvda bo‘lsangiz, hushtak chalib yoki qo‘llaringizni ko‘targan 
holda signal bering. 
Issiqlikni saqlash uchun iloji boricha kamroq harakat qiling. 
Suvda havoga nisbatan issiqlikni yo‘qotish bir necha barobarga 
tezlashadi. Shuning uchun hattoki iliq suvdagi harakat ham 
faqat suv yuzasida qolishga qaratilgan bo
‘lishi kerak. Qutqaruv 
nimchasida issiqlikni saqlash uchun hajmingizni kichraytiring, 
qo‘llaringiz bilan ko‘krak qafasining yon tomonidan ushlang va 
qovuqlaringizga suv kamroq tegishi uchun bo‘ksangizni 
yuqoriroq ko‘taring. Bu usul sovuq suvda omon qolish 
muddatini 50 foizga qadar ko‘paytiradi. Agar sizda qutqaruv 
nimchasi bo‘lmasa, biron-bir suzuvchi narsani izlang va 
qutqaruvchilar kelguniga qadar o‘sha narsaga osilib oling. 
Chalqanchasiga yotib dam oling. 
Qutqaruv vositasidagi harakat. 
Dengiz kasalliklari uchun 
mo‘ljallangan tabletkadan iching. Tanangizdagi issiqlikni saqlash 
uchun qutqaruv kemachasidagi boshqa jabrlanganlarga yaqinroq 
joylashib oling, jismoniy mashqlar bajaring. Faqat bemorlar va 
jarohatlanganlarga suv bering. Ochiq dengizda agar 
qirg‘oqqa 
yetish yoki kema yo‘llariga chiqishning iloji bo‘lmasa, boshqa 


92 
qutqaruv kemasidagilar bilan birga kema halokati joyi yaqinida 
bo‘lishga harakat qiling. 
Oyoqlaringizni imkoni boricha quruq tuting. Ularni tez-tez 
balandga ko‘tarib turing va shishib ketmasligining oldini olish 
maqsadida harakatlantirib turing. 
Transport vositalarida xafsizlik qoidalariga rioya qilish 
Transport vositalari salonida odamlar oladigan jarohatlar 
transport vositasi katta tezlikda keskin burilganda, tezlik birdan 
101 
oshirilganda va keskin tormoz bosilgan transport vositalarining 
o‘zaro to‘qnashuvi yoki to‘siqqa urilishi natijasida sodir bo‘ladi. 
Jumladan, katta tezlikda kelayotgan transport vositasi keskin 
tormoz berib to‘xtashi natijasida unda o‘tirgan odamga ta’sir 
etadigan kuch bir necha barobar oshadi, masalan, odamning 
og‘irligi 80 kg bo‘lsa, unga ta’sir etadigan kuch 1500 kg ga 
yetadi. Uning qon tomirlarida kasallik bo‘lsa, tomirlar yorilib, 
yuragi infarktga uchrashi yoki bosh miya qon tomirlari yorilib, 
insult h
olatiga tushishi mumkin, bu esa, o‘z navbatida yo‘l 
transport hodisasiga sabab bo‘ladi. Olimlarning aytishlaricha, 
haydovchining yonidagi o‘rindiq «o‘lim kreslosi» deb ataladi, 
chunki avtohalokat paytida bu o‘rindiqda o‘tirgan odamning 
o‘lish ehtimoli haydovchiga nisbatan 7 barobar, orqa o‘rindiqda 
o‘tirgan odamga nisbatan 5 barobar ko‘p bo‘ladi. Bu o‘rinda 
transport vositasining tezligi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. 50 
km/soat tezlikda kelayotgan transport vositasi to‘siqqa urilganda 
transport vositasi ichidan otilib chiqqan odamning jarohati 
beshinchi qavatdan yiqilgan odam kabi, 80 km/soat tezlikda 
esa, 15-qavatdan yiqilgan odamning olgan jarohati bilan teng 
bo‘ladi. Respublikamizda haydovchi va fuqarolarning hayotini 
himoya qilish maqsadida davlatimiz tomonidan qator qonun va 
qarorlar qabul qilinganligiga qaramay, haydovchilar qonunni 
buzib, o‘zlari va atrofdagilarning hayotini xavf ostiga solishadi. 
Jumladan, haydovchi va yo‘lovchilar hayotini saqlash uchun 
qo‘llaniladigan xavfsizlik kamari ishlab chiqarilib, joriy qilinganiga 
100 yildan oshganiga qaramay, ko‘pchilik haydovchilar 
uni pisand qilmaydi, uni taqishga beparvo bo‘ladi. Yaqinda 
davlat tomonidan xavfsizlik kamarini taqmaganligi uchun 
qo‘llaniladigan jarima qiymati oshirilganidan keyin ko‘pchilik 
haydovchilar YPX, xodimini ko‘rib qolsalar vaqtinchalik 


93 
taqishadi. Xavfsizlik kamari esa, transport vositasi ichida 
o‘tirgan furaqolar hayotini saqlashda eng maqbul vosita. 
Olimlarning aniqlashicha, faqat 10 km/ soat tezlikda yuruvchi 
transport 
vositasi to‘siqqa urilganda haydovchi o‘zining qo‘l va 
oyoqlari yordamida shikastlanishdan saqlanishlari mumkin, 
xolos. Agar transport vositasi 60 km/soat tezlikda to‘siqqa 
urilsa, vazni 80 kg bo‘lgan odamning vazni 3 tonnaga teng 
102 
bo‘ladi. 80 km/soat tezlikda esa, 9 tonnaga teng og‘irlik bilan 
transport vositasining old oynasiga, rul sambaragiga, oldingi 
shitga uriladi. Bunday holda odamning tirik qolishi amri mahol. 
Uning hayotini faqat xavfsizlik kamarigina saqlab qolishi 
mumkin. Yapon olimlarining ma
’lumotlariga qaraganda, 
xavfsizlik kamari har 100 ta halokatli yo‘l-transport hodisasining 
75 tasida, Amerika olimlarining tadqiqotlariga ko‘ra esa, 
ag‘darilib ketgan transport vositalarida har 100 ta yo‘lovchining 
91 tasini hayotini saqlab qolgan. Xavfsizlik kamari muqarrar 
o‘lim bilan yakunlanadigan avtohalokatlarda haydovchi va 
yo‘lovchilarning yarmidan ko‘pini va boshqa avtohalokatlarda 
90 foizgacha o‘limdan saqlab qoladi. Ayrim haydovchilar xavfsizlik 
kamari avtohalokat chog‘ida transport vositasi portlaganda 
haydovchining transport vositasidan chiqib ketishiga xalal berib, 
uning halok bo‘lishiga sabab bo‘ladi deb hisoblaydilar. Ammo 
olimlarning aniqlashicha, faqat, 0,03 foiz, ya’ni har 300 
avtohalokatga uchragan transport vositasidan bittasi katta 
tezlikda to‘siqqa urilganda yoki transport vositalari yuzma-yuz 
to‘qnashganda yoki katta balandlikdan qulab tushganda portlar 
ekan. 
Kabina ichidagi odam avtohalokat paytida ruldan, transport 
vositasining old oynasidan, orqani ko‘rish oynasidan, priborlar 
turadigan shitdan va kabinaning boshqa qismlaridan jarohat 
oladi. 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish