26
3§. Hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning har birida
alohida shakldagi xujjatlar
ishlatiladi. Hisob-kitob nomi hujjat nomi bilan belgilanadi. Har bir hisob-kitob
hujjatlari belgilangan me’yorlarga javob berishi lozim. Bu xujjatlarning har biri
o’z ichiga qo’yidagi rekvizitlarni olishi lozim:
- hisob-kitob hujjatining nomeri;
- hujjat yozib berilgan sana;
- to’lovchining nomi;
-
hisobvaraq nomeri;
-
soliq to’lovchining identifikatsiya kodi (chek va akkreditivlarda
ko’rsatilmaydi);
-
to’lovchi
bankning nomi;
-
to’lovchi bankning kodi;
-
mablag’larni oluvchining nomi;
-
mablag’larni oluvchining hisobvaraq nomeri;
-
mablag’ oluvchi bankning nomi;
-
mablag’
oluvchi bankning kodi;
-
to’lovning summasi raqam va yozuvda ko’rsatilishi lozim;
-
to’lovning maqsadi(cheklarda ko’rsatilmaydi);
Tijorat banklarining hisob-kitob cheklarida qo’shimcha ravishda quyidagilar
yoziladi :
-
hisob-kitob chekining seriya va nomeri;
-
jismoniy shaxs pasportining seriyasi va nomeri;
-
chekning amal qilish muddati;
Akkreditiv ochish uchun taqdim etilgan ariza qo’shimcha ravishda
quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim:
- akkreditivning amal qilish muddati (akkreditiv yopilaetgan sana va oy)
- akkreditiv
ochilayotgan shartnoma nomeri;
- buyurtma raqami;
- buyurtma sanasi;
- akkreditiv qaysi mahsulotlarni yuklab jo’natish va xizmat ko’rsatish uchun
ochilganligi;
- akkreditivning turi (u haqida kerakli ma’lumotlarni ko’rsatish bilan);
- qo’shimcha majburiyatlar;
Banklar va mijozlarning ishiga xalal bermaydigan tarzda to’lovchi va
mablag’larni oluvchining nomini ratsional darajada qisqartirish mumkin.
Xo’jalik sub’ektlari sotilgan mahsulot va ko’rsatilgan
xizmatlar uchun
qo’shimcha qiymat solig’i hisoblansa, hisob-kitob xujjatlarini rasmiylashtirishda
qo’shimcha qiymat solig’i summasi alohida qatorda ko’rsatiladi. Qo’shilgan
qiymat solig’idan ozod qilingan tovarlar, ko’rsatilgan ish va xizmatlar uchun
hisoblashishda rasmiylashtirilgan to’lov xujjatlarida qo’shilgan qiymat solig’isiz
(bez NDS) so’zi yoziladi yoki shu yozuv yozilgan shtapm qo’yiladi.
To’lov topshiriqnomalari texnik vositalardan
foydalangan holda bir
martaning o’zida nusxa ko’chirish yoki birinchi nusxani hisob-kitobda
27
qatnashuvchi barcha tomonlar va bank uchun etarli bo’lgan nusxalar sonida
ko’paytirish yo’li bilan yozib beriladi. Cheklar siyoh va sharikli ruchkalarda
qo’lda yoki texnik vositalardan foydalangan holda yozib beriladi.
Hisob-kitob hujjatlariga qo’lda o’zgartirish kiritish, bo’yash va
tozalashga
yo’l qo’yilmaydi.
Hisob-kitob hujjatlari bank tomonidan hisob-kitob, pul operatsiyalarini
bajarish uchun qabul qilinadi:
1. Yuridik shaxslar birinchi nusxada hisob-kitob xujjati tayerlanishi shartidan
qat’iy nazar imzo qo’yish huquqiga ega bo’lgan mansabdor shasxlarning imzosi
va korxona muhrining izi mavjud bo’lishi;
2. Yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmay faoliyat ko’rsatayotgan
oilaviy va
yakka tartibdagi ijarachilar va tadbirkorlar tomonidan bajariladigan operatsiyalari
bo’yicha hisob-kitob hujjatlari ularda imzo mavjud bo’lgan holda bajarish uchun
qabul qilinadi.
Hisob-kitoblar hujjatini yozib berayotgan korxona muhrining izi va imzolar
xujjatning asl nusxasiga qo’yiladi.
Korxonalardan hujjatlarni qabul qilish
g
shartnomada boshqasi ko’zda
tutilmagan bo’lsa, butun kun davomida bankning mijoz bilan
ishlash vaqtidan
kelib chiqqan holda bajarish uchun qabul qilinadi.
To’lovchining hisobvarag’idagi mablag’larni initsiator-bankda hisobdan
chiqarish faqat hisob-kitob xujjatlarining birinchi nusxasi yoki Bank-Mijoz
tizimidan foydalanuvchilar tomonidan elektron to’lov xujjatlari asosida amalga
oshiriladi.
Mijozlarning hisobvaraqlariga kirim qilinayotgan mablag’lar banklarda
dasturiy yo’l bilan elektron to’lov hujjatlari va hisob-kitob
chekining asl nusxasi
asosida amalga oshiriladi. Bank-Mijoz tizimidan foydalanuvchi banklar
rasmiylash-tirilgan elektron to’lov hujjatlarini mijozning hisobvarag’iga
mablag’lar qo’shib yozilgandan yoki o’chirilgandan keyin tegishli pochta qutisiga
joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: