3. Tekshirish natijalarini rasmiylashtirish.
Fanning rivojlanishi davomida
ilmiy texnik informasiya keskin ortadi. Shuning uchun yosh olimlar bir talay ilmiy
adabiyotlar bilan tanishib chiqishi kerak. Berilgan ishni muvoffaqiyatli bajarish va
konkret muammo bo’yicha adabiyot bilan to’la tanishish uchun bor adabiyotlarni
sistema holiga keltirish kerak va zarur.
Ilmiy adabiyot bo’yicha ishlashning asosiy usuli – izlanish. U referativ
jurnallarni ko’rib chiqishdan boshlanadi. Kerakli referatlar maxsus kartochkalarga
yozib olinadi. Ular sistemaga solinadi va kerakli maqolalar manbalardan matn
etiladi.
Bajarilgan ilmiy-tekshirish ish ilmiy maqola yoki patent olishga no’ma
ko’rinishda rasmiylashtirishi mumkin. Ilmiy maqola materialning qisqa kritik
umumlashmasi, tajriba materialni va uning mushohadasi va xulosalar, hamda qisqa
kritik umumlashmasidan tashkil topadi.
Ilmiy tekshirish tugallangandan keyin yoki uning biror bosqichi
yakunlangandan keyin ilmiy maqola rasmiylashtirish imkoniyati aniqlanadi. Agar
u ilmiy yangilik bo’lib, ixtiro deb talqin qilish mumkin bo’lsa, u holda shubhasiz
patent guvohnomasi olishga no’ma holida rasmiylashtirish kerak. Bu holda ilmiy
maqolani rasmiylashtirish matbuotda e’lon qilish huquqini beruvchi patent
guvohnomasi berulguncha qadar to’xtatib turiladi.
Agar patent guvohnomasi “Xizmatda foydalanish uchun” grifi bilan berilsa,
u holda matbuotda e’lon qilish to’xtatiladi. Umuman maqolaning hajmi va
xarakteri jurnal talabiga mos kelishi kerak. Talabga ko’ra ilmiy maqola yozish
rejasi tuziladi. Avvalo jurnallardagi maqolalarga qisqacha umumlashma va taqriziy
tahlil beriladi. Keyin ishlatilgan xom ashyo tug’risida ham ma’lumot beriladi,
keyin tajribada olingan miqdorlar jadval, grafik holida tasvirlanadi. Tajriba
xulosalarining nazariy mushohadasi beriladi. Bunda bajarilgan ishning alohida
farqlari aniq keltiriladi. Maqola qisqacha umumiy xulosa bilan yakunlanadi.
Maqolaga annotasiya va referat, mutaxassis taqrizi ilova qilinib, kafedra
majlisida ko’rib chiqishiga taqdim etiladi. Ilmiy maqolaga mualliflik spravkasi,
majlis bayonnomasini ko’chirmasi, akt ekspertizasi, taqdim xati ilova qilinib jurnal
matbuotiga yuboriladi.
Ilmiy tekshirish ishning natijalari oliy o’quv yurtlarida talabalar ilmiy texnik
anjumalarida doklad qilib rasmiylashtirilishi mumkin.
Ilmiy doklad – kirish, ishning asosiy ma’nosi va natijalaridan tashkil topadi.
Dokladga rasm va jadvallar ilova qilinadi. Doklad davomida eksponatlar, jadvallar,
rasmlar namoyish qilib boriladi. Eksponatlar tegishli yozuvi bor shisha idishlarda
yoki og’izi zich yopilgan probirkalarda namoyish qilinadi. Doklad vaqtida
plakatlar o’rinida slaydlar bilan foydalansa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |