Asosiy qoidalar



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet321/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

590-modda. Sud majlisi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Prokurorning amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi yoki
jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi iltimosnomasi jinoyat sodir qilingan yoxud surishtiruv, dastlabki
tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy
sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi bo‘lmagan yoxud iltimosnomani ko‘rib
chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa Qoraqalpog‘iston
Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy
sudining raisi belgilaydigan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib
chiqiladi.
(590-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-664-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Sud majlisi iltimosnoma jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risidagi tergovga qadar
o‘tkazilgan tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishi bilan birga sudga kelib tushgan paytdan e’tiboran
o‘n sutkadan kechiktirmay o‘tkaziladi.
Iltimosnomani ko‘rib chiqish sud tomonidan prokuror albatta ishtirok etgan holda amalga
oshiriladi.
Sud majlisida amnistiya aktini qo‘llash haqidagi masala qaysi shaxsga nisbatan qo‘yilayotgan
bo‘lsa, o‘sha shaxs, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, shuningdek agar ishda qatnashayotgan bo‘lsa,
ularning himoyachilari va qonuniy vakillari ishtirok etadi. Sud majlisi o‘tkaziladigan vaqt va joy
haqida lozim darajada xabardor qilingan mazkur shaxslarning uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganligi
sud majlisining o‘tkazilishiga monelik qilmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi qaysi gumon qilinuvchiga,
ayblanuvchiga nisbatan tanlangan bo‘lsa, o‘sha gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lgan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining
sud majlisida ishtirok etishi zarurligi masalasi sud tomonidan hal qilinadi.
(590-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)


08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
221/232
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sud majlisi prokurorning ma’ruzasi bilan boshlanadi, prokuror amnistiya aktiga asosan jinoyat
ishini qo‘zg‘atishni rad qilish yoki jinoyat ishini tugatish zarurligini asoslab beradi. So‘ngra amnistiya
aktini qo‘llash haqidagi masala qaysi shaxsga nisbatan qo‘yilayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxsning, gumon
qilinuvchining, ayblanuvchining, himoyachining, qonuniy vakilning so‘zlari eshitiladi, taqdim etilgan
materiallar tekshiriladi.
(590-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sud taraflarda jinoyat ishini tugatish yoxud jinoyat ishi qo‘zg‘atishni ushbu Kodeksning 
83 
va
84-moddalarida 
belgilangan boshqa asoslar bo‘yicha rad qilish uchun asoslar bor-yo‘qligini
aniqlaydi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
(590-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli 
Qonuniga 
asosan
yettinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Sud majlisi vaqtida ushbu Kodeksning 
90 — 92-moddalarida 
nazarda tutilgan qoidalarga ko‘ra
bayonnoma yuritiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sud muhokamasi natijalari bo‘yicha sudya qonunda belgilangan tartibda ajrim chiqaradi,
ushbu ajrimning gumon qilinuvchini yoki ayblanuvchini qamoqdan yoki uy qamog‘idan ozod
qilishga doir qismi darhol ijro etilishi lozim.
(590-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Sudning ajrimi ijro etish uchun prokurorga, ma’lumot uchun esa amnistiya aktini qo‘llash
haqidagi masala qaysi shaxsga nisbatan qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga, gumon qilinuvchiga,
ayblanuvchiga, jabrlanuvchiga (fuqaroviy da’vogarga), himoyachiga va qonuniy vakilga yuboriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar sud majlisi davomida amnistiya aktini qo‘llash uchun asoslar mavjud emasligi aniqlansa,
sud tergovga qadar o‘tkazilgan tekshiruv materiallarini yoki jinoyat ishini umumiy qoidalar bo‘yicha
tegishincha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish yoki surishtiruv yoxud dastlabki tergov ishini yuritish
uchun prokurorga yuborish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
(590-moddaning o‘n birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish