08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining
Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
66/232
tuziladi. Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili mazkur bayonnomani
imzolashdan bosh tortgan taqdirda, unga tegishli yozuv yozib qo‘yiladi. Mazkur holda bayonnoma
imzolangan payt taftish o‘tkazish boshlangan payt deb hisoblanadi.
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili taftish o‘tkazish uchun zarur
bo‘lgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni taftish o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlar
olinganidan va ular bilan tanishib chiqilganidan keyin taqdim etishi shart.
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili hujjatlarni, axborot va materiallarni
taqdim
etishdan bosh tortgan taqdirda, taftish o‘tkazuvchi shaxs bundan buyongi protsessual
harakatlarni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladigan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga
yoki sudga bu haqda darhol xabar qiladi.
Hujjatlarni olib qo‘yish zarur bo‘lgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror olib
qo‘yish to‘g‘risida qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Olib qo‘yish ushbu Kodeksning
20-bobida
belgilangan qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Taftish o‘tkazuvchi shaxs zarur bo‘lgan taqdirda, tekshirilayotgan
subyektning hududi va
binolarini tekshiruvdan, shuningdek mol-mulkini inventarizatsiyadan o‘tkazishi mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Taftish tayinlash to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda ko‘rsatilgan masalalarni o‘rganish soliq,
valyutaga oid, buxgalteriya to‘g‘risidagi qonunchilikka va boshqa qonunchilikka muvofiq amalga
oshiriladi.
(187 -moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Taftish o‘tkazuvchi shaxsning tekshirilayotgan subyektning hududiga va binolariga (turar
joylar bundan mustasno) kirishiga to‘sqinlik qilingan, shuningdek taftishni amalga oshirish uchun
uning mol-mulkini inventarizatsiyadan o‘tkazish rad qilingan taqdirda, taftish o‘tkazuvchi shaxsning
o‘zi va tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili tomonidan imzolanadigan
bayonnoma tuziladi. Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili bayonnomani
imzolashdan bosh tortgan taqdirda, unga tegishli yozuv yozib qo‘yiladi.
Bayonnoma bundan
buyongi protsessual harakatlarni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladigan surishtiruvchiga,
tergovchiga, prokurorga yoki sudga taqdim etiladi.
Taftish o‘tkazuvchi shaxsning tekshirilayotgan subyektning hududiga va binolariga (turar
joylar bundan mustasno) kirishiga to‘sqinlik qilinganligi, shu jumladan ushbu subyektning mol-
mulkini inventarizatsiyadan o‘tkazish rad etilganligi, shuningdek taftish o‘tkazuvchi shaxsning o‘z
xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilinganligi qonunda nazarda
tutilgan javobgarlikka
sabab bo‘ladi.
Taftish o‘tkazuvchi shaxslarning o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilinganligi
uchun javobgarlikka tortish taftishni bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi.
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga taftish natijalari to‘g‘risidagi
dalolatnoma topshirilgan kun taftish o‘tkazish tugallangan kun deb hisoblanadi.
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili taftish natijalari to‘g‘risidagi
dalolatnomani olishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, taftish o‘tkazuvchi shaxs taftish natijalari
to‘g‘risidagi dalolatnomaga bu haqda tegishli yozuv kiritadi va shu paytdan e’tiboran taftish
tugallangan deb hisoblanadi. Mazkur holda taftish natijalari to‘g‘risidagi
dalolatnomaning bir
nusxasi tekshirilayotgan subyektga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: