08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
230/232
mumkin. Iltimosnomada qamoqqa olish to‘g‘risidagi qarorga yoki qonuniy kuchga kirgan hukmga
havola va mazkur so‘rov qo‘shimcha ravishda taqdim etilishi ko‘rsatilishi kerak. Shaxsni qamoqqa
olish to‘g‘risidagi iltimosnoma ushbu so‘rov yuborilguniga qadar pochta, telegraf, teleks, faks yoki
boshqa aloqa vositalari orqali yetkazilishi mumkin.
Shaxs, agar u boshqa davlat hududida uni ushlab berishga sabab bo‘ladigan jinoyat sodir
etgan deb gumon qilish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lsa, ushbu moddaning
ikkinchi qismida
ko‘rsatilgan iltimosnomasiz ham yetmish ikki soatgacha ushlab turilishi mumkin.
Shaxs ushlanganidan keyin ichki ishlar organlarining yoki boshqa surishtiruv organlarining
xodimlari olingan materiallarni prokurorga taqdim etadi, u materiallarni o‘rganib chiqadi va ushlab
turilgan shaxsning qidiruv e’lon qilingan shaxs ekanligi to‘g‘risida yetarli asoslar mavjud bo‘lgan,
shuningdek ushbu Kodeksning
603-moddasida
bayon qilingan asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda,
qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida qaror
chiqaradi va uni sudga yuboradi.
Prokurorning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma
kiritishi, uning sudya tomonidan ko‘rib chiqilishi, ajrim chiqarilishi, shuningdek sudyaning ajrimi
ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish ushbu Kodeksning
241
va
243-moddalarida
nazarda
tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Shaxs qamoqqa olinganligi to‘g‘risida prokuror O‘zbekiston
Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsni qamoqqa olish haqida iltimosnoma yoki ushlab berish
to‘g‘risida so‘rov yuborgan yoxud yuborishi mumkin bo‘lgan xorijiy davlatning vakolatli organini
darhol yozma ravishda xabardor qiladi.
O‘ziga nisbatan ushlab berish to‘g‘risidagi masala ko‘rilayotgan shaxsni qamoqda saqlab
turish muddati ko‘pi bilan uch oyni tashkil etadi. Mazkur muddat ushlab beriladigan shaxsning
topshirilishini ta’minlash maqsadida, shuningdek xorijiy davlatning vakolatli organidan O‘zbekiston
Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsni ushlab berish to‘g‘risidagi so‘rov yuzasidan qo‘shimcha
ma’lumotlar talab qilingan hollarda ushbu Kodeksning 245-moddasi
ikkinchi qismida
va
247-
moddasida
nazarda tutilgan tartibda uzaytirilishi mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi yoki qamoqda saqlab turish
muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda sud taqdim etilgan
materiallarning asosliligini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro
shartnomalari talablariga rioya etilganligini hisobga oladi.
(605-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: