Asosiy qoidalar


-modda. Hukm, ajrim va qarorni ijro etish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish tartibi



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

542-modda. Hukm, ajrim va qarorni ijro etish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish tartibi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Hukmni ijro etish to‘g‘risidagi masalalar sudya tomonidan prokuror hamda mahkum
ishtirokida sud majlisida hal qilinadi. Mahkumning ushbu Kodeks 532-moddasida nazarda tutilgan
huquqlari ta’minlanadi. Sudya voyaga yetmagan, shuningdek jismoniy nuqsonlari bo‘lgan yoki ruhiy
holati buzilgan mahkumlarga doir hukmlarni ijro etish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib
chiqayotganida himoyachi ishtirok etishi shart.
(542-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki ma’muriyatning yo‘llanmasi bo‘yicha o‘zi turishi
lozim bo‘lgan boshqa joyni o‘zboshimchalik bilan tashlab ketgan mahkumni manzil-koloniyadan
boshqa tartibli koloniyaga o‘tkazish to‘g‘risidagi masala prokurorning iltimosnomasiga binoan
ko‘rib chiqiladi. Mahkumning sudda hozir bo‘lishini ta’minlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda
mazkur masala sud tomonidan mahkumning ishtirokisiz ko‘rib chiqiladi. Bunda mahkumni
qamoqqa olish va unga nisbatan qidiruv e’lon qilish haqidagi masala sud tomonidan hal qilinishi
kerak.
(542-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-124-sonli 
Qonuni 
asosida
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 503-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jarima jazosiga, axloq tuzatish ishlariga yoki ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxs jarima
jazosini, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turlari bilan almashtirish
to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilishi uchun sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmagan taqdirda, jazoni
ijro etuvchi organning taqdimnomasi mahkum yo‘qligida ko‘rib chiqilishi mumkin. Jarima, majburiy
jamoat ishlari yoki axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan, shuningdek
ozodlikni cheklash ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilgan taqdirda sud mahkumga
nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash va qidiruv e’lon qilish to‘g‘risidagi
masalani hal qilishi kerak.
(542-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Agar masala hukmning fuqaroviy da’vo to‘g‘risidagi qismini ijro etishga taalluqli bo‘lsa, sud
majlisiga fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar yoki ularning vakillari ham chaqiriladi. Mazkur
shaxslarning sud majlisiga kelmay qolishi ishni ko‘rishni to‘xtatib qo‘ymaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.


08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
202/232
Mahkumni kasalligi, nogironligi sababli jazoni o‘tashdan ozod etish to‘g‘risidagi, jazoni
o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish to‘g‘risidagi, jazoning o‘talmagan qismini yengilroq
jazo bilan almashtirish to‘g‘risidagi, jazoning shartliligini bekor qilish to‘g‘risidagi, bir jazoni o‘tash
koloniyasidan boshqa tartibli koloniyaga o‘tkazish to‘g‘risidagi, tarbiya koloniyasidan jazoni ijro etish
koloniyasiga, jazoni ijro etish koloniyasidan turmaga va turmadan jazoni ijro etish koloniyasiga
o‘tkazish to‘g‘risidagi, maxsus tartibli jazoni o‘tash koloniyasidan qattiq tartibli jazoni o‘tash
koloniyasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi, axloq tuzatish ishlari o‘talgan vaqtni mahkumning mehnat
stajiga qo‘shish, shuningdek mahkumlarga nisbatan amnistiya aktini qo‘llash to‘g‘risidagi masalalar
mahkum jazoni o‘tab turgan joydagi tuman (shahar) sudining ajrimi bilan hal etiladi.
(542-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-193-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 509-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ish jazoning ijrosini amalga oshiruvchi muassasa hamda voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha
idoralararo komissiyaning birgalikdagi taqdimnomasiga binoan ko‘rib chiqiladigan hollarda sudya
mazkur komissiyani iltimosnoma ko‘riladigan vaqt va joy haqida xabardor qiladi.
(542-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Boshqa mahkumlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish maqsadida muddatidan ilgari shartli ozod
etish haqidagi taqdimnoma sudya tomonidan jazoni ijro etish koloniyasida yoki tarbiya koloniyasida
ko‘rib chiqilishi mumkin.
Ishni ko‘rish taqdimnoma yoki iltimosnomani o‘qib eshittirishdan boshlanadi, keyin sudya
taqdim etilgan materiallarni tekshiradi va sud majlisida hozir bo‘lgan shaxslarning fikrlarini eshitadi.
Oxirida mahkum yoki uning himoyachisiga so‘z beriladi. So‘ngra sudya ajrim chiqarish uchun
alohida xonaga kiradi.

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish