Asosiy qoidalar


-modda. Hujjatlarni ularning egasi bo‘lmish shaxslar tashabbusi bilan surishtiruvchi



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

200-modda. Hujjatlarni ularning egasi bo‘lmish shaxslar tashabbusi bilan surishtiruvchi,
tergovchi yoki sudga taqdim qilish
Fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa
mansabdor shaxslari o‘z ixtiyorlaridagi hujjatlarni yoki o‘zlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida
maxsus tuzilgan hujjatlarni surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilishga haqlidirlar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
201-modda. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga ko‘ra hujjatlarni
taqdim qilish
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari
surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga ko‘ra o‘z ixtiyorlaridagi hujjatlarni yoki
o‘zlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida maxsus tuzilgan hujjatlarni taqdim qilishlari shart.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari
surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga ko‘ra o‘z vakolatlari doirasida taftish yoki
boshqa xizmat tekshiruvi o‘tkazishlari va taftish yoki tekshiruv natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomani
barcha ilovalari bilan birga belgilangan muddatda taqdim qilishlari shart.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud taftish yoki tekshiruv natijalari to‘g‘risidagi
dalolatnomada yoxud boshqa hujjatda belgilangan qoidalardan chekinishlar, nuqsonlar, ziddiyatlar
va boshqa kamchiliklarni aniqlagan taqdirda, hujjatdagi qayd etilgan xatolar bartaraf etilishini talab
qilishga haqli.
(201-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli 
Qonuni 
tahririda —
O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
202-modda. Narsa va hujjatlarni taqdim qilish bayonnomasi
Ashyoviy dalillar sifatida ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsa va hujjatlar taqdim
qilinganligi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 
90 — 92-moddalarida 
nazarda tutilgan qoidalarga
muvofiq surishtiruvchi, tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa sud majlisining bayonnomasiga yozib
qo‘yadi.
Bayonnomada:
1) narsa yoki hujjatni taqdim etgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
2) bu shaxsning narsa yoki hujjatni ishga qo‘shib qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomasi;
3) narsa yoki hujjatni ko‘zdan kechirish jarayoni va natijalari, agar u pochta orqali yuborilgan
bo‘lsa, uning o‘ramasini ko‘zdan kechirish natijalari;
4) narsa yoki hujjatning surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga haqiqatan ham topshirilgani
yoxud narsa yoki hujjat uni keltirgan shaxsga qaytarib berilgani ko‘rsatiladi.
Ashyoviy dalil sifatida ahamiyatli bo‘lgan yoki ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsa
yoki hujjatni taqdim etgan shaxsga surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnomadan nusxa, sud
majlisida raislik qiluvchi esa sud majlisi bayonnomasidan ko‘chirma beradi.
Qabul qilib olingan narsa yoki hujjat pochta orqali kelgan bo‘lsa, bayonnomaning nusxasi yoki
undan olingan ko‘chirma narsani yoki hujjatni yuborgan shaxsga jo‘natiladi, pochta pattasi
bayonnomaga ilova qilinadi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud pochta orqali olingan narsa yoki
hujjatni ishga aloqador emas deb topib, uni yuboruvchiga pochta orqali qaytargan taqdirda ham
pochta pattasi bayonnomaga qo‘shib qo‘yiladi.
Taqdim etilgan narsa yoki hujjatni ashyoviy dalil sifatida ishga qo‘shib qo‘yish haqidagi
iltimosni rad qilish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Taftishlar va
boshqa xizmat tekshiruvlarining dalolatnomalari yozma dalil sifatida taqdim qilingan boshqa
hujjatlar qatori ishga maxsus rasmiylashtirilmasdan qo‘shib qo‘yiladi.
Tergov yoki sud harakatlarini yuritishda vaqtincha foydalanish uchun so‘ralgan narsalarning
qabul qilingani va qaytarib berilgani surishtiruvchi, tergovchi, sud majlisida raislik qiluvchi yoki sud
majlisining kotibi, shuningdek narsalarning egasi tomonidan beriladigan tilxatlar bilan
rasmiylashtiriladi. Taqdim qilingan narsalar ish uchun ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lsa,
ularning belgilari, xossalari, texnikaviy tavsifi, basharti ular yuritilayotgan tergov davomida
ishlatilgan bo‘lsa, shu tergov harakati bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi.

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish