Asosiy qoidalar


-modda. Namuna olinishi mumkin bo‘lgan shaxslar



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

190-modda. Namuna olinishi mumkin bo‘lgan shaxslar
Ekspert tekshiruvi uchun namunalar gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan, sudlanuvchidan,
jabrlanuvchidan, shuningdek tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha ustidan ish
yuritilayotgan shaxsdan olinishi mumkin.
Hodisa sodir bo‘lgan joyda yoki ashyoviy dalillarda boshqa shaxslar tomonidan ham iz
qoldirilgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida yetarlicha asoslar bo‘lgan taqdirda shu shaxslardan ham
ekspert tekshiruvi uchun namuna olinishi mumkin.
191-modda. Namuna olish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim
Namuna olish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Unda:
namuna oladigan shaxs yoki organ; namuna olinishi kerak bo‘lgan shaxs; aynan qanday namuna va
qancha miqdorda olinishi lozimligi; namuna olinadigan shaxs qachon va kimning huzuriga kelishi
zarurligi; olingan namunaning qachon va kimga taqdim qilinishi kerakligi ko‘rsatilishi lozim.
192-modda. Namuna olishda majburlov chegarasi
O‘zidan namuna olinishi uchun kelishdan bosh tortayotgan gumon qilinuvchilar,
ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, jabrlanuvchilar majburiy keltirilishi mumkin, bunda, basharti
qo‘llaniladigan usullar og‘riq bermaydigan hamda inson hayoti va salomatligi uchun xavfsiz bo‘lsa,
ulardan majburlov yo‘li bilan namunalar olinadi.
O‘zga shaxslardan namunalar faqat ushbu Kodeksning 
190-moddasida 
nazarda tutilgan
hollarda hamda tanosil kasalligi va boshqa yuqumli kasalliklarni aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan
hollarda majburlov yo‘li bilan olinishi mumkin.
193-modda. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan namunalar olish tartibi
Surishtiruvchi yoki tergovchi namuna olinishi kerak bo‘lgan shaxsni chaqirtiradi yoki u turgan
joyga borib, uni namuna olish to‘g‘risidagi qaror yoki sudning o‘ziga kelib tushgan ajrimi bilan
tanishtirib tilxat oladi va bu shaxsga, mutaxassisga, xolislarga ularning huquq va majburiyatlarini
tushuntiradi, agar kimdir rad etilgan bo‘lsa, bu masalani hal qiladi. Keyin surishtiruvchi yoki
tergovchi kerakli harakatlarni bajaradi va ekspert tekshiruvi uchun namunalar oladi. Bunda og‘riq
bermaydigan hamda inson hayoti va salomatligi uchun xavfli bo‘lmagan ilmiy-texnikaviy vositalar
qo‘llanilishi mumkin.
Murdadan, shuningdek xomashyolardan, mahsulotlardan, boshqa materiallardan namunalar
olish eksgumatsiya qilish, olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Olingan namunalar o‘raladi va muhrlanadi. Keyin surishtiruvchi yoki tergovchi ularni namuna
olish bayonnomasi bilan birga tegishli ekspertga yuboradi. Agar namuna olish sudning ajrimiga
binoan amalga oshirilgan bo‘lsa, ushbu ajrimni bajargan surishtiruvchi yoki tergovchi namunalarni
ularni olish to‘g‘risidagi bayonnoma bilan birga sudga yuboradi. Sud taraflar ishtirokida
namunalarni ko‘zdan kechirib, ularning haqiqiyligiga va to‘la saqlanganligiga ishonch hosil
qilgandan keyin olingan namunani ajrim va bayonnoma bilan birga tegishli ekspertga yuboradi.

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish