73
• tasdiqlash uchun uning empirik ma’lumotlarning imkoni boricha ko’prog’i
bilan kelishuvi talab qilinadi;
• inkor qilish uchun tajribaga mos tushmagan bir faktning o’zi yetarli.
Farazning
ifodalanishidagi
“qo’llaniladigan” iboralar va so’z
birikmalari:
-
«agar..., unda...», «chunki ...», «bo’lgani holda...»
Ular tadqiqotchining e’tiborini hodisaning mohiyatini ochish, sababli-oqibatli
aloqalarni belgilashga qaratadi.
M A G I S T R L I K D I S S E R T A S I Y A S I
Magistrlik dissertatsiyasining
tanlangan mualliflik
annotatsiyasi bilan ishlashni davom ettiring va ushbu tadqiqot farazini ifodalashga
harakat qiling. Tahlil tanqidiy nuqtai nazardan qaraladi va o‘rganilayotgan
manbaga nisbatan yutuq hamda kamchiliklar baholanadi. Shular asosida ilmiy
farazni ifodalab olish imkoniyati tug‘iladi.
Ishchi
faraz-kuzatilgan omilning jarayonning yoki hodisaning ehtimoliy,
bashoratli, faraziy rivoji keltirib chiqaradigan tadqiqotchi tomonidan asoslab
aytilgan fikr, qarash.
Ilmiy farazni shakllantirishda mavjud bilimlar (tahlil qilingan)
chegarasidan
chiqadigan yangi mazmunli holatlar ifodalanadi.
Ehtimoliy faraziy holatlarda yangi g‘oyalar, qarashlar, ta’limotlar olg’a
suriladi hamda ular asosida yangi ilmiy natijalar paydo bo’lishi rejalashtiriladi
Ilmiy faraz ilm-fanni rivojlantirishda va ilm-fan mazmunini o’rgatishda
muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Ilmiy faraz dastlab ilmiy fikrga asoslangan bo‘lib,
ichki his va sezgi bilan olg‘a suriladigan shaklda paydo bo‘ladi, chunki ilmiy
dunyoqarash (tafakkur)siz fan-texnikada hech bir ilmiy g‘oya (fikr, ta’limot,
qonuniyat)ni shakllantirib bo‘lmaydi. Ammo aniq bir hodisa jarayon yoki predmet,
xullas manba to‘g‘risidagi taxmin yoki fikr ilmiy faraz bo‘la olmaydi.
Faqatgina
quyidagi-shartlarni qoniqtira oladigan taxminlar ilmiy faraz bo‘la olishi mumkin:
1.Tahlil natijasida shakllangan xulosa taxminlarning barchasiga teskari
bo‘lmasligi kerak;
“ Shakllangan xulosa”ning ro‘y berish ehtimolligi asoslangan bo‘lishi kerak;
2. Shakllangan xulosaning nechog‘lik muammo yechimiga erishishiga ta’sir
ko‘rsata olishgiga e’tibor qaratilib, unga muammo
yechimiga yetgunga qadar
suyana olishga imkoniyat yaratilgan bo‘lishi lozim;
3.Ishchi faraz tadqiqot manbaiga mos muammo yechimiga yerishishni
ta’minlamog‘i lozim;
74
Ishchi faraz ilmiy tadqiqot ishining asosiy sharoitlarini, harakatlantiruvchi
kuchini aniqlaydi. Ishchi faraz, ilmiy tadqiqot ishining rivoji va hech bo‘lmaganda
shunga yaqin natijani qo‘lga kiritishni o‘z zimmasiga oladi. Ammo buni olg‘a
surilgan faraz nazariy va amaliy asoslangandan keyingina olish mumkin, ya’ni
ilmiy tadqiqot ishi jarayonida asoslangan, tasdiqlangan va rivojlangan ishchi faraz
ilmiy nazariyaga o‘sib o‘tadi.
To‘liq
ilmiy asoslangan, tahliliy ishchi faraz keyingi ishlarni
rivojlantirishda muhim bosqich bo‘ladi, chunki har qanday ilmiy tadqiqot ishida
nazariy va amaliy qism bo‘lib, ular tadqiqot manbaini
tasdiqlaydigan aniq
ko‘rsatkichlarga (omillarga, vositalarga, parametrlarga) ajratish imkonini beradi.
Bulardan tashqari ishchi faraz ilmiy tadqiqot ishining asosiy poydevorlaridan biri
bo‘lib, uning yordamida ilmiy tadqiqot ishini to‘g‘ri
boshqara oladigan dastlabki
analitik ishchi faraz shakllantiriladi va shu asosda muammo yechimi bo‘yicha
ilmiy izlanishlar boshlab yuboriladi.
Ishchi faraz - kuzatilgan omilning, jarayonning yoki hodisaning ehtimoliy,
bashoratli, faraziy rivoji keltirib chiqaradigan tadqiqotchi tomonidan asoslab
aytilgan fikr, qarash. Ma’lumotlarni o‘rganish manbai va unga tegishli.
Ilmiy faraz — bu avvalo, ilmiy fikrga asoslangan bo‘lib, u ichki his va sezgi
bilan olg‘a suriladigan shaklda paydo bo‘ladi, chunki ilmiy dunyoqarash
(tafakkur)siz fan - texnikada hech bir ilmiy g‘oya (fikr, ta’limot, qarash,
qonuniyat)ni shakllantirib bo‘lmaydi.
Ishchi faraz, ilmiy tadqiqot ishining rivoji va hech bo‘lmaganda shunga yaqin
natijani qo‘lga kiritishni o‘z zimmasiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: