Bu nazariyalarning har biri turlicha negizlar asosida kelib chiqqan bo’lishiga qaramay, bir-biriga zid
emas hamda kislota — asos birikmalarning o’ziga xos tomonlarini ochib beradi.
Kislota va asos
haqidagi nazariyalarning hozirgi ifodasini ishlab chiqishda boshqalar bilan bir qatorda
O`zbekistonlik olim M.I. Usanovichning xizmati katta bo’ldi.
1. Solvosistema nazariyasi
Suv dissotsilanganda:
H
2
0 = H
+
+OH
-
vujudga kelgan H
+
va OH
-
ionlari boshqa ionlar kabi suvli
eritmada gidratlanadi. Vodorod ioni suv molekulasi bilan osongina birikib, gidroksoniy ionini hosil
qiladi:
H
+
+Н
2
0→H
3
0
+
Gidroksoniyni ba’zi birikma (kompleks)laridan kristall holda ajratib olish mumkinligi
aniqlangan.
Shunday qilib, suvning o’zi dissotsilanganda ham gidroksoniy
ioni vujudga kelishi
quyidagi tenglamadan ko’rinib turibdi:
2H
2
O= H
3
0
+
+OH
-
O’tkazilgan tajribalar aminlarning ko’pgina anorganik tuzlarni eritishi, ularning
eritmalari ham tok o’tkazishini ko’rsatdiki, bu elektrolitik dissotsilanishdan darak berdi.
Elektrolitlarning suvdagi eritmalarida va suyuq ammiakda o’tkazilgan reaksiyalar orasida yaqinlik
borligi ko’rindi. Ammiakning o’zi ham oz bo’lsada, dissotsilanishi aniqlangan:
NH
3
H
+
+ NH
2
-
Vodorod ioni eritmada solvatlangan bo’lib, u erituvchi-ning bir molekulasi bilan tezgina
reaksiyaga kirishadi:
H
+
+NH
3
NH
+
4
Natijada gidroksoniy ioniga o’xshash boigan ammoniy ioni hosil bo’ladi.
Ammiakning
dissotsilanishi ham suvniki kabi boradi:
2NH
3
NH
+
4
+NH
2
-
NH
2
-
ioni OH ga o’xshash iondir.
Ammiak bilan o’tkazilgan ilmiy kuzatishlar metallarning amidlarini gidroksidlarga o’xshash
birikmalar deb qarashga imkon berdi.
Bu o’xshashlik OH
-
va NH
2
-
ionlari hamda suv bilan ammiak molekulalarining izoelektronlik
xususiyatlari bilan yanada ravshanlashadi. Bular orasidagi o’xshashlik ularning ko’pgina xossalarida
namoyon bo’ladi. Asoslarning suvdagi eritmalari kabi amidlarning ammiakli eritmalari dissotsilanishi
tufayli elektr tokini o’tkazadi:
MeNH
2
→Me
+
+ NH
2
-
Mana shu eritmalarda
fenolftalein qizaradi, kislota qo’shilganda ular neytrallanadi.
Amidlarning erishi gidroksidlarning erishiga mos keladi. Bundan suyuq ammiak muhitidagi
metallamidlari OH" guruhiga ega bo’lmasligiga qaramay, o’zini kuchli asoslardek tutadi,
degan
xulosa kelib chiqadi.
Agar suyuq ammiakda ammoniy tuzi eritilib, tegishlicha kislota xususiyatga ega eritma hosil
qilinsa va olingan ma’lumotlar taqqoslansa, bularning bir xilligini, ya’ni
har ikkala holda ham
ammoniy tuzi eritmasi hosil bo’lishi kuzatiladi:
NH
4
C1 + NH
3
NH
4
+
+ NH
2
-
+ H
+
+
Сl
-
Franklin suyuq ammiakda eritilgan ammoniy tuzlari metallarning amidlari bilan kislotalar
kabi reaksiyaga kirishishini ko’rsatdi. Demak, suyuq ammiakdagi ammoniy tuzlari o’zini kislota
kabi tutadi. Suyuq ammiakdagi neytrallanish reaksiyasi dissotsilanmagan
eritma molekulalarining
hosil boiishiga olib keluvchi jarayondan iborat bo’ladi. Ko’rilgan qonuniyatlar kislota va
asoslarning yangi solvosistemalar nazariyasida o’z aksini topdi.
Ushbu nazariyaga binoan eritmada erituvchi dissotsilanganda musbat ionlar hosil
qiluvchi birikma shartli
ravishda kislota deb qaraladi, asos bo’lib esa eritmada erituvchining o’zi
dissotsilanganda manfiy ionlar hosil qiluvchi birikmalar qabul qilinadi.
2. Proton nazariyasi.
Brensted-Laurilar tomonidan taklif qilingan bu nazariyaga asosan
proton bera oluvchi har qanday zarracha (molekula yoki ion) kislota bo’ladi. Protonni
biriktiriboluvchi har qanday zarracha asosdir.
Proton nazariyasiga muvofiq kislotalar uchga bo’linadi:
1)
Do'stlaringiz bilan baham: