32
Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining jadal rivojlanib borishi na-
tijasida, kishilar o‘rtasida ayirboshlash hajmi misli ko‘rilmagan darajada
o‘sib bordi. Bu jarayon oltinlarni saqlash
va ularning xavfsizligini
ta’minlash borasida bir qator muammolarni keltirib chiqara boshladi.
Bularni bartaraf etish maqsadida oltinlarni saqlab berish evaziga daromad
oluvchilar paydo bo‘ldi
29
. Oltin saqlovchilar asta – sekinlik bilan odam-
larning ishonchiga kirib borishi natijasida kishilar vaqtinchalik bo‘sh oltin
tangalarini ma’lum haq to‘lash evaziga ularga topshira boshladi. Oltin
saqlovchi oltinlarni saqlar, ularning xavfsizligiga javobgar edi, shuning-
dek, kimga, qachon va qancha oltin kerak bo‘lsa tegishli yozuvlarni
(oltinni olganligini tasdiqlovchi tilxatlar) yuritgan holda bera boshladi.
“A” shaxs “B” shaxsga sotib olgan tovari uchun to‘lagan oltin
tangani “B” shaxs ham o‘z navbatida ehtiyojidan ortiqcha qismini oltin
saqlovchiga eltib topshirar edi. Bu oltin saqlovchi va oltinni saqlashga
beruvchilar o‘rtasida o‘zaro ishonchning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Keyinchalik oltin saqlovchi
odamlar orasida tanilib, ishonchga kira
boshlaganlaridan so‘ng odamlar ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan oltinni
olmasdan, tovar va mahsulot uchun sotuvchiga tilxatlarning o‘zini
to‘lov vositasi sifatida bera boshladi. O‘z navbatida sotuvchi ushbu
tilxatlarni to‘lov vositasi sifatida qabul qildi, zarur hollarda ushbu tilxat
asosida oltin saqlovchidan kerakli miqdordagi oltinlarni oldi, yoki
uchinchi shaxsga to‘lov vositasi sifatida o‘tkazib yubordi. Shu tariqa
muomalada qog‘oz pullar paydo bo‘ldi.
Bu jarayon shu darajada rivojlanib ketdiki, barcha taniqli va
yetarli darajada ishonchga ega bo‘lgan oltin saqlovchilarning tilxatlari
muomalada to‘lov vositasini bajara boshladi.
Dastlab muomalaga
chiqarilgan qog‘oz pullar to‘lig‘icha oltin bilan ta’minlangan edi.
Keyinchalik esa oltin saqlovchining kasodga uchrashi, yoki
odamlarning ishonchini suiste’mol qilishi natijasida muomalada
ta’minlanmagan qog‘oz pullar paydo bo‘la boshladi. Natijada ushbu
pullar oltin saqlovchilarga taqdim etilganda ular buning evaziga oltin
tangalar berishdan bosh tortdi. Bularning barchasi mamlakatda pul
muomalasini izdan chiqishi oqibatida xo‘jalik yuritish va hisob –
kitoblarni amalga oshirishda tanazzulliklarni keltirib chiqardi. Aynan
shu jarayonda davlat qog‘oz pullarni tartibga solish va yagona emissiya
qilishni o‘z qo‘liga oldi. Buning
uchun alohida davlat banki, ya’ni
Markaziy bankni tashkil etdi, unga muomalaga qog‘oz pullarni
29
Bir necha asrdan keyin ushbu “oltin saqlovchilar” banklarga aylandilar.
33
chiqarish, pul muomalasini tartibga solish vazifalari yuklatildi. Tijorat
banklari esa, muomalaga naqd pullarni emissiya qilish huquqidan
mahrum etilib, mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatadigan tijorat
muassasalariga aylantirildi.
Angliyada qog‘oz pullar 1817–1843 yillarda tijorat banklari
tomonidan muomalaga chiqarilgan, 1813 yilda Angliya Banki o‘z
banknotasini muomalaga chiqardi. 1844
yildan boshlab esa tijorat
banklariga pulni emissiya qilish bekor qilindi va R.Pilning qonuniga
asosan Angliya Bankining emissiya huquqi joriy etildi.
Qog‘oz pullar ta’minlanmagan, asl qiymatga ega pullar
bo‘lmaganligi sababli ayrim davlatlarda muomalaga chiqarilgan pullar
dastlabki davrlarda to‘lov vositasi sifatida hisob – kitoblarda keng
qo‘llanilishida muammolar uchrab turgan. Buning oldini olish
maqsadida og‘ir choralar qo‘llanilgan. Masalan, Xitoyda qog‘oz
pulning o‘ziga uni to‘lov vositasi sifatida qabul qilmagan shaxsning
boshi kesilishi qayd etilgan, Fransiyada 25
yil qamoq jazosi, ba’zi
hollarda o‘lim jazosi ham qo‘llanilgan. Angliyada chiqarilgan qog‘oz
pullarni to‘lov vositasi sifatida qabul qilmagan kishilarni davlatga
qarshi xiyonat darajasigacha olib chiqilgan.
Davlat tomonidan emissiya qilingan qog‘oz pullar bevosita va
bilvosita ta’minlangan edi. Bevosita ta’minlangani oltin tangalar bilan,
davlatning soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni shu qog‘oz
pullarda qabul qilishi bilvosita ta’minlanganligi sifatida belgilab
qo‘yildi.
Iqtisodiy adabiyotlarda “emissiya qilish” va “muomalaga pul
chiqarish” tarzidagi ma’nosi bir – biriga yaqin bo‘lgan iqtisodiy
terminlarni uchratamiz. Biroq bu ikki iqtisodiy termin ma’nosi va
iqtisodiyotga ta’siri jihatidan bir – biridan tubdan farq qiladi.
Naqd pullarni muomalaga emissiya qilinishi iqtisodiyotda pul
massasining hajmini oshiradi. Bu ishni mamlakat Markaziy banki
amalga oshiradi. Muomalaga naqd pullarni
chiqarish esa mavjud pul
massasi hajmini o‘zgartirmagan holda tijorat banklari tomonidan
amalga oshiriladi.
Mamlakatda iqtisodiy inqirozlar, tabiiy ofatlar va urushlar ro‘y
berganda davlatning xarajatlari juda ortib ketardi. Ushbu xarajatlar
davlatning topshirig‘i bilan muomalaga chiqariladigan qo‘shimcha pul
emissiyasi orqali hal etilar edi, bu o‘z navbatida qog‘oz pullarning
qadrsizlanishiga va pul muomalasining izdan chiqishiga olib kelardi.
34
Shuning uchun ham qog‘oz pullar asl qiymatga ega bo‘lmagan,
o‘rinbosar pullar hisoblanib, ularni doimiy
ravishda tartibga solib
borish va tegishli nazoratni amalga oshirishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: