30
3. Kishilar o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmining ortib borishi
natijasida ushbu jarayonning murakkablashuvi
. Masalan, dehqon bir
qop bug‘doyni bitta boltaga ayirboshlashi
uchun temirchi kosibning
xohishi dehqonning xohishiga mos kelishi lozim. Ya’ni mazkur
holatda, temirchining bir qop bug‘doyga ehtiyoji bo‘lishi kerak. Biroq,
temirchiga bir qop bug‘doy emas, balki bitta qo‘y kerak bo‘lsa, u holda
dehqon bug‘doyni qo‘yga almashtirishi, so‘ngra qo‘yni temirchiga olib
kelib bitta boltaga almashishi zarur bo‘lar edi. Ko‘rinib turibdiki,
kishilar o‘rtasida mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va ayirboshlash
hajmining ortishi natural pullarni to‘lov vositasi sifatidagi vazifasini
amalga oshirish imkoniyatlarini chegaralab qo‘ydi.
4. Natural shakldagi pullarni saqlash va olib yurishning
qiyinligi.
Alabatta, o‘sha paytlarda pulning vazifasini bajargan bolta
yoki boshqa mehnat qurollarini saqlash qiyin bo‘lmagan bo‘lsada, lekin
ularni olib yurish va xavfsizligini ta’minlash odamlarga turli
noqulayliklarni keltirib chiqargan. Pulning vazifasini bajargan
bug‘doy, jun, qo‘y yoki boshqa shunga o‘xshash narsalar esa vaqt
o‘tishi
bilan buzilgan, o‘zining dastlabki xususiyatini yo‘qotgan. Shu
bilan birga, ularni olib yurish, ayniqsa saqlash ham odamlarga
qo‘shimcha tashvish keltira boshlagan.
Bularning barchasi natural pullar o‘rniga metall pullarni
muomalaga to‘lov vositasi sifatida kirib kelishiga zamin yaratdi.
Dastlab metall tangalar qora rangli temirlardan slitka
ko‘rinishida
tayyorlangan
bo‘lsa,
keyinchalik
to‘rtburchak,
uchburchak, yumaloq ko‘rinishdagi tanga shaklini olgan.
3-rasm.
Vaqt o‘tishi bilan temir tangalar o‘rnini bronza, kumush va oltin
egalladi, 3-rasmga qarang. Temir metallardan yasalgan tanga to‘lov
vositasini bajarganda ularning baho masshtabini tanganing og‘irligi
31
bilan aniqlangan. Keyinchalik bronza, mis va oltin tangalar to‘lov vo-
sitasini bajarganda esa baho masshtabi
qimmatbaho metallarning
nafaqat og‘irligi, balki ularning xossalari orqali ham aniqlanadigan
bo‘ldi.
Muomalada metall tangalar, ayniqsa oltin tangalar pulning
vazifasini bajarganda iqtisodiyotda pul muomalasini tartibga solishga
ehtiyoj bo‘lmaydi. Chunki, qimmatbaho metallar haqiqiy qiymatga ega
bo‘lgan
asl pul hisoblanib, uning hajmi tovar massasasiga nisbatan
avtomatik tarzda tartibga solinib boriladi. Ya’ni, agar iqtisodiyotda
tovar massasi oltin massasi (qiymati)ga nisbatan kam bo‘lsa muo-
maladagi ortiqcha oltin tangalar boylik sifatida xazinaga joylashtiriladi.
Agar, aksincha, muomalada oltin tangalar massasi tovar massasiga
nisbatan kam bo‘lsa boylik sifatida xazinaga joylashtirilgan mablag‘lar
muomalaga chiqarish orqali o‘zaro muvozanat ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: