Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

 
 
 
XVIII BOB. BANK INQIROZLARI
 
 
18.1. Bank inqirozlarining kelib chiqish sabablari 
Har qanday inqiroz shuningdek, bank inqirozi ham iqtisodiy ja-
rayonlarning buzilishi natijasida yuzaga keladi. U milliy daromadlarni 
yo‘qotilishi natijasida iqtisodiy va moliyaviy mexanizm funksiyalarini 
samarali amal qilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bank tizimi istalgan 
iqtisodiyotning pul, moliya, kredit tizimlarining bir qismi hisoblanib, 
unda inqirozlar ichki va tashqi omillar yoki boshqa tizimlar ta’sirida 
yuzaga kelishi mumkin. 
Bank inqirozlarining kelib chiqish sabablari bir qator olimlar 
tomonidan uzoq yillar mobaynida turilicha muhokama qilinib kelingan. 
Bu xususida ilk qarashlar asosan omonatchilar, bank mijojozlari va 
aksiyadorlari tomonidan vahima (panika) qilish natijasida pul mab-
lag‘lari (omonatlari)ni banklardan yoppasiga olish orqali banklarning 
likvidlilik darajasiga asossiz ravishda ta’sir etishi bilan bog‘liqdir.
Omonatchilar, bank mijojozlari va aksiyadorlarning bunday 
harakati banklar likvidlilik holatiga salbiy ta’sir etadi. Natijada 
banklarga jiddiy moliyaviy bosim oqibatida banklar aktivlarni sotishga 
majbur bo‘ladi. Agarda mavjud siyosatni o‘zgartirish orqali bank 
inqirozlarining oldi olinmasa, ular tizimli hamda tashqi omillar ta’siri 
ostiga ham tushib qolishi ehtimoldan holi emas. 
Bank inqirozlari xususidagi keyingi qarashlar banklarning to‘lov 
qobiliyatiga ega bo‘lmaslik holatini keltirib chiqaruvchi balans aktiv 
qismidagi yo‘qotishlarga asoslanadi. Banklar aktivlari sifatida uzoq 
muddat davomida yo‘qotishlarning mavjud bo‘lishi, odatda noho‘sh 
makroiqtisodiy jarayonlar, bozor tangligi, hukumat siyosati (yoki 
aralashuvi) va firibgarliklar bilan bog‘liqdir. Shuningdek, mazkur 
qarashlarning aksariyati iqtisodiyot tamoyillaridagi o‘zgarishlar hamda 
biznes sikllarining tabiiy mahsuli ekanligiga asoslanadi. 
Bank inqirozlarining makroiqtisodiy nuqtai-nazardan kelib 
chiqishi nobarqaror makroiqtisodiy siyosat, global moliyaviy shart-
sharoitlar va valyuta kurslari ayriboshlash mexanizmiga oid muam-
molarga bog‘liq. Haddan ortiq pul-kredit ekspansionistik siyosati va 


309 
fiksal siyosat kredit inqirozini, qarzlarni haddan ortiq ko‘p jalb qilish 
va real aktivlarga investitsiyalarni safarbar qilish bank aktivlari 
sifatining pasayishiga olib keladi.
Amerikalik iqtisodchi olimlar Karmen M. Reynxart va Kennet S. 
Rogoff bank inqirozlari kelib chiqishining ilk sabablari sifatida kredit 
inqirozlari va aktivlar narxi bilan bog‘liq pufak (ko‘pik)larning 
vujudga kelishini ko‘rsatib o‘tadilar.
85
Bu kabi makroiqtisodiy tang-
likni iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlarda kuzatish mumkin. 
Iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar boshqa mamlakatlardan qisqa 
muddatli xorijiy valyutadagi qarzlarni jalb qilish orqali valyuta 
kursining qadrsizlanishi, xalqaro bozorda foiz stavkalarining oshishi va 
xalqaro savdo shartlarining o‘zgarishi natijasida yuqori kredit riskini 
vujudga keltiradi. 
Misol uchun, 1980 yillarda G‘arb mamlakatlari banklari Lotin 
Amerikasi mamlakatlariga iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va joriy 
operatsiyalar bo‘yicha defitsitni qoplash maqsadida katta miqdorda 
qarzlar (AQSh dollarida)ni ajratadi. Katta miqdordagi xorijiy 
mablag‘larning oqib kelishi qarzdor mamlakatlarda real amalmashuv 
kursining keskin oshishiga olib kelib, bir qancha qarzdorlarning defolt 
holatiga kelishiga sabab bo‘ldi. Natijada mazkur inqiroz 800 mlrd. 
AQSh dollaridagi umumiy qarz mablag‘larining 250 mlrd. AQSh 
dollaridan voz kechish orqali yakun topdi. 
Bank inqirozlari kelib chiqish sabablarini bir qancha omillar 
orqali yaqqolroq yoritib o‘tishga harakat qilamiz. 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish