O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

VATAN HIMOYASI — MUQADDAS BURCH
16
 
Qurolli Kuchlarning mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlash
o’zbek xalqi tinchligini hamda bunyodkorlik mehnatini himoyalash, yosh avlodni 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini inobatga olib, 1992-yil 14-
yanvarda mamlakat hududidagi harbiy qism va bo’linmalarning davlatimiz 
tasarrufiga o’tkazilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining 1993-yil 29-
dekabrdagi qonuniga binoan 14-yanvar yurtimizda ―Vatan himoyachilari kuni deb 
e‘lon qilindi [1].
Vatan himoyachilari kunini bayram qilish bugungi hayotimizdagi eng sharafli 
voqealardan biri, desak yanglishmaymiz. Bu bayramning mavqei, ma’no-mohiyati 
ulug‘ va yuqori bo‘lib, ayni chog‘da butun xalqimizga, ota-onalarga, opa-singillarga, 
o‘sib kelayotgan navqiron avlodlarimiz-farzandlarimizga ham birday taalluqli. 
Demakki, Vatan himoyachilari kuni chin ma’noda umumxalq bayramidir. 
16
 
O’dayev Ravshanbek Kenjaboy o’g’li
 - O’zbekiston Milliy Universiteti


59 
Zero, Birinchi Prezident Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: “Milliy armiyamiz – 
mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir”. 
Bundan ko’rinib turibdiki, harbiylarimizga, jumladan, yigitlarga juda katta ishonch 
bildirilar ekan, o’z navbatida, bu ishonch ularga katta mas`uliyatni ham yuklaydi.
Shuni qayd etish joizki, buguni kunda milliy armiyamizga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. Mamlakatimiz mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli 
islohotlar samarasida Qurolli Kuchlarimizning moddiy va ma’naviy qiyofasi butunlay 
yangilandi.
“Ana shunday islohotlar tufayli “Armiya va xalq – bir tan-u jon!” degan 
oliyjanob g’oya va amaliy harakat barcha bo’g’indagi hokimiyat va boshqaruv 
idoralari, mahalla, yoshlar, xotin-qizlar, nuroniy tashkilotlari, ta’lim-tarbiya 
muassasalari faoliyatini, keng jamoatchilik hayotini qamrab olmoqda”[2]. Zamon 
talablariga javob beradigan tezkor, ixcham, zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy 
texnika bilan ta’minlangan milliy armiyamiz barpo etildi. Yigitlarimiz professional 
tarzda tayyorgarlikdan o‘tib Vatan himoyasida hozir turmoqdalar. Yildan yilga 
armiyamiz salohiyati oshib bormoqda. 
Muqaddas dinimizda ham yurtni, Vatanni qo‘riqlash oliy maqsad ekanligi 
aytilgan. Bu haqda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam shunday marhamat 
qilganlar: “Kechalari Allohdan qo‘rqib yosh to‘kkan ko‘zni va Alloh yo‘lida tunlari 
posbonlik qilib, mijja qoqmagan ko‘zni do‘zax otashi kuydirmaydi”. Yana bir hadisi 
sharifda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: “Alloh 
taolo roziligi yo‘lida bir kun chegara hududida posbonlik qilish bir oy kechalari 
ibodat qilib, kunduzlari nafl ro‘za tutishdan afzaldir”. Darhaqiqat, yurtning 
himoyasida turish buyuk ibodatdir. Handaq jangi kuni Rasululloh sallollohu alayhi 
vasallam yo‘qolib qoldilar. Sahobiylar ul zotni qidirib topa olmadilar. Shunda qora 
zulmat orasidan otliq Rasululloh sallollohu alayhi vasallam chiqib keldilar. 
Sahobiylar shoshib ul zotning oldiga borib, hol ahvollarini so‘ray boshladilar. Shunda 
ul zot: “Madina atrofini aylanib chiqdim.
Dushman bostirib kelib qolishidan havotir oldim” dedilar. Mana yurt qandoq 
qo‘riqlanadi. Kecha-yu kunduz ogoh bo‘lish asosiy maqsadimiz bo‘lishi lozim. 


60 
Fransuz qo‘mondoni: “Agar kimki o‘z armiyasining askarlarini boqishni xohlamasa, 
unda boshqa davlat askarlarini boqishga majbur bo‘ladi” degan edi. Haqiqatan ham, 
armiya xalq va davlatning posbonidir. Uning mavjudligi xatarlarning bartaraf bo‘lishi 
kafolatidir.
14-yanvarda Vatan himoyachilari kunini milliy bayram sifatida katta tantana 
bilan nishonlash o‘ziga xos an’anaga aylangani ham bejiz emas, albatta. Siz-u bizning 
bugungidek tinch, xotirjam hayotimiz Qurolli Kuchlarimiz tomonidan ishonchli 
tarzda himoya qilinmoqdaki, mana shunday mas’uliyatli burchni sidqidildan ado 
etayotgan, taraqqiyotimiz barqarorligiga kamarbasta bo‘layotgan o‘g‘lonlarimizni har 
qancha e'zozlasak, ko‘kka ko‘tarsak va ularning haqlariga duo qilsak arziydi.Ana 
shunday fidoyi farzandlar bor ekan, ertangi kunga ishonchimiz ham yuksalib 
boraveradi. 
Ona yurtimiz har doim o‘zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. 
Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, 
Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch, deb hisoblagan. Vatanni himoya 
qilish, asosan, yigitlar zimmasida bo‘lganligi bois, oilalarda o‘g‘il bolalar tarbiyasiga 
alohida e’tibor berilgan: ularni mustahkam irodali, qat’iyatli, yurt ishi uchun fidoyi 
insonlar qilib tarbiyalashga harakat qilishgan.Xususan, farzandlarimizni vatanparvar, 
mard va jasur bo’lib yetishishida, yigitlarimizga yurt, oila, Vatan singari 
tushunchalarni singdirishda tarixda yorqin iz qoldirgan Sohibqiron Amir Temur, 
Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin Kubro hazratlarining jasoratlarini 
ularning qalbiga solishimiz maqsadga muvofiqdir. Chunki bizlar mazkur zotlarning 
avlodlari hisoblanamiz. Shu sabab ularga xos farzandlar bo‘lishimiz bizning asosiy 
vazifalarimizdan biridir.
Shu bilan birga, mamlakatimizning mard, shijoatli, o‘ktam yigitlari armiya 
xizmatidan zaxiraga bo‘shatilganlaridan keyin ham harbiy xizmatdagi kabi g‘ayrat-
shijoat bilan yurt ravnaqi yo‘lida turli sohalarda mas’uliyat bilan mehnat
qilmoqdalar. Bir tomondan, ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o‘z 
armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, yigitlariga nisbatan iftixorini ham anglatadi. 


61 
Shuning uchun ham, har yili Vatan himoyachilari bayrami arafasida bir-birini 
chin dildan qutlayotgan nafaqat askar, serjant va ofitserlar, balki talabalar, ziyolilar, 
olimlar, faxriylar va boshqa yurtdoshlarimizni ko‘rganda ko‘nglimiz yorishib ketadi. 
Ha, bu bayram biz uchun, butun xalqimiz uchun Mustaqillik bayrami kabi aziz va 
muqaddasdir. Zero, “Vatan — sajdagoh kabi muqaddasdir”, “Vatanni sevmoq 
iymondandir”deyiladi hikmatlarda. O‘z Vatanini sevmagan inson qalbida hech 
qachon chinakam muhabbat bo‘lmaydi. Ya'ni, o‘z yurtini seva olgan, uni asray olgan 
insondangina vafodorlik, sadoqat va fidoiylikni kutish mumkin. O’zbekiston ham o’z 
farzandanlaridan xuddi shunday ishonch va sadoqatni kutadi. 
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, “Vatanimiz istiqlolini yanada 
mustahkamlash, uni himoya qilish, yurtimiz sha’ni-shavkatini yuksaltirish, adolat, 
insof va diyonat hukmron bo’lgan erkin jamiyat, mehnatkash xalqimizga munosib 
farovon hayot qurish bizning insoniy va fuqarolik burchimizdir” [3]. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish