O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Adabiyotlar 
1.
Ayollar va erkaklar. – Toshkent: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika 
qo’mitasi statistik to’plami, 2017. - B-32-33. Elektron resurs: 
www.stat.uz
 
2.
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida. O’zbekiston 
Respublikasi Qonuni 12.12.2002y, 436-II-son. 21-modda. Elektron resurs: 
www.lex.uz/docs/78717
 
3.
O voinskoy slujbe i statuse voennoslujahix. Zakon Respubliki Kazaxstan ot 
16 fevralya 2012 goda № 561-IV ZRK. Kazaxstanskaya pravda. – Almata: 25 
fevralya 2012. - № 57 (26876). 
MILLIY ARMIYA – YURTIMIZ TINCHLIGI VA OSOYISHTALIGI 
KAFOLATIDIR
13
 
 “Bugungi kunda O’zbekiston amalda o’zining zamonaviy, ixcham va 
harakatchan, yaxshi qurollangan, mamlakatimiz barqarorligi va xavfsizligini, 
sarxadlarimiz daxlsizligini, halkimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli 
himoya qilishga qodir bo’lgan milliy armiyasiga ega”.
Sh.M.Mirziyoyev 
Vatan himoyachisi - bu sharafli nom jaranglaganda, ko’z oldimizga beixtiyor 
yurtimizni ko’z qorachig’idek asrashni o’zining sharafli burchi deb bilgan yurt 
posbonlari, sergak va mard o’g’lonlar, har qanday g’ovlarni qiyinchiliksiz engib 
o’tuvchi metin iroda sohiblari gavdalanadi. O’zbekiston Respublikasi Qurolli 
Kuchlari safida xizmat qilayotgan Vatan himoyachilari bugungi kunimizning va 
kelajagimizning munosib posbonlari ekanliklarini chuqur ma’suliyat bilan his etgan 
holda mamlakatimiz tinchligi yo’lida kecha-yu kunduz xizmat qilmoqda.
13
 
Alimkulov Baxtiyor Begalievich - 
O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti 


49 
Vatan himoyasi barcha fuqaro, eng avvalo o’zini shu yurt farzandi deb bilgan 
har bir yigit uchun yuksak iftixor hisoblanadi. Shu bois yurt himoyasi tarixning turli 
davrlarida barcha davlat va millatlarning mard, jasur o’g’lonlari uchun muqaddas 
vazifa sanalgan. 
O’zbekiston mustaqillikka erishgach, Vatan va istiqlolni himoya qilish uchun 
mustaqil armiya tuzish zarurati tug’ilgan edi. Bu masalaga birinchi Prezidentimiz 
I.A.Karimov alohida e’tibor qaratib: “Biz o’z armiyamizni tuzamiz. Bu armiya 
O’zbekiston xalqini, O’zbekiston mustaqilligini muhofaza etish qudratiga ega 
bo’ladi. Hammamiz hayot tajribasidan yaxshi bilamizki, jamiyat va tuzum o’zini o’zi 
himoya eta olmas ekan, ichki siyosatda ham, tashqi siyosatda ham yaxshi natijaga 
erisha olmaydi”, degan edi [1]. 
Qurolli Kuchlarning mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlash, 
o’zbek xalqi tinchligini hamda bunyodkorlik mehnatini himoyalash, yosh avlodni 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini inobatga olib hamda 1992-yil 14-
yanvarda mamlakat hududidagi harbiy qism va bo’linmalarning davlatimiz 
tasarrufiga o’tkazilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining 1993-yil 29-
dekabrdagi qonuniga binoan 14 yanvar yurtimizda “Vatan himoyachilari kuni” deb 
e’lon qilindi. 
Bugun bizning umumxalq bayramimizga aylangan, 14 yanvar - Vatan 
himoyachilari kuni bayrami bilan Sovet tuzimi davrida nishonlab kelingan 23 fevral – 
sobiq Sovet armiyasi va harbiy dengiz floti kuni bayrami o’rtasidagi farqlarga 
e’tiborimizni qaratsak. 
23 fevral – sobiq Sovet armiyasi va harbiy dengiz floti kuni bayramiga fuqarolar 
urushi davrida - 1918 yil 23 fevral kuni Narva va Pskov shaharlari ostonasida qizil 
askarlarning nemis qo’shinlari bilan bo’lib o’tgan to’qnashuvi asos qilib olingan edi. 
Bu butun boshli bir davlat tarixida olamshumul iz qoldirgan tom ma’nodagi tarixiy
voqea emas edi, albatta. Lekin xukmron tuzum o’z qo’lida bo’lgan turli mafkura 
vositalari yordamida bu kunni ming-minglab odamlarning bayrami, faxr-iftixori 
ramziga aylantirishni alohida maqsad qilib qo’yganini, chuqurroq qaraganda esa, 


50 
ushbu sana zamirida, uning ma’no-mazmunida buning uchun hech qanday asos 
bo’lmaganini anglash qiyin emas. 
Sho’ro davridagi barcha bayramlarning ma’nosi mana shu imperiya qo’l ostidagi 
hamma xalqlarni, shu jumladan, o’zbek xalqining ham sovet halqining ajralmas bir 
qismi deb ko’rsatishga, shunday tadbirlar orqali Ittifoqdosh respublikalarda 
yashaydigan millatlarning go’yoki birligini, ularning Markazga bo’ysunishini va 
sadoqatini namoyish etishga qaratilgan edi [3]. 
Birinchi navbatda harbiy xizmatchilarda ulug’ ajdodlarimizdan muqaddas meros 
bo’lib kelayotgan Vatanga muhabbat tuyg’usi doim jo’sh urib turishi, vatanparvarlik 
tuyg’usi ularning hayoti va xizmat faoliyatida ustuvorlik kasb etmog’i darkor. 
Jahonga ne-ne betakror alloma-yu shoirlarni yetishtirib bergan o’zbek xalqi 
o’zining mashaqqatlarga to’la tarixi davomida benazir sarkardalarni ham voyaga 
yetkazdi. Yurtimizni bosqinchilardan muhofaza qilish kabi maqsad yo’lida 
zamonaviy harbiy talablarga javob beradigan qo’shinlar shakllandi. Jaloliddin 
Manguberdi, Temur Malik singari jasur lashkarboshilarning nomlari xalqimiz 
yuragidan joy oldi. Ayniqsa, dunyoda birinchi muntazam armiya tuzgan Amir 
Temurning harbiy dahosi yaqqol ko’zga tashlanadi. Bu zotning harb ilmidagi 
betakror zakovati hanuzgacha jahon sarkardalari uchun saboq maktabi bo’lib 
kelmoqda. Amir Temur o’z jangovar harakatlarini doimo bunyodkorlik bilan bog’liq 
holda olib borgan. Chunonchi, Sohibqiron: “Qaydankim bir g’isht olgan bo’lsam, 
o’rniga o’n g’isht tikladim”, deganlar [3]. 
Mamlakatimizda jadal sur’atlarda amalga oshirilayotgan islohotlar va 
bunyodkorlik ishlari sabab, ona-Vatanimiz yanada chiroy ochib, barcha sohalarda 
yuksalish va yutuqlarga erishilmoqda. Mazkur o’zgarish va yangilanishlar biz 
tanlagan taraqqiyot yo’lining naqadar to’g’ri va oqilona ekanligidan dalolat 
bermoqda.
Bunday ijobiy ishlarga guvoh bo’layotgan barcha yurtdoshlarimiz qalblarini 
ertangi kunimizga umid, porloq kelajagimizga mustahkam ishonch tuyg’ulari qamrab 
olgan. Yuqoridagi yutuqlarning barchasiga mamlakatimizda hukm surayotgan 
tinchlik va osoyishtalik mustahkam asos bo’lib xizmat qilmoqda.
 


51 
Dunyo miqyosida xalqaro terrorizm, ekstremizm kabi xavf-xatarlar, milliy va 
global xavfsizlikka qarshi taxdidlar tobora ortib borayotgan hozirgi murakkab davrda 
Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini yuksaltirish, uning moddiy-texnik 
bazasini mustahkamlash, zamonaviy qurol-yarog’ va aslahalar bilan ta’minlash, 
harbiy xizmatchilarning jismoniy, ma’naviy-intellektual tayyorgarligini oshirish, 
ijtimoiy himoyasini kuchaytirish eng ustuvor vazifamiz bo’lib qolmoqda. 
Ayni shu asosda mamlakatimizning mudofaa salohiyatini mustahkamlash 
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasining ustuvor 
yo’nalishlaridan biri sifatida belgilab olindi. Strategiyaga binoan boshqa sohalar 
qatorida harbiy qurilish borasida ham keng ko’lamli o’zgarishlar amalga oshirildi. 
Qurolli Kuchlarimiz bo’yicha strategik yondashuv ishlab chiqildi.
Vatanimiz xavfsizligini mustahkamlash, uning mudofaa qobiliyatini yanada 
kuchaytirish maqsadida Yurtboshimizning tashabbusi hamda bevosita boshchiligida 
yangi Mudofaa Doktrinasi ishlab chiqildi. Ushbu hujjatda mamlakatimizning harbiy 
qurilishi va qurolli kuchlarni rivojlantirish masalalari bo’yicha asosiy yo’nalish va 
zamonaviy yondashuvlar aks ettirildi. Qurolli Kuchlar oldida turgan vazifalar, 
shuningdek, milliy armiyamiz qurilishi va rivojlanishini davom ettirish bo’yicha 
istiqbolli yo’nalishlar belgilab berildi. 
O’z-o’zidan ravshanki, yangi jamiyat qurish bir kunlik ish emas. Zamonlar o’tib 
boraveradi, lekin davr qo’ygan muammolar, ularni echish yo’lidagi ishlar davom 
etaveradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, milliy armiyani barpo etish masalasi 
davlat va jamiyat qurilishining g’oyat muhim, uzviy bir qismi ekan, bugungi kunda 
Qurolli Kuchlarimiz, uning shakllanish tarixi, bugungi hayoti qanday aks 
ettirilayotgani, bu xususda yosh avlodga qanday darslik va kitoblar orqali qay 
yo’sinda ma’lumot berilayotgani ham doimiy diqqat markazida bo’lishi davlat 
siyosati darajasida o’rin egallaydi. 
Birinchi Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “armiyaning kuch-qudratini to’la 
namoyon etish uchun avvalo harbiylarimiz, askar va ofitserlarimiz - Vatan va xalq 
o’z xavfsizligini ishonib topshirgan mard o’g’lonlarimizning ma’naviy - ma’rifiy 
tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish eng dolzarb vazifamizga aylanishi darkor. Toki 


52 
ular mana shu keng dalalar, qadrdon qir-adirlar, musaffo osmon, shu go’zal hayotni 
o’zi va oilasi, kelajak avlod uchun ham beg’ubor va boqiy saqlashga mas’ul ekanini 
teran his eta olsin. Shubha yo’qki, shaxsiy tarkibi ana shunday xususiyatlar va 
mustahkam iroda sohibi bo’lgan, eng zamonaviy talab va andozalarga javob 
beradigan armiya qarshisida hech qanday yovuz kuchlar rahna sola olmaydi” [1]. 
Mustaqil O’zbekistonning milliy armiyasi yillar davomida shakllandi va u 
kundan-kunga takomillashib bormoqda. Bizning armiyamiz jahondagi eng yetuk 
armiyalarning tajribalarini o’rgangan holda zamon talabiga mos professional qo’shin 
sifatida shakllanmoqda. 
Milliy armiyamiz rivojlanib borishi bilan uni qurol-yarog’ va texnika bilan 
ta’minlash bo’yicha ham keng ko’lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Qo’shinlar zamonaviy va modernizatsiya qilingan o’q otar va og’ir qurollar, 
vertolyotlar, samolyotlar, havo hujumidan mudofaa vositalari, avtomobil va 
bronetexnikalar, aloqa vositalari bilan ta’minlanmoqda.
Ma’lumki, hozirgi paytda iqtisodiy jihatdan qudratli ba’zi davlatlar o’z 
armiyasini qurishda katta moliyaviy sarmoyalar evaziga, asosan chetdan yollanadigan 
harbiylarga tayanadi. Ammo bunday yondashuv bizning davlatimizga to’g’ri 
kelmaydi, chunki bizning armiyamizning nufuzi hozirgi kunda dunyoning qudratli 
davlatlar armiyalari safidan joy olib ulgurgan. O’zbekiston armiyasi dunyoning eng 
qudratli Qurolli kuchlari reytingida 39-o’rindan joy olgan. Reytingga dunyoning 136 
ta davlati kiritilgan. MDH davlatlari orasida uchinchi o’rin Markaziy Osiyo davlatlari 
orasida esa birinchi o’rinni egallagan. Ushbu reytingni tuzishda 55 ta mezonga 
asollangan bo’lib, jumladan, qo’shinlar soni, quruqlik, havo va dengizda jangovor 
harakatlar olib borish uchun mo’ljallangan harbiy texnika miqdori, mamlakatlar 
sarflashi mumkin bo’lgan iqtisodiy manbalar va geografik joylashuvi hisobga 
olingan.
Harbiy xizmatchi Vatan himoyachisi degan yuksak nomga loyiq bo’lishi uchun 
tinmay o’zining bilim salohiyatini oshirib borishi har qanday jangovar vaziyatga shay 
turmog’i lozim. Bugungi kunda zamonaviy armiyada xizmat qilish eng zamonaviy 
harbiy texnika va texnologiyalarning sir-asrorlarini puxta egallagan bo’lishi, ayni 


53 
vaqtda yuksak aql-zakovati, intellektual salohiyati, mustahkam irodasi, o’z xalqiga 
sadoqati kabi olijanob xususiyat va fazilatlari bilan ham ajralib turishi lozim.
Bugungi kunda milliy armiyamiz salohiyatini yanada yuksaltirish, yoshlarni 
harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida ommaviy axborot vositalari, 
matbuot, madaniyat va san’at namoyondalari, ijodkor ziyolilar, yoshlar ittifoqi, ta’lim 
sohasi xodimlari faollik bilan keng ko’lamda ishlar olib borishmoqda. Muddatli 
harbiy xizmatni o’tagan ko’plab yoshlarimiz shartnoma asosida xizmat qilish istagini 
bildirishyapti. Bu ham ularning qalbida Vatanga muhabbat, uning tinchligini ko’z 
qorachig’idek asrashga intilish yuksak ekanidan dalolat beradi. Harbiy xizmatchilarga 
yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnika ta’minoti, shaxsiy tarkibning jismoniy va 
jangovar tayyorgarligini, madaniy-ma’rifiy bilimlarini yuksaltirish yo’lidagi 
imkoniyatlar ham yoshlarning harbiy sohaga bo’lgan rag’batini oshirayotgani 
shubhasiz.
Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ijtimoiy himoyasini 
mustahkamlash maqsadida uy-joylar qurilishi uchun er uchastkalari va uzoq muddatli 
ipoteka kreditlari ajratilishi, tibbiy xizmat sifatini oshirilishi kabi masalalar yuzasidan 
olib borilayotgan ishlar samaradorligi oshirildi. Shaxsiy tarkibning ovqatlanish 
tizimini yanada takomillashtirish maqsadida harbiy qism va bo’linmalarda autsorsing 
tizimi joriy etildi.
Xulosa qilib aytganda, tezkor sur’atlarda rivojlanayotgan bugungi globallashuv 
asri barcha toifadagi harbiy xizmatchilardan yuksak professional tayyorgarlikni, 
ta’lim sohasida eng ilg’or, innovatsion bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishni, yuqori 
malakali ofitser kadrlarni tayyorlashda xorijiy tillarni o’rganishga alohida ahamiyat 
berishni talab etmoqda. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish