4-MA’RUZA
MAVZU: TOMOQ OG’RIQLARIDA FARM YORDAM. YALLIGLANISHGA
QARSHI DORI VOSITALARINING FARMATSEVTIK YORDAMDAGI O’RNI
Reja:
1. Tomoq og’riqlarida dori vositalardan oqilona foydalanish.
2. Antiseptik dori vositalarini tanlash va almashtirish yo‘l-yo‘riqlari.
3. NYaQV lardan retseptsiz foydalanish
4. NYaQV larning salbiy ta’siri
1. Tomoq og’riqlarida dori vositalardan oqilona foydalanish.
Tomoq og‘riqlari o‘tkir respirator virusli kasalliklarning simptomi hisoblanadi.
Sabablari:
- angina (bodomchasimon bezlarning o‘tkir yallig‘lanishi)
- tonzillit (bodomchasimon bezlarning surunkali yallig‘lanishi)
-laringit-ovoz bug‘ilishi, quruq yo‘tal, tomoq qirilishi, quruqlik bilan xarakterlanadi,
-faringit-yutqun shilliq qavati yallig‘lanishi, yutishda og‘riq kuzatiladi, ayniqsa bu so‘lakni
yutganda kuchliroq bo‘ladi.
Kuyidagi simptomlar yo‘q bo‘lsagina retseptsiz dorilar bilan kasalga o‘z-o‘zini davolashga
ruxsat etiladi, aks holda bemor shifokorga yuboriladi:
- nafas olishni qiyinlashuvi,
- so‘lakni yuta olmaslik,
- bodomchasimon bezlarning kattalashuvi, krash va yaralanish borligi,
- tomoqni keskin qizarganligi,
- bosib ko‘rilganda limfa tugunlari og‘riqliligi,
- haroratni 38-38,5
0
dan yuqoriligi,
- tomoq og‘rig‘ini terida toshmalar, peshob rangi o‘zgarishi, bosh og‘rig‘i, qorinda og‘riq bilan
birga kuzatilishi.
Tomoq og‘rig‘ini simptomatik davolashda qo‘llaniladigan dorilar:
Aktiv ingredient
Farmakologik xarakteristikasi
Kuchsiz antiseptiklar
Dekametoksin
Antiseptik. Antimikrob ta’siri keng spektrda, fungitsid, bakteritsid ta’sir
ko‘rsatadi, bakteriyalarni antibiotiklarga sezgirligini oshiradi.
Ambazon
Maxalliy ishlatiladigan antiseptik vosita
Atsetilaminonitro-
propoksibenzen
Dezinfeksiyalovchi va kuchsiz maxalliy anesteziyalovchi ta’sirga ega.
Yo‘tal va qusish refleksini tormozlaydi, homiladorlikda tavsiya etilmaydi.
Amilmetakrezol
Antiseptik. Grammusbat va grammanfiy mikroorganizm-larga nisbatan
bakteritsid ta’sir etadi.
Xlorgeksidin
Sirtga ishlatiladigan antiseptik, grammusbat va grammanfiy
mikroorganizmlarga, trixomonadalar, gonokokklarga nisbatan bakteritsid
ta’sir etadi. Yod preparatlari bilan birga berish mumkin emas.
Mentol
Maxalliy qitiqlovchi vosita, shilliq qavatlarga tomizilganda qon tomirlarni
reflektor qisqartiradi, shish va og‘riqni bartaraf etadi. Kuchsiz antiseptik va
maxalliy og‘riqsizlantiruvchi ta’sirga ega. Burunga tomizilganda kichik bolalarda
nafasni reflektor tuxtatib quyishi mumkin!
37
Do'stlaringiz bilan baham: |