O zbek isto n respublikasi sog liqni saqlash



Download 12,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/383
Sana28.05.2022
Hajmi12,23 Mb.
#613095
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   383
Bog'liq
Ahmedov. anatomiya 2 jild

(cauda equina) 
hosil bo ‘ladi. Taraqqiyot davrida orqa 
miyaning shakli ham o ‘zgaradi. Q o‘l va oyoq kurtaklari o ‘sishi bilan 
birgalikda b o ‘yin va bel kengaymalari bola hayotining birinchi 
yilida ancha tez takomillashadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqda orqa miyaning uzunligi 14 - 16 sm 
bo‘lib, 10 yoshda ikki barobar uzayadi. Orqa miyaning kengligi 
nisbatan sekin о ‘sib, 
1 2
yoshda 
2
marta kattalashadi va keyingi 
davrlarda o ‘zgarmaydi. Uning ko ‘krak segmentlari bel va dumg‘asa 
qismlariga nisbatan tez o ‘sadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq orqa miyasi og‘irligi 5,5 g b o ‘lib, bir 
yoshda 10 g, 7 yoshda 19 g va 20 yoshda 30 g bo ‘ladi. Orqa miyaning 
markaziy kanali kattalarga nisbatan kengroq. Bola hayotining 
birinchi ikki yilida kulrang va oq moddalar massasi ko ‘payishi bilan 
birga markaziy kanal torayadi.
Orqa miyaning taraqqiyoti
Orqa miya nerv nayining orqa qismidan taraqqiy etadi. Dastlab- 
ki davrda nerv nayining devori bir xil qalinlikka ega bo ‘ladi. Ke­
yinchalik uning lateral qismlari tez o ‘sib kengaya boshlaydi. Oldingi 
va orqa devorlari o ‘sishdan qolib, asta-sekin tez o‘sayotgan lateral 
devorlari ichiga botib kiradi. Natijada orqa va uzunchoq miyaning 
oldingi va orqa o ‘rta egatlari paydo bo ‘ladi.
Nerv nayi bo ‘shlig‘ining ich tomoni yon devorida uncha chuqur 
bo‘lmagan bo ‘ylama chegaralovchi egatlar paydo bo ‘lib, nerv
223


nayining lateral qismlarini oldingi asosiy va orqa qanotsimon 
plastinkalarga ajratadi. Asosiy plastinkadan kulrang moddaning 
oldingi ustuni va uni o ‘ragan oq modda yoki harakatlantiruvchi 
neyronlarining o ‘siqlari rivojlanadi. Qanotsimon plastinkadan esa 
kulrang moddaning orqa ustuni oraliq neyronlar tanasi va ulami 
o ‘ragan oq modda yoki orqa tizimcha, sezuvchi neyronlaming 
o ‘siqlari rivojlanadi.
Nerv nayi bilan ektoderma о ‘rtasida joylashgan medular taroqcha- 
dan nerv nayining birikish davrida ganglioz plastinka hosil bo ‘ladi. 
Bu plastinka ikki simmetrik ganglioz bolishga bo ‘linib, nerv nayi­
ning yon tomoniga suriladi. Keyinchalik undan orqa miya tuguni va 
bosh miya nervlarining sezuvchi tugunlari hosil b o ‘ladi. Ganglioz 
bolish hujayralari shuningdek avtonom nerv tizimi periferik qismini 
hosil qiluvchi kurtak hamdir.
Orqa miya tugunida joylashgan neyroblastlar bipolar hujayralar 
shaklida bo‘ladi. Ulaming markaziy o ‘siqlari orqa miyaga kiradi 
va sezuvchi orqa ildizni hosil qiladi. Pereferik o ‘siqlari tashqariga 
yo ‘naladi va har xil turdagi retseptorlami hosil qiladi.
Homila hayotining boshlang‘ich davrlarida nerv nayi tananing 
bor bo ‘yiga cho‘zilgan, keyinchalik uning kaudal qismi reduksiyaga 
uchraganidan so‘ng b o ‘lajak orqa miyaning pastki qismi asta- 
sekin torayadi va oxirgi ipni hosil qiladi. Homila taraqqiyotining 
boshlang‘ich davrida orqa miya umurtqa kanalining bor b o ‘yiga 
joylashgan bo ‘ladi. Uchinchi oydan boshlab orqa miyaning o ‘sishi 
umurtqa kanalidan orqada qola boshlaydi. 4 oylik homilada orqa 
miya I dumg‘aza yoki V bel umurtqasi sohasida b o ‘lsa, 7 oylikda
III - IV bel umurtqasiga yetadi. Yangi tug‘ilgan bolada II yoki III -
bel umurtqasi pastki qirrasida b o ‘Isa, bir yoshda I—II bel umurtqalari 
sohasiga yetadi va keyinchalik bu chegara o ‘zgarmaydi. Umurtqa 
pog‘onasi va orqa miyaning uzunligi bir-biriga mos kelmasligi 
natijasida nervlar yo‘nalishi o ‘zgaradi va bel, dum g‘aza nervlaridan 
otning dumi 

Download 12,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish