Samarqand: Samdu nashri, 2020 y. 460 b


 Biznes modelni biznes rejaga aylantirish



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/163
Sana28.05.2022
Hajmi3,48 Mb.
#612855
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   163
Bog'liq
INNOVATSION IQTISODIYOT

5. Biznes modelni biznes rejaga aylantirish 
Biznes - innovatsion loyiha rejasi - bu harakatlar dasturi, 
ushbu 
loyihani 
muvaffaqiyatli 
amalga 
oshirish 
bo‘yicha 
bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar. M. Jonson, K. Kristensen, 
X.Kagerman, A. Ostervalder hamda I. Pignetlarning uslubiy 
yondashuvlariga muvofiq ishlab chiqilgan potensial biznesning 
biznes modelini tahlil qilish va qator biznes-rejalarni barpo 
etishning asosidir. Biznesni rejalashtirish jarayoni biznes 
tashkilotining asosiy takliflarini, taxminlarini tizimlashtirish va 
tuzilishiga qaratilgan. Hujjatning aniq ifoda etilgan tuzilishi har 
qanday o‘quvchiga butun hujjatni batafsil o‘rganishi uchun vaqtini 
yo‘qotmasdan, biznes-rejani yaxshi o‘zlashtirishiga yordam beradi. 
Qoida tariqasida biznes-rejalar uzoq va ko‘p darajali professional 
imtihonlardan o‘tadi, shu jarayonda mutaxassislar biznes-
rejalarning mazmunini sinchkovlik bilan o‘rganishlari, balki ularni 
bir-biri bilan taqqoslashlari kerak. Shuning uchun biznes-rejani 
ishlab chiqishda hujjatning rasmiy tuzilishini va har bir bo‘limni 


98 
to‘ldirish uchun umumiy qabul qilingan talablarni kuzatish 
muhimdir. 
Biznes-rejaning maqsadi va vazifalari bevosita bog‘liq 
bo‘lgan ikkita asosiy yo‘nalish mavjud: 
1) biznes-reja ichki foydalanish uchun tuzilgan, bozor 
ehtiyojlari hamda zarur resurslarni olish imkoniyatlariga muvofiq 
qisqa va uzoq muddatli biznesni rivojlantirish strategiyasidir. 
Ya’ni, biznes-rejaning maqsadi loyihaning hayotiyligini, 
ko‘zlangan natijalarga erishish haqiqatining darajasini baholashga 
yordam beradi; 
2) biznes-reja potensial investorlar yoki kredit resurslarini 
jalb qilish maqsadida tashqi foydalanuvchilarga qaratilgan. 
Biznes-reja tomonidan hal qilingan asosiy vazifalar: 
1) kompaniyaning uzoq va qisqa muddatli maqsadlarini, 
ularga erishish strategiyasi va taktikasini shakllantirish; 
2) faoliyatning aniq yo‘nalishlarini, istiqbolli savdo 
bozorlarini va ushbu bozorlarda kompaniyaning o‘rnini belgilash; 
kompaniyaning marketing strategiyasini aniqlash 
3) mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun zarur bo‘lgan 
xarajatlarni taxmin qilish; 
4) kompaniya jamoasining belgilangan maqsadlarga 
erishish talablariga muvofiqligini baholash; 
5) moddiy va moliyaviy resurslarning mavjudliligini, uning 
yetarliligini belgilash va loyihaning potensial rentabelligini 
aniqlash; 
6) tavakkalchilikni tahlil qilish. 
Biznes-rejaning odatiy tuzilmasi quyidagi bo‘limlarni o‘z 
ichiga oladi: 
1. Xulosa (loyihaning qisqacha tavsifi). 
2. Loyiha tashabbuskori (shaxs + jamoa + kompaniya). 
3. Mahsulot tavsifi. 
4. Bozor tahlili. 
5. Marketing rejasi. 
6. Ishlab chiqarish rejasi. 
7. Tashkiliy reja. 


99 
8. Moliyaviy reja va natijalarni tahlil qilish. 
9. Investitsiyalar rejasi. 
10. Xatarlarni tahlil qilish. 
Agar tashqi foydalanuvchilar uchun biznes-reja tuzilgan 
bo‘lsa, bir qator ma’lumotlarni yodda tutish zarurudir. Investor 
uchun quyidagi savollar muhim ahamiyatga ega: jamoa, qanday va 
qayerda 
foyda 
olish, 
potensial 
bozorning 
mavjudligi, 
kompaniyaning o‘sish salohiyati, barcha ma’lumot manbalari va 
boshqalar. 
Biznes-reja 
o‘quvchiga 
loyiha 
to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni iloji boricha ob’ektiv va ishonchli, imkon qadar 
qisqa, ammo ayni paytda batafsil yetkazishi kerak. Hujjatning ko‘p 
qirraliligi va biznes-rejaning potensiali iste’molchilarning xilma-
xilligini hisobga olgan holda, professional lug‘at va ma’lumotlarni 
idrok 
etishni 
murakkablashtiradigan 
maxsus 
atamalardan 
foydalanmasdan, ko‘p ishlatiladigan va tushunilishi oson shaklda 
taqdim etish kerak. 
Uch yildan besh yilgacha istiqbolga mo‘ljallangan biznes-
rejani tuzish tavsiya etiladi. 1-2-yillar davomida ko‘rsatkichlar har 
chorakda (hatto oylik) taqsimotda beriladi. 3-yildan boshlab siz 
o‘zingizni yillik ko‘rsatkichlar bilan cheklashingiz mumkin. 
Biznes-rejani tuzayotganda ishning haqiqiy holatini aks ettirishi 
kerakligini va unda tahrirlashlar va hayollarga joy yo‘qligini 
anglash kerak. Har qanday prognoz haqiqiy ma’lumotlarning butun 
hajmini chuqur va professional o‘rganishga asoslangan bo‘lishi 
kerak. 

Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish