Samarqand: Samdu nashri, 2020 y. 460 b



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/163
Sana28.05.2022
Hajmi3,48 Mb.
#612855
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   163
Bog'liq
INNOVATSION IQTISODIYOT

Texnopark. 
Texnologik park — fan, taʼlim va ishlab chiqarishni ilmiy 
tashkilotlar, loyiha konstruktorlik byurolari, oʻquv yurtlari, ishlab 
chiqarish korxonalari birlashmasi koʻrinishida hududiy uyushtirish 
shakli. Texnopark yuqori malakali mutaxassislarning bir joyga 
toʻplanishi, ilmiy-texnika va texnologik ishlanmalarini yaratish va 
ularni qoʻllashni jadallashtirish maqsadlarida tashkil etiladi. 
Rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan bo‘lib, koʻpincha soliq 
imtiyozlariga ega boʻladi. Texnopark diversifikatsiya qilish, yuqori 
texnologiyali biznesni faollashtirish, kichik va o‘rta biznesni 
rivojlantirish orqali o‘sish nuqtasi obrazini yaratadi, bu esa 
mahalliy byudjetlarning daromad qismi ko‘payishiga olib keladi. 
Texnoparkning shakllanishi va rivojlanishi mahalliy hokimiyat 
organlarining doimiy ko‘magi bilan amalga oshiriladi. 
Ushbu 
tuzilmalarning 
maqsadi 
innovatsion 
sohada 
boshlang‘ich biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun innovatsion 
muhitni yaratishdir. Ularning faoliyatiga quyidagi asosiy 
vazifalariga kiradi: 


64 
1) 
kompaniyalar 
va 
tadbirkorlarni 
innovatsion 
texnologiyalarni yaratishga va ularning tijorati rivojlanishiga turtki 
berish; 
2) kichik va o‘rta innovatsion kompaniyalarni tashkil etish, 
rivojlantirish va mustaqil faoliyatiga tayyorlashni qo‘llab-
quvvatlash; 
3) mintaqada va mamlakatda ushbu mahsulotlarga bo‘lgan 
talabni qondirish uchun ilmiy-texnik mahsulotlar bozoriga o‘tish. 
Texnopark o‘z rezidentlariga ma’lum bir infratuzilmani 
taqdim etadi: 
1) ish joylari, internet, telekommunikatsiya, majlislar zallari, 
konferensiya zali uchun kerak bo‘lgan barcha jihozlari mavjud ofis 
xonalari; 
2) tadqiqot va hisoblash uchun zarur uskunalar bilan 
jihozlangan laboratoriyalar ko‘rinishidagi umumiy; 
3) katta o‘lchamdagi umumiy xona (masalan, IdeaLab). Bu 
yerda aholi bir-biri bilan erkin muloqot qilishlari, bir-birlarining 
ishlanmalari bilan tanishishlari, bir chashka choy va kofe ichish 
jarayonida ba’zi yechimlarni taklif qilishlari mumkin (ovqat xonasi 
shaklida emas). Bunday inshootning mavjudligi innovatsion 
kompaniyalarning birgalikdagi faoliyatidan sinergetik ta’sirni 
maksimal darajaga ko‘tarish uchun zarurdir. Bu aslida texnopark 
faoliyatining asosiy vazifalaridan biridir. Bunday IdeaLab 
zarurligini Tom Allenning “Texnologiyalar oqimini boshqarish” 
nomli tadqiqot ishida ko‘rishimiz mumkin. Unda ikki kishining 
o‘zaro ta’sir qilish ehtimoli ularni ajratib turadigan masofaning 
funksiyasi hisoblanadi: 50 futdan (15,2 m) oshgan masofada, 
ehtimollik 7% dan oshmaydi; 
4) ko‘rgazma maydoni; 
5) matbaa markazi; 
6) ijtimoiy infratuzilma: avtoturargoh, oshxonalar, kafelar, 
sport markazlari, bankomatlar. 
O‘zbekistonda texnoparklar 1990-yillardan boshlab bozor 
tipidagi innovatsion infratuzilmaning birinchi elementlari sifatida 
shakllana boshladi. 


65 
1990-yillarda ko‘plab universitetlar va ilmiy-tadqiqot 
institutlarida innovatsion va texnologik platformalar paydo bo‘ldi. 
U yerda kichik kompaniyalar o‘zlarining ilmiy-tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlarini davom ettirdilar. Laboratoriyalar yoki 
sinfxonalardagi tarqoq ijaraga olingan joylarni qoldirdilar. Kadrlar 
sonining cheklanganligi va loyihaning ilmiy-texnik tomoniga 
aloqador bo‘lmagan sohalarda mutaxassislarning yetishmasligi 
tufayli kichik biznes qo‘llab-quvvatlashga muhtoj. Texnoparklar 
kichik innovatsion korxonalarga to‘liq xizmat turlarini taqdim 
etishi kerak. Ular yangi mahsulot konsepsiyasini amalga oshirish 
potensialining 
darajasini 
aniqlashga, 
texnik 
maqsadga 
muvofiqligini tekshirishga va yangi mahsulotni ishlab chiqishga, 
uning sanoatdagi qo‘llanilishini va ishlab chiqarishga tayyorligini 
aniqlashga yordam berishi kerak. Bunga moddiy-texnik, ijtimoiy-
madaniy, xizmat ko‘rsatish va moliyaviy bazani yaratish orqali 
erishiladi. 
Texnoparklar faoliyatini baholash mezonlariga quyidagilar 
kiradi: 
1) texnopark miqyosi (kichik innovatsion korxonalar soni - 
KIK); 
2) universitet bilan munosabatlar (tayanch tashkilot); 
3) kichik innovatsion korxonalarning kelib chiqishi; 
4) kichik innovatsion korxonalar o‘sish dinamikasi; 
5) hal qilinadigan vazifalar doirasi; 
6) moliyalashtirish manbalari; 
7) menejerlarning malakasi; 
8) talabalarni jalb qilish darajasi (o‘qitish). 
Demak, texnoparklar yuqori texnologiyali biznesni qo‘llab-
quvvatlashning asosiy funktsiyasini to‘liq bajarmaydi. 

Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish