Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 6
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
204
w
www.oriens.uz
July
2021
nomlangan doktorlik dissertatsiyalarida diniy matnlarga oid kuzatishlar mavjud.
Xususan, nomzodlik dissertatsiyasining «Asardagi ijtimoiy-siyosiy leksikaning
mavzuiy-semantik guruhlari» deb nomlangan I bobida diniy-siyosiy rutba va
mansablarni ifodalovchi alohida so’zlar guruhi, jumladan qozi (musulmon
jamoasidagi sudьya), shayxخيش- (1. Ilohiyot olimi. 2. Tariqat piri. 3. Qadamjo
mutasaddisi), mujovir-رواجم (qadamjolarda diniy ilmlar bilan shug’ullanuvchi shaxs,
mutasaddi), shayx ul-islom- خيش ملاسلإا(oliy ruhoniy unvoni), mufti-يتفم (diniy va
dunyoviy ishlarni fiqhiy (islom huquq me’yorlari) jihatdan o’rganuvchi,
fatvo
beruvchi), oxund/oxun-دنخا (ilohiyot olimi, muallim), eshon-ناشيا (eshon, pir so’zining
ma’nodoshi), xalifa-ةفيلخ (1.Payg’ambar alayhissalomdan keyin islom davlatini
boshqargan shaxslar. 2. Tariqat pirlari, diniy maktab muallimlarining yaqin, ishongan
kishisi, yetuk shogirdlari), mullo-لام (ilohiyot ilmlari bilimdoni, diniy maktab
o’qituvchisi, savodli, olim kishi), murid-ديرم (ixtiyoriy ravishda shayx, pir, murshidga
qo’l bergan kishi), so’fi-يفوص (1.Ishi faqat Xudo bilan bo’lgan,
Vujudi mutlaqning
mavjudligini tan oluvchi va u bilan bog’liqlikni yuksak darajaga yetkazishni maqsad
qilgan kishilar. 2.Masjidda azon aytuvchi – muazzin), muazzin-نذؤم (azon aytuvchi
kishi) ekzotik lug`atementlari tahlil qilingan.
Shuningdek, doktorlik dissertatsiyasining «Ogahiy tarixiy asarlari leksikasining
mavzuiy-semantik guruhlari» deb nomlangan birinchi bobida diniy leksikaga oid
ekzotik lug`atementlar tahlil qilingan va u asosan nomzodlik dissertatsiyasida amalga
oshirilgan natijasidir. Ayni paytda, ushbu bobning «Diniy terminlar»
qismida
kuzatishlar ko’lami fors tilidan o’zlashgan diniy terminlar tahlili hisobiga
kengaytirilgan va ular: a) mutlaq iloh tushunchasini ifodalovchi so’zlar; b)
payg’ambar tushunchasini ifodalovchi so’zlar; v) farishta tushunchasini ifodalovchi
so’zlar; g) jannat va do’zax tushunchasini ifodalovchi so’zlar; d) ibodatga aloqador
tushunchalarni ifodalovchi so’zlar; j) turli mazmundagi diniy terminlar kabi kichik
mavzu guruhlariga bo’lingan.
A.O’razboevning ikki so’z – yazdon va payg’ambar ekzotik lug`at elementlariga
oid tahlillari e’tiborga molikdir. Chunki, tahlil jarayonida iloh ma’nosidagi
yazdon
ning «Avesto» da yazatanam, pahlaviy tilida yaztân, yazdân shakllarida ishlatilgan
bo’lib, aslida avestoviy «iloh» ma’nosidagi yazata so’zining ko’pligidir, degan fikrni
aytadi. Bu esa teologik tushunchalarning xalqimiz orasida islomdan avval ham
mavjud bo’lganligini yana bir bor tasdiqlaydi. Muallif payg’ambar
tushunchasini
anglatuvchi so’zlardan biri payg’ambar yoki payombar ning turkiy ifodasi savchi,
yalavach so’zlari ekanligini aytadi. Bu so’zlar keyingi davrlarda passiv qatlamga
o’tgan va deyarli qo’llanilmaydigan bo’lgan.