JOURNAL OF ADVANCED
RESEARCH AND STABILITY (JARS)
Volume: 01 Issue: 06 | 2021
ISSN: 2181-2608
371
keltirishi ham mumkin. Birinchi foydali tomonlariga to`xtalib o`tsak, onlayn bron qilish mijozlarga
katta qulaylik yaratadi va mijozlar oldingidek vaqt sarflab restoranga kelib bron qilishlari endi shart
emas. Hamda mijozlar onlayn bronlashi natijasida ular haqida aniq ma`lumotlar to`plashga va ularga
vaqti-vaqti bilan menyuga kiritilgan o`zgarishlar haqida eslatmalar yuborib turishga yordam beradi.Bu
esa mijozlar soni oshishi va daromad ko`payishiga olib keladi.
Barcha restoranlar ham o`zlarining onlayn bronlash tizimiga ega emas va ular boshqa internet saytlari
bilan hamkorlik qilishga majbur bo`lishadi. Ular mijoz va restoran o`rtasida vositachi bo`lib
xizmat
qiladi.Ba`zi “ishbilarmon”saytlar restoranlarda oldindan stol bron qilib uni o`z narxidan bir necha
baravar qimmatga mijozlarga sotishi mumkin,bu esa restoran obro`siga katta putur yetkazishi mumkin.
Dunyoda juda ko`plab mashhur restoranlar mavjud bo`lib, ular o`zlarining mazali taomlari bilan va
yuqori sifatli xizmat ko`rsatishi bilan boshqalardan ajralib turadi.
Shulardan biri bu Parijdagi Eyfel minorasida joylashgan Le Jules Verne restorani.Parijga Eyfel
minorasini ko`rish uchun har yili Fransiyaga millionlab turistlar tashrif buyurishadi va o`ylaymanki
ularning har biri minora ustida bir marta bo`lsa ham tushlik qilish orzusida bo`lishadi.Minora ustidan
ko`rinadigan manzara va mazali tushlik o`zgacha hissiyotlar berishi aniq.Restoranda 3 ta taomdan
iborat lanch 105 yevro,kechki ovqat esa 190 - 230 yevro atrofida bo`ladi.Restoran o`zining saytiga ega,
booking.lejulesverne-paris.com va u orqali siz bemalol restorandan stol bron qilish imkoniyati egasiz.
Siz ushbu sayt orqali
stol bron qilishingiz mumkin, faqatgina bir necha oy oldin bron qilishingiz
mumkin.Bu esa restoran qanchalik mashhur ekanligiga isbot bo`ladi. Agarda siz sayt orqali stol
buyurtma qilmoqchi bo`lsangiz tushlik uchun 135 yevro, kechki ovqat uchun esa 190 yevro oldindan
to`lov qilishingiz kerak bo`ladi. Mabodo belgilangan vaqtda kelmasangiz ushbu to`lov jarima sifatida
qaytarib berilmaydi.
O`zbekiston turizm
resurslariga shunchalar boyki, deyarli barcha turizm turlarini yaratish mumkin.
Barchamizga ma`lumki hozirgi kunda yurtimizda o`nlab turizm turlari mavjud bo`lib,bularga sport
turizmi,ziyorat
turizmi,ekstremal
turizm,gastronomik
turizm,etnik
turizm,ekoturizm,yoshlar
turizmi,madaniy turizm va boshqalarni aytishimiz mumkin. Bugunga kelib O`zbekistondagi xorijiy va
mahalliy sayyohlarga mo‘ljallangan mehmonxonalar soni 966taga yetdi, yana 138tasida qurilish ishlari
davom etmoqda. O`zbekistonga kelayotgan sayyohlar oqimining keskin ortib borishi hududlarda
tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan yangi turizm obektlarini tashkil etishga turtki berib, joriy yilning
o‘tgan davri mobaynida hududlarda jami 2038 o‘rinli 40
mehmonxona qurilib, foydalanishga
topshirildi.Albatta yurtimizda ham mehmonxoanlarda onlayn tarzda xona bron qilish imkoniyati
mavjud. Quyidagi mybooking.uz va booking.com saytlari orqali siz o`zingizga qulay bo`lgan
mehmonxonada xona bron qilishingiz mumkin. O`zbekistonda onlayn turizm qanchalik darajada
rivojlanganligi va uning ahamiyati haqida to`xtalib o`tamiz. Ayni paytda Turizmni rivojlantirish davlat
qo‘mitasi tomonidan onlayn turizmni rivojlantirish, tadbirkorlar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. Turizmni rivojlantirish davlat qo
ʻ
mitasi va uning huzuridagi Milliy
PR
markazi O
ʻ
zbekistonda turizm bo
ʻ
yicha virtual sayohatlarni amalga oshirish imkonini beruvchi
online-tourism.uz saytini yo
ʻ
lga qo
ʻ
yish ustida ishlar olib borilmoqda. Bu O
ʻ
zbekiston bo
ʻ
ylab virtual
sayohat qilish imkonini taqdim etuvchi birinchi platforma bo
ʻ
ladi. Amalga oshirilayotgan ishlar o`z