KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Hozirgi davr xalqaro munosabatlardagi Yaponiya
davlatining o’rni va mavqei ortib bormoqda. Shuningdek,
Uzoq Sharq
mintaqasidagi roli va bu mintaqadagi davlatlar bilan o’zaro aloqalari eng dolzarb
masalalardan biridir. Bugungi kunda Yaponiya tashqi siyosatiga ma’lum darajada
ta’sir ko‘rsatayotgan bir qator omillar mavjud. Keyingi yillarda Yaponiyadagi
Uzoq Sharq mintaqasidagi yetakchi davlatlar hamda, dunyoning qudratli davlatlari
tomonida Yaponiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy
vaziyatga hamda tashqi
siyosatiga tasir etish hollari bilan bog’liq ayrim muammolar ham bor.
Jahon siyosati va xalqaro munosabatlar tizimida davatlarning o‘rni, ularning
olib borgan tashqi siyosati har doim dolzarbligi jihatidan birinchi darajadagi
muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda shubhasizki, davlatlar tashqi siyosatini o‘z
milliy manfaatlarini ta’minlash va o‘zining yashab qolish uchun muhim bo‘lgan
hayotiy manfaatlarini ta’minlashga yo‘naltiradi. Shu bilan bir qatorda davlatlar
tashqi siyosatida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlamay turib jahondagi xavfsizlikka,
barqarorlik va tinchlikka erishib bo‘lmaydi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich takidlab o’tganlaridek,
“Butun dunyoda murakkab vaziyat yuzaga kelyotgan, terorizm, ekstremizm
va radikalizm xavfi tobora ortib borayotgan bugungi
sharoitda doimo hushyor va
ogoh bo’lish, mamlakatimizning mudofa qobilyatini, Qurolli Kuchlarimizning
salohiyatini har tomonlamamustahkamlash – xavfsizlik va barqarorlikni hamda
xalqimizning osoyishta hayotini ta’minlashning eng muhim sharti va kafolatidir.
Tashqi siyosatni amalga
oshirishda barcha davlatlar, birinchi navbatda,
qo’shni mamlakatlar bilan do’stona munosabatlar va o’zaro manfaatli hamkorlikni
yanada mustahkamlashni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz”
1
.
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, bugungi kunda rivojlangan davlatlar
1
Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олийжаноб халқимиз билан қурамиз. – Т.: Ўзбекистон, 2017.
– Б. 68.
tajribasini o’rganish
va uni ijobiy, yutuqli tomonlarini O’zbekiston amaliyotida
qo’llash muhim vazifalardan biri bo’ladi.
Tadqiq etilayotgan Yaponiyaning jahon arenasida o‘z o‘rnini
mustahkamlash orqali mintaqada joylashgan davlatlarning turli sohalardagi
barqaror taraqqiyotiga, bu hududda yashovchi xalqlarning
ijtimoiy farovonligiga
va tinchligiga erishish mumkin.
Bitiruv malakaviy ish mavzusining aynan Yaponiya tashqi siyosatining
asosiy ustuvor yo’nalishlariga oidligi yuqoridagi o‘ta muhim omillar bilan bog‘liq.
Yaponiya tashqi siyosatiga ta’sir etuvchi omillar asosan AQSH faktori va
Osiyo Tinch Okeani mintaqasidagi davlatlar o’rtasidagi mintaqaviy yetakchilik
uchun
kurashning mavjudligi hamda, energiya resurslariga bo’lgan talabning
yuqoriligi shu orqali Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni yaxshilashga
bo’lgan intilishda deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: