Maqsadni ko‘zlovchi faoliyatning amalga oshirilishi jarayonida, uning muvofiqlashuvida, voqelikka
yo‘naltirilishida obyektiv va subyektiv sabablariga ko‘ra ayrim nuqsonlarga yo‘l qo‘yilishi, buzi-lishi vujudga
kelishi ong funksiyasining zaiflashuvini bildira-di. Faoliyat ongli munosabatni taqozo etganligi tufayli uningtar-
kibiy qismlari bajarilishida ayrim kamchilikka yo‘l qo‘yilsa, bu holat ongning nazorat funksiyasi izdan chiqqanligini
anglatadi.
Ongning so‘nggi (to‘rtinchi) tavsifi uning tarkibiga muayyan da-rajadagi, ma’lum tizimga xos emotsional
(hissiy) munosabatlar qam-rab olinganligini aks ettiradi. Shaxs ongiga muqarrar ravishda turli-tuman his-tuyg‘ular
(har xil darajali, ijobiy, salbiy, bar-qaror, statik, dinamik), kechinmalar, stress, affekt holatlar to‘g‘ri-sidagi
axborotlar oqimi kirib kela boshlaydi.
Shaxsning boshqa kishilarga, tabiatga, jamiyatga, ashyolarga nis-batan munosabatlari mavjud mezonlarga
asoslansa, muayyan qoida-larga bevosita amal qilinsa, har bir narsaga oqilona, odilona va omilkorlik bilan
yondashilsa, ongning nazorat funksiyasi hukm su-rayotganligidan dalolat beradi.
Shaxsdagi mo‘tadillik, ruhiy sog‘lomlik ongning boshqaruv im-koniyati mavjudligini bildirib kelib, ayrim
hollarda hissiyotga berilishi esa uning o‘z funksiyasini bajarishdan chetlashganligini namoyish qiladi. Turli
xususiyatli munosabatlar ong nazoratida amalga oshirilsa, shaxs xulq-atvorida, faoliyatida va muomala jara-yonida,
hech qanday nuqsonlar, chetga og‘ishlar sodir bo‘lmaydi. Shu narsani ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, patologik holatlarni
tahlil qilish, ong mohiyatining genezisini atroflicha anglab olishga xiz-mat qilishi mumkin. Shu boisdan ongning
zaiflashuvi shaxsning his-tuyg‘ulari va munosabatlarini o‘zgartiradi: simpatiya antipatiya bilan, quvonch qayg‘u
bilan, optimizm pessimizm bilan vaqti-vaqti bilan o‘rin almashib turishi kuzatiladi.
Ongning yuqorida ta’kidlab o‘tilgan barcha funksiyalarini namo-yon bo‘lishining muqarrar sharti til va nutq
hisoblanadi. Shaxs nutq faoliyati yordami bilan bilimlarini o‘zgartiradi, ajdodlar tomo-nidan ijtimoiy-tarixiy
taraqqiyoti davomida yuzaga keltirilgan tajribalar majmuasi tilda mustahkamlanadi, u o‘zining tafakkuri orqali
hayoti va faoliyatini boyitadi. Til alohida obyektiv tizim sifatida namoyon bo‘lib, unda ijtimoiy-tarixiy jarayonlarda
vujudga kelgan an’analar, marosimlar, qadriyatlar, g‘oyalar majmuasi tari-qasida ijtimoiy ongda aks ettirilgandir.
Psixologik talqinlarga qaraganda, alohida, yakkahol shaxs tomonidan egallangan til boylik-lari, qoidalari ma’lum
ma’noda uning yaqqol, individual ongi si-fatida yuzaga keladi, shaxsiy hayoti va faoliyatini muvaffaqiyatlp amalga
oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Til bilan nutq borliqni anglashning aloqa quroli hamda vositasi funksiyasini bajarib,
shaxsning boshqa mavjudodlaridan farqlash sharti hisoblanadi va unda til bilan tafakkur birligi ong uchun moddiy
negiz vazifasida ishtirok etadi, qaysidir ma’noda mexanizm rolini bajarishi ham mumkin.
Shunday qilib, ontogenezda ongning paydo bo‘lishi («Men» dav-rining boshlanishi), uning taraqqiyoti,
tarkibiy qismlari, unda ijtimoiy muhitning, zarur shart-sharoitlarning roli, biologik va ijtimoiy shartlanganlikning
ta’siri, tarbiyaning ustuvorligi to‘g‘risidagi ilmiy tadqiqot ishlari mazkur muammoning psixologik tavsifini ishlab
chiqishga muhim negie yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: