Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti "tasdiqlayman"



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/97
Sana26.05.2022
Hajmi2,44 Mb.
#610332
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   97
Bog'liq
fayl 2584 20220225

 
Nazorat savollari: 
1. Tabiatda aks ettirish va tropizmlar 
2. Psixikaning paydo bo‘lishi va psixik aks ettirish formalari. 
3. Ong xarakteristikasi 
4. Inson va hayvon psixikasi o‘rtasidagi farqlar
 
 
 Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 
1..Karimov I.A “Yuksak ma‘naviyat yengilmas kuch.” Toshkent ,2008 yil. 
2..G`oziev E. «Umumiy psixologiya». I.II.qism Toshkent 2002 yil. 
3.G`oziev E.. «Umumiy psixologiya» Toshkent 2010 yil. 
4. Petrovskiy A.V.. «Umumiy psixologiya». 1994 yil. 
5. Ivanov P.I.. «Umumiy psixologiya» 2008 yil. 
6.Rubnshteyn S.L «Osnove obshaya psixologiya» 1998 god. 
7.Nemov A.N. «Psixologiya» 1999 god. 
8. Nishonova Z «psixologik xizmat » 2006 y. 
9 Yarashivskiy «Istoriya psixologiya » 2004 y 
10 Andreeva G. A. «sotsialnaya psixologiya » 2002 y 
 
5 -MAVZU: DIQQAT. 


 
Mashg‘ulotning maqsadi: 
Diqqat haqida tushuncha, uning xususiyatlari va turlari haqida talabalarda 
bilimlarni shakllantirish. 
Tushunchalar va tayanch iboralar: 
diqqat, dominanta prinsipi, nerv jarayonlari induksiya qonuni, 
diqqatning kuchi va barqarorligi, ko‘lami, bo‘linishi, to‘planishi, ko‘chishi, parishonxotirlik. 
 REJA: 
1.Diqqat haqida umumiy tushuncha. 
2.Diqqatning nerv fiziologik asosi. 
3.Diqqatning turlari. 
4.Diqqatning xususiyatlari. 
 Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni:
Psixologiya fanida diqqatga har xil ta’rif beriladi, uni yoritishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib 
yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqtaga to‘plab, muayyan bir obyektga aktiv (faol) qara-tilishi aytiladi (P. I. 
Ivanov). P. I. Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir 
hodisa, o‘zimiz qilgan ishimiz, o‘y va fikrlarimiz diqqat-ning obyekti bo‘la oladi. 
N. F. Dobrinin. N. V. Kuzmina, I. V. Straxov, M. V. Gamezo, F. N. Gonobolin va boshqalarning nuqtai 
nazaricha, diqqatning vujud-ga kelishida ongning bir nuqtaga to‘planishi ong doirasining to-rayishini bildiradi, 
go‘yoki ong doirasi bir muncha tig‘izlanadi. Bunday torayish vatig‘izlanish natijasida ongdoirasi yanada yorqin-
lashadi. Ongning eng toraygan, tig‘izlangan yorqin nuqtasi diqqat-ning markazi (fokusi) deb nomlanadi. Xuddi shu 
markaz (fokus)ga tushgan idrok qilinayotgan jismlar, tasavvur obrazlari, o‘y va fik-rlar to‘la, yorqin va aniq 
ifodalanadi. Jahon psixologlarining fikricha, diqqat uzluksiz ravishda, muayyan darajada aktivlik xusu-siyatini 
saklab turadi. Bunday aktivlik, ongning biron-bir obyektga yo‘nalishining kuchayishi va ma’lum vaqt davomida 
diqqat yo‘nalti-rilgan narsaga ongning faol (aktiv) qaratilishini regulirovka qilib turadi hamda mazkur holatning 
saklanishini ta’minlaydi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq 
kabi alohida psixik jarayon emas. Shuning uchun barcha psixik jarayonlarda qatnashadi, ularking mahsul-dorligini 
oshirishga ta’sir etadi. Shu boisdan diqqat qaratilgan obyektlar ong to‘plangan nuqgasida aniq, yaqqol aks ettiriladi. 
Demak, diqqat aqliy jarayonlarning sifati, mahsuldorligi va samaradorligini ta’minlovchi insonning ichki 
aktivligidan iboratdir. Shuningdek, u har qanday inson faoliyatining zaruriy shartidir. 
Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlovchanlik va yo‘nalganligi bilan 
xarakterlanadi. Shu boisdan inson atrof-muhitning ko‘plab qo‘zg‘atuvchilari, ta’sirlari orasidan alohida nimanidir 
idrok etadi, faraz qiladi, allaqaysi narsa to‘g‘ri-sidagina mulohaza yuritadi, xolos. Ongning bu xossasi diqqat xusu-
siyati bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. Diqqat bilish jarayon-lari singari o‘zining alohida mazmuniga, 
muayyan mahsuliga ega emas, shuning uchun u barcha jarayonlarning jo‘shqinligi, ildamligini ta’-minlaydi. Demak, 
diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakat-lantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda 
ongning yo‘naltirilganligi va biror narsaga qaratilganli-gidir (YE.' B. Pirogova). Berilgan ta’rifga binoan, "ushbu 
yo‘nalti-rilganlik subyektnichg ehtiyojlariga, uning faoliyati maqsadlari va vazifalariga mos keladigan obyektlarning 
tanlanganligida, ix-tiyorsiz yoki ixtiyoriy tanlashda va ajratishda vujudga keladi. Diqqatning muayyan obyektlarga 
to‘planishi, to‘planganligi (konsentra-siyalanishi) ayni paytda boshqa jismlardan chalg‘ishni yoki ularning vaqtincha 
(muvaqqat) inkor etilishini talab qiladi. Ana shu omil-larga ko‘ra, aks ettirish ravshanlanib boradi, tasavvurlar, 
mulohaza-lar faoliyat yakunlangunga qadar, qo‘yilgan maqsadga erishguncha ong-da saqlanadi. Ana shu yo‘sinda 
diqqat faoliyatini nazorat qilib boradi va uni boshqaradi. Shuning uchun ko‘pgina psixologlar (P. Y. Galperin va 
uning shogirdlari) diqqatni yuksak turini bilish jarayonlari, kishining xulq-atvori kechishini boshqarish imkoniyatiga 
ega ekanligini ta’kidlaydilar. Diqqatning.biror obyektga yo‘nalishiga ko‘ra sensor (perseptiv), akliy (intellektual), 
harakatlan-tiruvchi (harakat) shakllariga ajratish mumkin. 
Diqqatning muayyan obyektga to‘planishi ko‘p jihatdan insonning his-tuyg‘usi, irodaviy sifati, qiziqishi 
kabilarga bog‘liqdir.Psixologiyada diqqat.ning ixtiyoriy turi, ko‘pincha irodaviy deb nomlanadi. Bu, albatta, bejiz 
emas, chunki, diqqatning muayyan obyekt-ga yo‘naltirilishi iroda kuchi bilan saklab turiladi. Hatto ixtiyor-siz diqqat 
faoliyatida qatnashsa, u ham irodaning zo‘ri bilan yo‘nal-tirilgan obyektda to‘planib turadi. Irodaning faoliyatni 
amalga oshirishda ishtirok qilishi ko‘p jihatdan kishining maqsadiga in-tilishi, ishchanlik qobiliyati, psixologik 
tayyorligiga bog‘liq. Shu boisdan diqqatning kuchi, barqarorligi, mustahkamligi ildamligi odamning muayyan 
faoliyatini bajarishga moyilligi, shayligi bilan o‘lchanadi. Diqqatning yuksak darajada mujassamligini ta’min-lab 
turishda odamning faoliyatni bajarishga muvofiqlashgani muhim rol o‘ynaydi. Har qanday faoliyatni amalga 
oshirishning boshida qiyinchiliklar yuzaga keladi va ular kishidan irodaviy zo‘r berishni talab qiladi. Faoliyatni 
bajarishdagi nuqsonlarning namoyon bo‘lishi diqqatni to‘plashdagi qiyinchiliklarningoqibati bo‘lib hisoblanadi. 
Diqqatning obyektga to‘planishi, mustahkamlanishi odamning qiziqishlariga bog‘liqdir. Hatto ixtiyorsiz 
diqqatning faoliyatda mujassamlashishida kishining ishtiyoqi va qiziqishi katta ahamiyat-ga egadir. Odatda, 
faoliyatga qiziqish bevosita va bilvosita shaklda namoyon bo‘ladi. Bevosita qiziqish faoliyat jarayoniga, xatti-hara-
katlarning o‘ziga, ish uslublariga qaratilgan qiziqishdan iborat-dir. Bilvosita qiziqish esa faoliyatning maqsadiga, 
uning natija-siga yo‘naltirilgan qiziqishdir. Ixtiyoriy, irodaviy diqqat bilvo-sita qiziqish bilan aloqadordir. 
Psixologik ma’lumotlarningtah-liliga ko‘ra, diqqatning obyektga to‘planishi va mustahkamlanishi ko‘zlangan 
maqsadni, faoliyat mahsulining zarurligi hamda sifati-ning ahamiyatini inson tomonidan anglash orqali ta’minlab 
turi-ladi. Faoliyat maqsadini anglash o‘z ish-harakatida kishi diqqati-ning yuksak darajada mujassamlanishini ta’min 
etuvchi eng muhim shart va sharoitlardan biridir. 


Dominanta (hukmronlik qiluvchi) muayyan nerv uchastkasidagi kuchli qo‘zg‘atuvchanlik qobiliyatiga ega 
bo‘lgan qo‘zg‘a-lish markazi. Domingnta mavjudligida undan boshqa nerv markazla-ri tormozlangan bo‘ladi. 
Dominanta tushunchasi fiziologiya faniga A. A. Uxtomskiy to-monidan kiritilgan. Uning isbotlashicha, D. orqa 
miyadan tortib to bosh nerv markazlarining ishlash prinsipini tashkil qiladi. Do-minanta diqqatning fiziologik 
asosidir. 
Nerv jarayonlarining induksiyasi - oliy nerv faoliyatining qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari o‘rtasidagi 
o‘zaro munosabat: MNSining biror markazida qo‘zg‘alish paydo bo‘lsa, u boshqa markaz-larda tormozlanishning 
kelib chiqishiga, tormozlanish esa qo‘zg‘a-lishning kelib chiqishiga sabab bo‘lishdan iborat qonuniyat. 
Diqqatning ko‘lami — bir davrning o‘zida diqqat tomonidan qamrab olinishi mumkin bo‘lgan obyektlarning 
miqdori. 
Diqqatning ko‘chuvchanligi — faoliyat jarayonida diqqatning on-gli ravishda bir obyektdan ikkinchi 
obyektga ko‘chirilishi. Diqqat-ning ko‘chuvchanligi har qanday faoliyatda, ayniqsa pult boshqaruvi-dagi alohida 
ahamiyatga egadir. 
Diqqatning taqsimlanishi — diqqatning bir vaqtning o‘zida bir qancha obyektlarga qaratilishidan iborat 
xususiyati. Diqqatning taqsimlanishi murakkab faoliyat jarayonini amalga oshirishda alo-hida ahamiyatga egadir. 
Masalan: shoferning, o‘qituvchining ish ja-rayonidagi diqqati taqsimlangan diqqatdir. 
Diqqatning barqarorligi — diqqatning o‘z obyektiga kuchli yo‘naltirilishi va faol to‘planishidan iborat ijobiy 
xususiyati. 
Parishonlik — diqqatni ma’lum bir obyektga qarata olmas-likdan iborat salbiy xususiyat. Parishonlik 
vaqtincha holat bo‘lishi ham, shaxsning nisbatan barqaror xislati bo‘lishi ham mumkin. Pa-rishonlikning ikki turi 
mavjud bo‘lib, biri diqqatni umuman hech narsaga qarata olmaslik bo‘lsa, ikkinchisi diqqatning muayyan obyekt 
ustiga kuchli to‘plantirib, boshqa narsalarga qaratilmasligidir. Parishonlik psixopatologik sabablarga ko‘ra kelib 
chiqishi ham mum-kin. 
Kasbga xos diqqat — ma’lum bir kasbga ko‘p yil ishlash natija-sida shu kasbning talablari va obyektiv 
xususiyatlariga mos ravish-da tarkib topgan diqqat turi. Masalan: chorrahada ko‘cha harakatini 
boshqaruvchiningdiqqati bilan mikroskop yordamida ilmiy kuzatish olib boradigan olimning diqqati bir-biridan 
keskin tafovut qiladi. Birinchisi diqqatningtaqsimlanishini, ikkinchisi esa markaz-lashuv xususiyatlarini talab qiladi. 
Ixtiyoriy diqqat — ongning oldindan belgilangan maqsadga muvofiqirodaviy va asabiy faollik ko‘rsatgan 
holda muayyan obyektga yo‘nalishi va unga to‘planishdan iborat diqqat turi. 
Ixtiyoriydan keyingi diqqat — diqqatning muayyan obyektga, avvalo, ixtiyoriy ravishda qaratilib, so‘ngra 
uning ahamiyati tushu-nilgan sari o‘z-o‘zidan qaratilib boriladigan (avtomatlashgan) diqqat turi. Ushbu tushuncha 
psixologiya faniga N. F. Dobrinin tomoni-dan kiritilgan. 
Diqqat chalg‘ishi — ma’lum bir faoliyat jarayonida diqqatning bir obyektdan boshqa bir obyektga ixtiyorsiz 
ravishda o‘tib turishi-dan iborat salbiy xususiyati. 
Diqqatning hajmi — diqqatning bir vaqtning o‘zida qamrab olishi mumkin bo‘lgan mustaqil obyektlar 
miqsori bilan belgila-nadigan xususiyati. Diqqatning hajmi eksperimental sharoitda 2-6 mustaqil obyektga tengdir. 
Diqqatning obyektlari o‘rtasida qancha-lik yaqin bog‘lanishlar mavjud bo‘lsa, uning hajmi shunchalik keng bo‘ladi 
va aksincha. 
Diqqat obyekti — ongimiz atrofdagilardan ajratib olgan holda yo‘naltirilgan va faol to‘plangan narsa yoki 
hodisa. Diqqat obyekti faqat obyektiv narsalar emas, balki subyektiv hodisalar, o‘z his-tuyg‘ularimiz, fikrlarimiz, 
xayol yoki xotira tasavvurlarimiz va boshqa shu kabilar ham bo‘lishi mumkin. 
Ixtiyorsiz diqqat - ongimizning oldindan belgilangan maq-sadsiz ravishda muayyan obyektga yo‘naltirilishi 
va unga to‘planishi-dan iborat diqqat turi. Ixtiyorsiz diqqat obyektlari narsa va hodi-salarning odatdan tashqari 
holati, belgisi, sifati va boshqalardir. 
Diqqatsizlik - diqqatni obyektga yo‘naltira va to‘play olmaslik, atrofdagi kishilarga nisbatan e’tiborsizlik 
yoki iltifot-sizlikdan iborat salbiy xarakter xislati. 
Diqqatning o‘zgarib turishi — idrok, xotira, tasavvur yoki tafakkur jarayonida diqqatning ma’lum vaqt ichida 
dam kuchayib, dam susayib turishdan iborat qonuniyat; diqqat ba’zan daqiqaga 25-30 marta ham o‘zgaradi. 
Diqqatning o‘rtacha o‘zgarish-tebranish chastotasi 2—3 sekundga tengdir. 
Ko‘ruv diqqati — narsa va hodisalarni ko‘ruv organi orqali idrok qilish, esga tushirish munosabati bilan 
namoyon bo‘ladigan diqqat turi. 
Diqqatning fiziologik asoslarini tushuntirib berishda buyuk rus fiziologlari I. P. Pavlov va A. A. 
Uxtomskiylarning olib borgan ilmiy kashfiyotlari muhim ahamiyat kasb etadi. 
Oliy nerv faoliyatining alohida reaksiyalari bo‘lmish oriyentir reflekslar to‘g‘risidagi I. P. Pavlov ilgari 
surgan ilmiy taxmin (gipoteza) psixologiya fani uchun muhim hissa bo‘lib qo‘shildi, chunki «bu nima?» refleksisiz 
diqqatning tabiatini ochish mutlaqo mum-kin bo‘lmas edi. I. P. Pavlovning «bu nima?» refleksi haqidagi g‘oyasi 
ixtiyorsiz diqqatning g‘ayritabiiy (reflektiv) xususiyatini ochib berish uchun xizmat qildi. I. P. Pavlovning fikricha, 
biz pay-do bo‘layotgan siymoga nigohimizni qaratamiz, eshitilgan tovushga quloq solamiz, dimog‘imizga urilgan 
hidni zo‘r berib yutamiz. Lekin ushbu mulohazalar refleks mohiyatini ilmiy jihatdan ochib berish imkoniyatiga ega 
emas, vaholanki uning negizini asoslash uchun bir talay omillarni keltirish zarur. YE. N. Sokolov, A. R. Luriya, P. 
Y. Galperin, YE. I. Boyko va boshqalarning hozirgi zamon ma’lumotla-riga suyanib mulohaza yuritilganda I. P. 
Pavlovning oriyentir ref-lekslari juda murakkab jarayondir. 


I. P. Pavlov va A. A. Uxtomskiylarning ta’limotlariga binoan diqqatning holatlari, sifatlari, xususiyatlari, 
birinchidan, qo‘zg‘a-lish va tormozlanish jarayonlarining o‘zaro birgalikdagi harakati bilan, ikkinchidan, miya 
strukturasida hukm suruvchi qo‘zg‘aluvchanlik bilan uyg‘unlikka egadir. 
I. P. Pavlovning taxminiga ko‘ra, vaqtning har bir lahzasida miya qobig‘ida qo‘zg‘alish uchun ancha qulay 
(senzitiv) va maqbul sharo-itga ega ekanligi bilan ajralib turuvchi u yoki bu qism hukm suradi. Alohida ajratib 
ko‘rsatiladigan mazkur qism nerv jarayonlarining induksiyasi qonuniyatiga binoan vujudga keladi. Bosh miya 
qobig‘i-ning biron bir qismida to‘plangan (markazlashgan) nerv jarayonlari induksiya qonuniga muvofiqboshqa 
uchastkalarni tormozlanishga olib keladi. Qo‘zg‘alishning eng optimal markazida yangi shartli refleks-lar vujudga 
keladi, differensiallash esa muvaffaqiyatli amalga oshadi. Qo‘zg‘alishning optimal o‘chog‘i o‘zgaruvchanlik 
xususiyatiga ega. 
Bu holatni chuqurroq dalillash uchun I. P. Pavlovning ushbu fikri-ni keltirib o‘tish joizdir: «Agar bosh suyak 
kosasi orqali ko‘rish mumkin bo‘lganda edi va agar eng optimal qo‘zg‘aladigan katta yarim sharlar o‘rni 
yoritilganda bormi, bu holda biz fikrlaydigan ongli odamda uning katta yarim sharlari bo‘ylab doimo o‘zgarib 
turadigan, shakli va kattaligi g‘alati ko‘rinishga ega bo‘lgan hamda yarim shar-larning qolgan barcha bo‘shlig‘ida 
ko‘proq yoki ozroq darajadagi soya bilan o‘ralgan och rangli dog‘ning u yoqdan bu yoqqa qay tarzda ko‘chib 
yurishini ko‘rgan bo‘lardik». I. P. Pavlov ta’kidlab o‘tgan och rangli «dog‘» optimal qo‘zg‘alish o‘chog‘i markaziga 
mos keladi, uning harakati to‘g‘risidagi fikr esa diqqatning intensivligini ta’minlashning fiziologik omili 
hisoblanadi. I. P. Pavlovning qo‘zg‘alish marka-zining bosh miya po‘sti bo‘ylab harakat qilish yuzasidan ilgari sur-
gan g‘oyalari, gipotezalari va bashoratlari keyinchalik N. M. Liva-novning eksperimental tadqiqotlari materiallari 
bilan to‘la is-botlandi. 
A. A. Uxtomskiyningta’rifiga binoan, dominanta - bu bir davr-ning o‘zida ana shu -markazda yuz beradigan 
reaksiyalar xususiyatini belgilab berishga qodir hukmron qo‘zg‘alish o‘chog‘idir. Uning fikri-cha, dominantalar 
vujudga kelgan paytda bosh qo‘zg‘alish o‘choqlari, ya’ni subdominantalari nisbatan kuchsiz qo‘zg‘alish o‘choqlari 
mutlaqo yo‘qo-lib ketmaydi, balki ular o‘zaro qo‘shilib, dominanta bilan kurasha boshlaydilar. binoan, dominanta - 
bu bir davr-ning o‘zida ana shu -markazda yuz beradigan reaksiyalar xususiyatini belgilab berishga qodir hukmron 
qo‘zg‘alish o‘chog‘idir. Uning fikri-cha, dominantalar vujudga kelgan paytda bosh qo‘zg‘alish o‘choqlari, ya’ni 
subdominantalari nisbatan kuchsiz qo‘zg‘alish o‘choqlari mutlaqo yo‘qo-lib ketmaydi, balki ular o‘zaro qo‘shilib, 
dominanta bilan kurasha boshlaydilar. Mazkur qo‘zg‘alish o‘choqlarining o‘zaro kurashishi na-tijasida 
subdominanta dominantaga aylanishi yoki oldingi domi-nanta esa subdominanta bilan o‘rin almashishi mumkin 
hukmron qo‘zg‘alish o‘chog‘i hisoblangan dominanta diqqatining muayyan obyektga yo‘naltirishi, to‘planishi, 
mustahkamlanishi, barqarorlashning fi-ziologik asosidir. 
Shunday qilib, diqqatning fiziologik asoslari to‘g‘risida mulohaza yuritilganda fan olamida ikkita 
ta’limotning mohiyatiga to‘xtaladi. Ushbu ta’limotlarning birinchisi (I. P. Pavlov qala-miga mansub) diqqatning 
fiziologik asosi qo‘zg‘alish jarayonining bosh miya yarim sharlar qobig‘ining ayrim uchastkalarida to‘planishi 
natijasida optimal qo‘zg‘alish o‘chog‘ining hosil bo‘lishi va ayni vaqtda manfiy induksiya qonuniga binoan miya 
qobig‘idagi boshqa nerv markazlarining ma’lum darajadagi tormozlanishidir. Ikkinchisi esa A. A. Uxtomskiyning 
dominanta nazariyasining talqini-dan iboratdir. Chunki dominanta muayyan nerv uchastkasidagi kuchli 
qo‘zg‘aluvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan qo‘zg‘alish markazidir. Do-minanta mavjudligida undan boshqa nerv 
markazlari tormozlangan bo‘ladi. U markaziy asab tizimiga kelgan har qanday qo‘zg‘alish, im-pulslarni qabul qilib, 
ularga tegishli javob qaytaradi-da, shu tariqa boshqa markazlarni tormozlash evaziga o‘z faoliyatini yana 
kuchaytiradi. 
Hozirgi zamon psixofiziologiya fanida miyaning spetsifik bo‘lma-gan tizimiga oid turli tuzilishidagi diqqat 
holatlarining retiku-lyar formatsiya, talamuz, gipotalamuz va gippokamplarga aloqasi haqida anatomik, fiziologik va 
klinik ma’lumotlar mavjuddir. Ular to‘g‘ri-sidagi mulohazalar keyingi sahifalarda beriladi. 
Psixologiya fanining aksariyat manbalarida diqqat deb psixik faoliyatning yo‘naltirilishi va shaxs uchun 
ma’lum darajada ahami-yatga ega bo‘lgan obyektning ustida to‘planishi tushuniladi. Diqqat shunday muhim bir 
psixik jarayonki, u insonning jamiki faoliyat-larida bevosita ishtirok etadi va ularning muvaffaqiyatli yakunla-
nishini ta’minlaydi. I. P. Pavlovningoliy nervfaoliyati haqidagi ta’limoti, A. A. Uxtomskiy ilgari surgan dominantlik 
prinsipi va ularning zamondoshlari tadqiqotlari diqqatning fiziologik asoslari va mexanizmlarini ilmiy nuqgai 
nazardan tushuntirish imkonini yaratdi. 
Diqqat bilish jarayonlarini (sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol va boshqalarni) vujudga kelish, 
rivojlanish va tako-millashishning zaruriy shartidir. Bilish jarayonlarining birli-gi, barqarorligi, o‘zaro ularning 
uyg‘unligi, samaradorligi, mazmun-dorligi va tizimliligi bevosita diqqatga bog‘liqdir. 
Insonning har bir bilish jarayoni faqat diqqat yordamidagina ro‘yobga chiqa oladi (lekin qiziqish va irodaviy 
aktni e’tibordan chetda qoldirmaslik shart). Agarda diqqat passiv (faolsiz) qo‘zg‘atuv-chilar yordamida vujudga 
kelsa, u taqsirda bilish jarayoni mahsul-dorligi keskin kamayadi, hatto tormozlanishi ham mumkin. Diqqat kuchsiz, 
beqaror, obyektga to‘planishi zaif bo‘lsa, kishining diqqati uzoq vaqt muaiyan vazifani bajarishga ongli ravishda 
yo‘naltiril-gan taqdirdagina bilish jarayoni maqsadga muvofiq amalga oshadi, xolos. 
Obyektiv voqeliqdagi narsa va hodisalar, subyektiv ruhiy ke-chinmalar, muayyan taassurotlar, insonning 
xulqi, faoliyati diqqat-ning obyekti bo‘lib hisoblanadi. Diqqat jarayonida ongning voqe-likka nisbatan tanlab 
munosabatda bo‘lishi (to‘planish, qaratilish, yo‘naltirish, mustahkamlanish) xususiyati namoyon bo‘ladi. Odamning 
biron-bir obyektga e’tiborini yo‘naltirar ekan, u ongida faqat xuddi shu obyektning o‘zinigina aks ettirib qolmasdan, 


balki ayni bir davrda qolgan narsalar va hodisalarni ong doirasidan chetda qol-dirmaydi. Diqqatning qo‘lami 
qanchalik keng doiraga yoyilsa, demak, u tanlangan obyektning miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladi va boshqalar. 
Psixologiya fanida diqqatni o‘rganishningyana ikki xil nazariyasi mavjuddir (kursiv bizniki — E. G‘.). 
Birinchi nazariya negizida ong-ning bir nuktaga yo‘nalganligi yotadi. Ikkinchi nazariyaga binoan uning zamirida 
organizmning oriyentirovka faoliyati turadi. Ushbu gipotezalarni ilgari surgan psixologlar diqqatni yo‘nalganligi-
ning obyektga bog‘liqligini va unda jarayonni boshqarish imkoniya-ti mavjudligini tushuntirishga harakat qiladi. N. 
F. Dobrinin, A. N. Leontyev, P. Y. Galperinlarning fikricha, organizmning qidi-ruv harakatlari, oriyentirovka 
faoliyati ikki qismdan iboratdir. 
Shunga o‘xshash g‘oya L. S. Vigotskiyning dastlabki tadqiqotlarida ham ko‘zga tashlanadi. L. S. Vigotskiy 
diqqat bilan aloqador bo‘lgan ikkita ustanovka turini ajratib ko‘rsatadi: 
Sensor ustanovka - tayyorgarlikda idrokning ustunligi qobili-yati. 
Motor ustanovka - tayyorgarlikda harakatning ustunligi qobili-yati. 
Sensor ustanovkada idrok, motor ustanovkada esa harakat ustun-ligi sezilib turadi. L. S. Vigotskiy bularga 
misol qilib jismo-niy tarbiya mashg‘ulotida komanda (buyruq) berishni keltiradi. Saf-da turganlarga qarab «O‘ng» 
deb aytamiz. Shu zahotiyoq saflanganlar buyruq oxirini aytishga sensor ustanovka qo‘zg‘aydi «ga !» deyish 
oyoqlarni aylantirishga moslashish bilan bog‘liq motor ustanovka komanda oxirini eshitishni ta’minlaydi. 
Tanikli psixolog D. N. Uznadzening diqqatni ustanovka bilan bog‘lash nazariyasiga N. F. Dobrinin qarshi 
chiqdi. N. F. Dobrinin fikricha, diqqatni ustanovka bilan bog‘lovchi nazariya quyidagi jihatlarni hisobga olmagan. 
Diqqat haqiqatan ma’lum moslashuvchi harakatlar bilan birga bo‘ladi, lekin bu harakatlarga borib yetmay-di. Agar 
tomoshabin sahnadan o‘girilsa, ko‘zini yumadi, qulog‘ini ber-kitadi, u sahnada nima bo‘layotganiga diqqat 
qilolmaydi. Sahnaga qarash va eshitish uchun boshqa hamma narsalardan chalg‘ish kerak va idrokni sahnada 
bo‘layotgan hodisalarga qaratish lozim. Qarab turib ko‘rmaslik, tinglab turib eshitmaslik mumkin. Diqqat shundan 
ibo-ratki, u nimaga qaratilgan bo‘lsa, uni ko‘rish demakdir. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda N. F. 
Dobrinin diqqatni kishi psixik faoliyatini biron-bir obyektga yo‘naltirish va to‘plash bilan boshqa obyektlardan 
chalg‘ish orqali tushuntiradi. 
Psixolog G. S. Bakradze diqqatning obyektda to‘planishi faoli-yatning roli haqida qiziqarli ilmiy tekshirish 
tajribasini o‘tkaz-gan. Agarda diqqatni zaifligini tekshiruvchi o‘z vaktida payqab, unga nisbatan qandaydir muskul 
harakatini amalga oshirsa, u yana tikla-nadi. Bulardan tashqari, diqqat barqarorligini faoliyatning xa-rakteriga, 
shaxsning o‘ziga bog‘likligi bir qancha psixologlar tomo-nidan isbotlangan. 
Diqqatning ko‘chuvchanligi mezoni (kriteriyasi) faoliyatimizning bir turdan ikkinchi turga aylanishidir. 
Jumladan, telefonistka diqqatini tezkorlik bilan bir abonentdan ikkinchisiga ko‘chirishi bunga yorqin misoldir. 
Diqqatning ko‘chuvchanlik xususiyati sekinla-shuvi uning sifatini pasayishiga olib keladi. Diqqatning ongli ravishda 
ko‘chishi namoyon bo‘lsa-da, lekin ayrim hollarda ongsiz holat-da inson diqqati bir obyektdan ikkinchisiga 
ko‘chishi ham mumkin. Misol uchun tabiat quchog‘iga sayr qilish chog‘ida, kino film tomosha qilishda xuddi 
shunday ko‘chish holati yuzaga keladi. 
Diqqatning xususiyatlaridan keng doirada va aniq o‘rganilgani uning qo‘lami (hajmi) bo‘lib hisoblanadi. 
Diqqat qaratilgan narsalar va hodisalardan qanchasi ongimiz obyektidan joy olgan bo‘lsa, demak, uning shu bilan 
ko‘lami (hajmi) o‘lchanadi. Diqqat (ko‘lami (hajmi) taxistoskop degan asbob yordamida aniklanadi. Taxistoskop 
ekranida tekshiriluvchilarga bir to‘p harflar ko‘rsatiladi. 
Jahon psixologiyasi faniga o‘zining durdona asarlari bilan ta-nilgan olimlardan biri — bu rus psixologi N. N. 
Lange hisoblana-di. U o‘zining «Irodaviy diqqat nazariyasi» degan kitobida (1893 yilda bosilgan) diqqatning 
nazariyasiga bag‘ishlangan jamiki ish-larning xronologik tarzda turkumlarga (guruxlarga) ajratib xayrli ishni amalga 
oshirgan. N. N, Langening nazariy mulohazalarini tur-kumlashtirish muammosi yuzasidan fikrlar P. Y. Galperinning 
asarida ham keng joy ajratilgan (P. Y. Galperin, S. L. Kabilnits-kaya. Formirovaniye (eksperimenalnoye) 
vnimaniya. M. : MGU, 1974). 
N. N. Lange diqqat muammosini o‘rganishning qadimgi davrdan boshlab, to XIX asrgacha bo‘lgan 
rivojlanish bosqichini sakkiz tur-kumga ajratgan holda tahlil qiladi va ularning har birini o‘ziga xos xususiyatlari 
atroflicha ochib beriladi. 
K. D. Ushinskiyning aytishicha, ixtiyorsiz diqqat tashqi va ichki sabablarga ko‘ra hosil bo‘ladi. Tashqi 
sabablar, qo‘zg‘atuvchining kuchi-ga, organizmning ayni vaktdagi holatiga bog‘liq. Passiv diqqatning ichki 
sabablari bizning sezgilarimiz izlarini bog‘lanishidir. Idrok qilingan obyektning yangiliklar bosqichini diqqatning 
istov-chi omili ekanligini muallif farqlaydi. Diqqat qaratilayotgan obyekt ma’lum o‘lchovda bo‘lishi kerak. 
Diqqatning psixologik tahlilini K. D. Ushinskiy tarbiya muam-mosi bilan bog‘ladi. Diqqatni boshqara 
bilishni aqliy rivojla-nish va amaliy faoliyat uchun asosiy omil deb hisobladi. Diqqatni maqsadga muvofiq 
boshqarish - idrok qilish paytida va asosiy ish-dan tashqaridagilarga chalg‘imaslik tushuniladi. Tarbiyachilarning 
vazifasi bolalarning aktiv diqqatini to‘g‘ri yo‘nalishda ko‘rish va ularning diqqatini o‘zlari boshqarishga 
o‘rgatishdan iboratdir. 
K. D. Ushinskiy tomonidan yechilgan muammolar, o‘tkazilgan tek-shirishlar shuni ko‘rsatib turibdiki, u 
ongni to‘planish qobiliyati-ni diqqat bilan tushundi, u diqqatni o‘rganishda shaxs psixologiya-sidan kelib chiqsi. 
Tabiiy-ilmiy tushuntirishda o‘z davrining fi-ziologik bilimlaridan unumli foydalandi. 
Diqqat tafakkur bilan birgalikda aks etadi. U bilish jarayoni-ningtiniq va asosli bo‘lishiga sababchidir. Bu 
planda, ayniqsa, ijo-diy ilhomlanishning hisobga olmaganda, diqqatning qidirish ori-yentirovkasi muhim 
ahamiyatga ega. 


Diqqatning nazorat qilish - tuzatish funksiyasi ham kam ahami-yatli emas. Uning shakllari mehnat va o‘quv 
faoliyatining har xil davrlarida bir xil bo‘lmaydi. 
Diqqat alohida kishilarning munosabatlarida, kollektivda xa-rakterli funksiya bajaradi. Kishining 
kuzatuvchanligida, boshqa odamlarning psixik holatini tushunishda, ziyraklikning aktiv shakllari (mehribonlikda, 
g‘amxo‘rlikda, ishdagi yordamda) aks etadi. Ziyraklik mehnatda va kishi bilan munosabatda axloqiy-psixolo-gik 
ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunga muvofiqziyraklikning motivatsiya-si o‘rganiladi. U aks ettirishning yaqqol shakllari 
va tarbiyalash haqida ko‘rib chiqiladi. Ziyraklikning bunday o‘rganilishi uning tahlilida va shaxs psixologiyasida 
yangi yo‘nalishdir. Ular o‘z ishla-rida diqqatning o‘rganilishi ko‘rsatilgan aspektlarini sintez qilishga harakat 
qilishdir. 
Psixolog N. V. Kuzminaning fikricha, o‘qituvchilarning dars da-vomida berilayotgan bilimini qanchalik 
o‘zlashtira olishini tekshi-rib, bunda asosiy va yetakchi rolni diqqat jarayoni o‘ynaydi. Shuning uchun ham ta’lim-
tarbiya jarayonida hammadan avval tarbiyachi o‘quvchi-ning diqqatini torta bilishlik tarbiyachining asosiy maqsadi 
bo‘li-shi kerak. Bu esa o‘tiladigan materialni o‘qituvchi puxta bilishni talab qiladi. Bundan kelib chiqadiki, 
diqqatningtarbiyalanishi va shakllanishi ham vujudga keladi. 
F. N. Gonobolin, M. R. Raxmanova, D. T. Elkin, V. V. Repkin va boshqa qator tadqiqotchilar faoliyatida 
ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilarda diqqatning namoyon bo‘lishi, kechishi, rivojlanishi, o‘ziga xos xossalari, 
individualligi kabi jihatlar o‘rganilgan. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarga bag‘ishlangan ijodiy izlanishlar 
miq-dori undan ham ko‘pdir. Biz bu o‘rinda ularga o‘z munosabatimizni bildirmaymiz. 

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish