4.Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar
134
Shtatda turmagan tarkibga shartnoma bo‘yicha bajargan ishlari va chiqimlari uchun,
televizor va radio-eshittirishlarda bir marta chiqish uchun qilingan buyurtmalarga beriladigan
qalam haqi summalari bo‘yicha hisob-kitoblar, shuningdek uyda nogiron bolalarni o‘qitadigan
pedagoglarga to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovlari va boshqa barcha debitorlar va kreditorlar
bilan hisoblashuvlar buxgalteriya hisobida 159 “Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-
kitoblar” subschyotida yuritiladi. Bu subschyotning kredit tomonida kreditorlik majburiyatlar,
debet tomonida kreditorlik majburiyatlarni to‘lanishi yoki debitorlik majburiyatlar aks
ettiriladi.
Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobi
408-son shakldagi (6-son memorial order) jamlanma qaydnomasida, shuningdek 292-son
shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi.
5.Budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisoblashuvlar hisobi.
Budjet tashkilotlari tomonidan qonunchilikka muvofiq budjet bilan, shuningdek budjetdan
tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratmalarga doir, jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari
bo‘yicha va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar olib boriladi. Budjet
bilan soliqlar bo‘yicha hisoblashuvlarni amalga oshiradi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli “Budjet tashkilotlarini mablag‘
bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2015 yil 1
yanvargacha budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari davlat budjetiga
undiriladigan soliqlar va yig‘imlarning barcha turlaridan ozod qilinishi, bo‘shab qolgan
mablag‘lar moddiy-texnika va ijtimoiy bazani mustahkamlashga, shuningdek ularning
hodimlarini moddiy rag‘batlantirishga maqsadli yo‘naltirilishi belgilangan. Shuning uchun
budjet tashkilotlarida soliqlar bo‘yicha faqat xodimlarni ish haqidan qonunchilikda
belgilangan miqdorda daromad solig‘i ushlanmalari amalga oshriladi va budjetga o‘tkazib
beriladi. Lekin buxgalteriya hisobida soliqlar bo‘yicha imtiyozlar hisobi alohida aks ettiriladi.
Majburiy ajratmalar bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lov qonunchilikda belgilangan tartibda
(xozirda ish haqiga nisbatan 25% miqdorida) hisoblanib budjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasiga o‘tkazib beriladi. Xodimlarni ish haqiga nisbatan belgilangan tartibda shaxsiy
jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvarag‘i badallari (xozirda ish haqining 1% miqdorida).
Halq banki bo‘limlarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarga o‘tkazilib boriladi. Bundan tashqari
xodimlarning ish haqiga nisbatan (xozirda 4.5% miqdorida) Pensiya jamg‘armasiga ushlanma
(badal) amalga oshirilib o‘tkazib beriladi. Shuningdek Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan hodimlarning ijtimoiy to‘lovlarini (qonunchilikda belgilangan miqdorda ishlovchi
xodimlarga nafaqalar va boshqalar) qoplash uchun ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha Pensiya
jamg‘armasi bilan hisoblashuvlar amalga oshiriladi. Bulardan tashqari qonunchilikda
belgilangan tartibda Davlat maqsadli jamg‘armalari (Respublika yo‘l jamg‘armasi va
boshqalar) bilan hisoblashuvlar amalga oshirilib hisoblangan ajratmalar imtiyoz ko‘rinishida
aks ettiriladi. Budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalarga hisoblangan majburiy ajratma va
ushlanmalar bo‘yicha buxgalteriya ma’lumotnomalari, raschyotlari tuzilib 292-son shakldagi
joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasi) aks ettiriladi va bir vaqtni o‘zida
tegishli buxgalteriya yozuvlari berilib tegishli memorial order - jamlanma qaydnomalariga
tushiriladi. Memorial order - jamlanma qaydnomalar asosida 308-son shakldagi Bosh jurnal
kitobi va hisobot shakllari to‘ldiriladi.
Buxgalteriya hisobida yuqorida keltirib o‘tilgan budjet va budjetdan tashqari
jamg‘armalarga majburiy ajratmalar, ushlanmalar va boshqalar bo‘yicha hisoblashuvlar hisobi
16 “Budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar” schyoti quyidagi
subschyotlarga bo‘lingan holda yuritiladi:
160 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar”;
161 “Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar”;
162 “Shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvarag‘i badallari bo‘yicha hisob-
kitoblar”;
135
163 “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar”;
169 “Boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar”.
160 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotida budjet bilan
quyidagilar bo‘yicha qilinadigan hisob-kitoblar hisobi yuritiladi: ish haqi va boshqa
to‘lovlardan ushlab qolingan soliqlar, aybdor shaxs hisobiga olib borilgan va budjetga
o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kamomadlar summalari, moddiy qimmatliklarni sotishdan tushgan
va qonunchilikka ko‘ra budjet daromadiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan summalar va boshqa
budjet bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Bu subschyotning kredit tomonida hisoblangan
soliqlar summasi, debet tomonida hisoblangan soliqlarni o‘tkazilishi yoki hisobdan
chiqarilishi aks ettiriladi.
Analitik hisob har bir hisob-kitoblar turlari bo‘yicha 292-son shakldagi joriy hisoblar va
hisob-kitoblar daftarida (kartochkasi)da olib boriladi.
161 “Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar” subschyotida mehnatga xaq
to‘lash jamg‘armasidan hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lovlarning hisobi olib boriladi.
u schyotning kredit tomonida belgilangan tartibda xodimlarni ish haqiga nisbatan
hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov summasi, debet tomonida hisoblangan yagona ijtimoiy
to‘lov summasini o‘tkazib berilishi aks ettiriladi.
161-“Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar” subschyot bo‘yicha analitik hisob
292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi.
162 “Shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya xisobvarag‘i badallari buyicha hisob-
kitoblar” subschyotida tashkilotlar xodimlarining jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari
bo‘yicha badallari hisobi yuritiladi. Bu subschyotning kredit tomonida xodimlar ish haqiga
nisbatan hisoblangan shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya xisobvarag‘i badallari summasi,
debet tomonida hisoblangan badallarni o‘tkazib berilishi aks ettiriladi.
Analitik hisob har bir shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy
badallarni o‘tkazuvchi xodimlar bo‘yicha alohida holda yuritiladi.
163 “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar” subschyotida
tashkilotlarning xodimlariga hisoblangan ish xaqlaridan budjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasiga ajratma qilinadigan badallari, qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot (ish,
xizmat)larning xaqiqatdagi xajmidan majburiy ajratmalarning hisobi, shuningdek davlat
ijtimoiy sug‘urtasi va boshqa budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga
oshiriladigan to‘lovlar bo‘yicha budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan olib boriladigan
hisob-kitoblari hisobi yuritiladi. Bu schyotning kredit tomonida xodimlariga hisoblangan ish
xaqlaridan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga hisoblangan badallar qonunchilikka
muvofiq sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning xaqiqatdagi xajmidan Pensiya jamg‘armasiga
majburiy ajratmalar summasi shuningdek Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga
oshiriladigan to‘lovlarni kelib tushishi aks ettiriladi. Debet tomonida Pensiya jamg‘armasiga
hisoblangan badallar va ajratmalarni o‘tkazib berilishi va Pensiya jamg‘armasi hisobidan
amalga oshiriladigan to‘lovlarni hisoblanishi aks ettiriladi.
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan Davlat
ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar va boshqa to‘lovlar hisoblanganda
163 “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar” subschyotning
debetida va 171 “Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha hisob-kitoblar” subschyotning
kreditida aks ettiriladi. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar)
bo‘limlaridan tashkilot hisobvarag‘iga kelib tushgan summalarga pul mablag‘larini hisobga
oluvchi tegishli subschyotlar debetlanadi va 163 “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
bilan
hisob-kitoblar”
subschyot
kreditlanadi.
Analitik hisob budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan
to‘lovlarni
oluvchilar
bo‘yicha
alohida
holda
yuritiladi.
169 “Boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar” subschyotida
tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim, tibbiyot
muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha budjetdan
136
tashqari jamg‘arma, Respublika yo‘l jamg‘armasi va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar
bilan qonunchilikka muvofiq olib boriladigan hisob-kitoblari yuritiladi. Bu schyotning kredit
tomonida budjetdan tashqari jamg‘armalarga hisoblangan ajratmalar summasi, debet
tomonida hisoblangan ajratmalar summasini o‘tkazib berilishi yoki hisobdan chiqarilishi aks
ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |