“ budjet hisobi ” fanidan O’quv–uslubiy majmua


To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/329
Sana26.05.2022
Hajmi7,57 Mb.
#610118
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   329
Bog'liq
BUDJET HISOBI fani UMK-2018 K.Ibragimov

3.To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar 
Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida (bolalar bog‘chalari va yaslilarda) 
saqlanganligi, bolalarni musiqa va san’at maktablarida o‘qitilganligi, tarbiyalanuvchilarni 
maktab-internatlarda va boshqa ta’lim muassasalarida saqlanganligi uchun ota-onalar bilan 
olib boriladigan hisob-kitoblar, ish joyida ovqat bilan ta’minlanganligi uchun xodimlar bilan 
olib boriladigan hisob-kitoblar va boshqa shu kabilar bo‘yichato‘lovlarning maxsus turlariga 
doir 
hisob-kitoblaramalga 
oshiriladi. 
Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida saqlanganligi uchun ota-onalar bilan olib 
boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha pul hisoblab yozish bolalarning bog‘chaga kelishi hisobi 
olib boriladigan 305-son shakldagi bolalarning davomat hisobi bo‘yicha tabel asosida haqiqiy 
qatnagan kunlariga muvofiq amalga oshiriladi. To‘lovlar bevosita maktabgacha ta’lim 
muassasalariga to‘langanda ota-onalarga to‘langanlik haqidagi kvitansiyalar beriladi. Vakil 
qilingan kishilardan qabul qilingan summalar uch kunlik muddat ichida tashkilotning 
hisobvarag‘iga kirim qilinishi kerak.Maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab-internatlari va 
boshqa ta’lim muassasalaida bolalar ta’minotiga xaq to‘lash tartibi va to‘lov miqdorlari 
qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi. 
Buxgalteriya hisobida to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar156 
“To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyotida yuritiladi. Bu 
subschyotning debet tomonida to‘lovlarning maxsus turlari bo‘yicha hisoblangan summa, 
kredit tomonida ushbu mablag‘larni kelib tushishi aks ettiriladi.
Bolalar maktabgacha ta’lim muassasasidan chiqarib olingan taqdirda oldindan to‘langan 
summa ota-onalarga ularning arizasiga muvofiq maktabgacha ta’lim muassasasi rahbarining 
ko‘rsatmasiga binoan qaytariladi. Ariza maktabgacha ta’lim muassasasi buxgalteriyasiga 
rahbarning ko‘rsatmasi va bolalarning bog‘chaga qatnashini hisobi olib boriladigan 
navbatdagi 
tabel 
bilan 
birgalikda 
topshiriladi. 
Qaytariladigan summa kassa orqali beriladi yoki pochta orqali jo‘natiladi, shuningdek naqd 
pulsiz hisob-kitoblar yo‘li bilan ham qaytarilishi mumkin. Bolalarni saqlash yuzasidan olib 
boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobi 327-son shakldagi ta’lim muassasalarida 
bolalarni saqlanganligi uchun ularning ota-onalari bilan olib boriladigan hisob-kitoblar 


133 
qaydnomasida yuritiladi.327-son shakldagi qaydnoma asosida 406-son shakldagi (15-
memorial order) bolalarni saqlaganlik uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar 
bo‘yicha jamlanma qaydnoma tuziladi. 
Tarbiyalanuvchilarni maktab-internatlarda saqlanganligi uchun ota-onalar bilan olib 
boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha kelib tushgan to‘lovlar summasiga 156 “To‘lovlarning 
maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot kreditlanadi, 110 “To‘lovlarning maxsus 
turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar” subschyot yoki 120 “Milliy valyutadagi 
naqd pul mablag‘lari” subschyot debetlanadi. Tarbiyalanuvchilarning maktab-internatda 
haqiqiy bo‘lgan kunlari uchun hisoblangan to‘lov summasiga 156 “To‘lovlarning maxsus 
turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot debetlanadi va 242 “Ta’lim muassasalarida 
hisoblangan ota-onalarning mablag‘lari” subschyot kreditlanadi.
Ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobi har bir 
tarbiyalanuvchi bo‘yicha alohida holda 327-son shakldagi ta’lim muassasalarida bolalar 
saqlanganligi uchun ularning ota-onalari bilan olib boriladigan hisob-kitoblar qaydnomasida 
yuritiladi. 
Bolalarni maktablar qoshidagi internatlarda ovqatlanganligi uchun ota-onalar bilan olib 
boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha hisoblab yozilgan to‘lov summasiga 156 “To‘lovlarning 
maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot debetlanadi va 242 “Ta’lim muassasalarida 
hisoblangan ota-onalarning mablag‘lari” subschyot kreditlanadi. Kelib tushgan to‘lovlar 
summasiga 156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot kreditlanadi 
va 120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablag‘lari”, 110 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir 
hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar” yoki 061 “Oziq-ovqat mahsulotlari” (to‘lov o‘rniga 
oziq-ovqat berilganda) subschyotlar debetlanadi.
Ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobi 327-son shakldagi 
ta’lim muassasalarida bolalar saqlanganligi uchun ularning ota-onalari bilan olib boriladigan 
hisob-kitoblar qaydnomasida yuritiladi. 
Bolalarni bolalar musiqa va san’at maktablarda, shuningdek boshqa ta’lim 
muassasalarida o‘qitganlik uchun hisoblangan to‘lov summalariga 156 “To‘lovlarning maxsus 
turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot debetlanadi va 242 “Ta’lim muassasalarida 
hisoblangan ota-onalarning mablag‘lari” subschyot kreditlanadi. Kelib tushgan summalarga 
tegishli pul mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlar debetlanadi va 156 “To‘lovlarning 
maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot kreditlanadi.Analitik hisob har bir badal 
to‘lovchi ota-onalar bo‘yicha alohida holda yuritiladi.Xodimlar bilan ularning ish joylaridan 
ovqatlanish uchun olib boriladigan hisob-kitoblarda qonunchilikka ko‘ra kasalxonalar, 
maktabgacha ta’lim muassasalari, nogironlar, shuningdek qariyalar uylari va boshqa 
tashkilotlar joylashgan yerda umumiy ovqatlanish korxonalari bo‘lmagan hollarda ularning 
xodimlariga to‘lov hisobiga ovqatlanish ruxsat etilgan bo‘lib, ana shu tashkilotlarning 
xodimlari bilan ovqatlanganlik uchun hisob-kitob olib boriladi. 
Xodimlar 
bilan 
ular 
olgan 
ovqatlar 
uchun 
hisob-kitob 
yuritganda
156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyotning debetiga sarf qilingan 
oziq-ovqat mahsulotlarining qiymati yoziladi, bunda, 061 “Oziq-ovqat mahsulotlari” 
subschyot kreditlanadi. 
Kreditiga esa, xodimlardan ovqat uchun olingan summalar, shuningdek oldindan 
to‘langan avans summalari yozib boriladi, bunda tegishli pul mablag‘larini hisobga oluvchi 
subschyotlar (120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablag‘lari” yoki 110 “To‘lovlarning maxsus 
turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar” subschyotlar) debetlanadi.
Ovqatlanish uchun olib boriladigan hisob-kitoblarning hisobi 285-son shakldagi 
aylanma qaydnomada yuritiladi. Bu qaydnomada xodimlarning familiyasi va ismi ko‘rsatiladi. 

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish