Informatika (nemicha: Informatik, fransuzcha: Informatique, inglizcha: computer science komputer fani (aqshda)



Download 5,59 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.05.2022
Hajmi5,59 Kb.
#610110
Bog'liq
2 5391328397760662680 a



Informatika (nemicha: Informatik, fransuzcha: Informatique, inglizcha: computer science - komputer fani (AQShda),
computing science - hisoblash fani (Buyuk Britaniyada)), axborotshunoslik — ilmiy informatsiya (axborot, xabar,
malumot)ning mohiyati, umumiy xossalari va krnu-niyatlarini, shuningdek, ilmiy kommunikatsiya tizimi (osha ilmiy
informatsiyani tarqatish usullari va vositalari majmui)ni organish bilan shugullanadigan ilmiy fan; inson faoliyatining
EHM, kompyuterlar bilan bogliq bolgan sohasi. Ijtimoiy fanlar jumlasiga kiradi. Uning markaziy tushunchasi —
ijtimoiy hayotning istalgan sohasi va tarmoqlaridan olinadigan malumotlar, yani ilmiy informatsiya.
„ I n f o r m a t i k a “ a t a m a s i 1 9 6 0 - y i l l a r d a F r a n s i y a d a y u z a g a k e l g a n
bolib, information va automatique degan farang sozlarining birlashmasidan kelib chiqqan. Bu atama malumotni
avtomatik ravishda qayta ishlashni organuvchi sohani nomlash uchun oylab topilgan.
Ilmiy informatsiyani olish va undan foydalanish sohalari hamda vazifasiga kura, u turli xillarga bolinadi. Mas, sohalar
boyicha — biologik, siyosiy, iqtisodiy, texnikaviy, kimyoviy, tibbiy va boshqa, vazifasiga kora — ommaviy, maxsus
informatsiya va h. k. Ilmiy informatsiyaning togriligi, yangiligi va foydaliligi mezonlarini ishlab chiqish Informatika
vazifasiga kirmaydi. Informatika kibernetika, kutubxonashunoslik, lingvistika, matematik mantiq va boshqa fanlar
bilan uzviy bogliq. U ilmiy malumotlarni yigish, ishlab chiqish (organish), saqlash, izlash va tarqatish jarayonlari
majmuini oz ichiga oladi. Informatika termini 20-asrning 60-yillarida ishlatila boshlangan. Bu davrda kopchilik
tadqiqotlar axborotlarni qidirish muammolari bilan uzviy bogliq bolgan. Ayni shu davrda axborotlarni qidirish tizimi
va usullari yaratildi. Informatika yuzaga kelishi va rivojlanishida hisoblash texnikasi va boshqa texnik vositalarning
orni beqiyos, chunki axborotlar bevosita hisoblash texnikasi yordamida qayta ishlanadi.
Keng manoda malumotlarni izlab topish, qayta ishlash va ilmiy izlanish natijasi sifatida qayd qilib qoldirish ishlari
bilan olim va mutafakkirlar qadimdan shugullanishgan. Mac, Abu Rayhon Beruniyning "Hindiston" asari, Zahiriddin
Muhammad Boburnkit "Boburnoma" asari shunday asarlar jumlasiga kiradi. Informatika ilmiy fan sifatida rasman
shakllanishi 1895 yildan — Bryusselda xalqaro bibliografiya in-ti (1938 yildan — Xalqaro hujjatnomalar fede-
ratsiyasi) tashkil qilingan sanadan boshlandi. 20-asr 60-yillari oxiriga qadar "Informatika" termini orniga
"hujjatnomalar" yoki "hujjatnoma va informatsiya" termini ishlatilgan. Fantexnika inqilobi, EHM, informatsiya
texnikasi vo-sitalari (mikrofoto suratga olish, nusxa kochirish texnikasi va h. k.) va boshqaning paydo bolishi
Informatika fan sifatida taraqqiy etishiga imkon tugdirdi. Ayniqsa, kompyuterlar tarmogi va u bilan bogliq ravishda
internet ti-zimining rivojlanishi umuman Informatika , xususan, Informatika kommunikatsiya tizimining yanada
taraqqiy etishiga sabab boldi. Izlab topilgan, toplangan, qayta ishlangan "tayyor" informatsiya — malumotlarni keng
tarqatishda tah-ririyatnashriyot va matbaa jarayonlari, ilmiy nashrlarni tarqatish (xususan, kitob savdosi, kutubxona-
bibliografiya faoliyati;) ilmiy adabiyo-tlar almashinish; arxiv ishi va, albatta, ilmiy-informatsion faoliyat,
radiotelevideniye, internet tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Informatika asosiy yonalishlari: hisoblash texnikasining
nazariy asoslari, informatsiya nazariyasi, hisoblash eksperimenta, programmalash, suniy intellekt, informatsiya
texnologiyasi va boshqa Inglizcha gaplashiladigan davlatlarda Informatika termini orniga "computer sciense"
("hisoblash fani") termini ishlatiladi.
Ozbekistonda ham Informatika masalalariga katta etibor berildi. Mac, 1993 yilda informatsiyalashtirish togrisidagi
qonun qabul qilindi, 1994 yil Ozbekiston xukumati Respublikani informa-tizatsiyalashtirish konsepsiyasini qabul
qildi, shu yili EHM uchun dasturlar va malumotlar bazasini huquqiy himoya qilishga doir qonun ishlab chiqildi.
Keyinchalik Ozbekiston Respublikasi Preziden
tining "Kompyuterlashtirish va informatsiyakommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni yanada rivojlantirish
togrisida"gi farmoni (2002 yil 30.05) chiqdi va Vazirlar Mahkamasining "Kompyuterlashtirish va
informatsiyakommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni yanada rivojlantirish togrisida"gi qarori (2002 yil 06.06)
qabul qilindi.
Informatika masalalari bilan maxsus tashkilotlar, xususan, yirik kutubxonalarning informatsiya xizmati shugullanadi.


Ozbekistonda bu ish bilan Ozbekiston milliy kutubxonasi, Aloqa va informatika un-ti, OzR Makroiqtisodiyot va
statistika vazirligi, Davlat statistika departamenti, hisoblash markazlari, OzR Matbuot va axborot agentligi, radio va
televideniye tizimi, Ozdavstandart shugullanadi.
Ozbekiston Respublikasi Tovar ishlab chikaruvchilar va tadbirkorlar palatasi tuzgan (2000) Kop funksiyali
informatsiya markazi 14 hududiy hamda koplab shahar va tuman tovar ishlab chikaruvchilar va tadbirkorlar
palatalarini yagona informatsiya tar-mogiga birlashtiradi.
:
André-Marie Ampère (1775.22.1, Lion -1836.10.6, Marsel) – fransuz olimi, elektrodinamika asoschilaridan
biri, Parij fanlar akademiyasi a’zosi (1814), Parijdagi Normal maktab professor (1824). 1820 yilda elektr
toklarining o‘za-ro mexanik ta’siri (Amper qonuni)nn kashf qilgan, tok ta’sirida magnit mi-lining og‘ish yo‘nalishini
aniqlaydigan "Qalqovich qoidasi"ni (qarang Amper qoidasi) ta’riflab bergan, magnitlarning o‘zaro ta’siri aylanma
elektr to-klarining o‘zaro ta’siridir degan (mod-dalarning magnit xossalarini tushunti-ruvchi) gipotezani taklif qilib,
magne-tizmning dastlabki nazariyasini yarat-gan. Elektrodinamika haqidagi nazariyalari "Tajribadan keltirib
chiqarilgan elektrodinamik hodisalar nazariyasi" (1826–27) asarida tavsiflangan.
Norbert Wiener (talaffuzi: Norbert Viner) (1894.26.11, Kolumbiya, Missuri — 1964.19.3, Stokgolm)
— amerikalik matematik, kibernetika asoschisi. Dastlabki ilmiy ishlari matematika asoslari, nazariy fizika (kvant
nazariyasi va nisbiylik nazariyasi) matematik analiz va ehtimollar nazariyasiga oid. Elektron hisoblash
mashinalarini ishlab chiqish va uni ballistik hisoblar uchun tatbiq qilishda qatnashdi. Wienr jonli va jonsiz
sistemalarni boshqarishga oid asosiy tamoiyllarning umumiyligi haqidagi goyani ilgari surdi. Shu tariqa fanning yangi
bir sohasi kibernetika deb atala boshladi.
Andrey Kolmogorov (25-aprel 1903-yil — 20-oktabr 1987-yil) — sovet matematigi. Matematikaning koplab sohasida
ish olib borgan. 1980-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Kolmogorov fizika-matematika fanlari doktori bolgan. 1931-yildan Moskva davlat universiteti professori. 1939-
yil SSSR Fanlar akademiyasi akademigi etib tayinlangan. 1964–1966- va 1974–1985-yillarda Moskva matematika
jamiyati prezidenti bolgan. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1963). Lenin va Stalin mukofotlari laureati.
Kolmogorov ozgaruvchan funksiyalar nazariyasiga, topologiya (yuqori gomologiyalar nazariyasi), ehtimollar
nazariyasi va klassik mexanika (turbulentlik nazariyasi), funksional analiz, olchovlar nazariyasi, toplamlar
nazariyasi, integrallar nazariyasi, differensial tenglamalar nazariyasi, funksiyalarning yaqinlashish nazariyasi,
kibernetika va boshqa sohalar rivojlanishiga hissa qoshgan. Olim ehtimollar nazariyasini aksiomatik asoslash
sistemasini qurgan, Markovning tasodifiy jarayoni va statsionar tasodifiy jarayonlar nazariyasini rivojlantirgan.
Buxoro Davlat tibbiyot instituti Stomatologiya fakulteti 124-guruh talabasi : Dilovar Eshnazarov

Download 5,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish