Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


§ 3. Tashqi siyosat prinsiplarining Konstitutsiyada mustahkamlanishi



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

§ 3. Tashqi siyosat prinsiplarining Konstitutsiyada mustahkamlanishi 
 
Yuqorida qayd qilinganidek har qanday davlatning ichki va tashqi funksiyasi 
mavjud. Tashqi funksiya tashqi siyosat orqali amalga oshiriladi. Davlatning tashqi 
siyosati uning mustaqilligiga, geografik joylashuviga, iqtisodiy salohiyatiga ham 
bog„liq bo„ladi. Uni qanday siyosat yuritishi ichki rivojlanishiga ham ta'sir qiladi. 
O„zbekistonning mustaqilligi tashqi siyosatini mustaqil, o„z milliy 
manfaatlaridan kelib chiqib belgilash imkoniyatini vujudga keltirdi. Bu 
Konstitutsiyaviy tuzumning muhim qismi – davlat suverenitetiga taalluqli 
bo„lganligi tufayli Konstitutsiyaviy darajada mustahkamlandi. Konstitutsiyaning 
IV-bobi “Tashki siyosat” deb nomlanib, undagi 17-moddada tashqi siyosat 
prinsiplari belgilangan. 
Shu moddada belgilangan prinsiplarini quyidagicha ajratish mumkin. 
- Davlatlarning suveren tengligini e'tirof etish; 
- kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;
- mamlakatlarning chegaralarini va daxlsizligini e'tirof etish; 
- nizolarni tinch yul bilan hal qilish; 
- boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik 
- xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan qoidalarini tan olish. Bular 
birgalikda O„zbekiston Respublikasi tashqi siyosati prinsiplari tizimini tashkil etadi 
va mamlakatimizni jahon hamjamiyatida tinch-totuv yashashini, ijodkorlik bilan 
shug„ullanishini ta'minlaydi. 
Bu prinsiplarning asosiy maqsadi – O„zbekistonni dunyo hamjamiyatida 
tinch-totuv yashashini ta'minlash hisoblanadi. Konstitutsiyada belgilangan mazkur 
prinsiplar xalqaro hujjatlar va xalqaro huquq normalariga to„la mos keladi. 
Mazkur prinsiplarga amal qilish, O„zbekistonni jahon miqyosida alohida 
mavkega ega bo„lishini ta'minlab, tinch-osoyishta jarayonda ichki rivojlanishiga 


125 
ijobiy ta'sir qiladi. Chunki xalqaro miqyosda tinchlikka erishish, ichki 
imkoniyatlarni tinch yo„lda, yaratuvchanlik yo„lida foydalanishga imkon beradi. 
O„zbekiston mustaqil davlat bo„lgandan boshlab, biror-bir mamlakatga 
hududiy e'tirozlar qilmaganligi, o„z navbatida o„zining mavjud hududini 
daxlsizligini saqlash uchun alohida, xalqaro huquq doirasida harakat 
qilayotganligi, mamlakatimizni Konstitutsiyaga amal qilib ish ko„rayotganligini 
ko„rsatadi. 
O„zbekiston Konstitutsiyasida faqat mamlakat ichkarisidagi tartibni 
belgilash bilan cheklanmaganligi, davlatning faqat ichki vazifasini belgilash bilan 
cheklanmay, davlatning tashqi faoliyati ham Konstitutsiyaviy darajada 
belgilanganligi, Konstitutsiyaviy tuzumning barqarorligini ta'minlash ichki va 
tashqi faktorlarga bog„liqligidan kelib chiqadi. 
O„zbekistonning tashqi siyosat prinsiplarini quyidagicha tasavvur qilish 
mumkin: 
a) davlatning suveren tengligi deganda, har qanday davlat u qaerda 
joylashganligidan, aholisining sonidan, davlat tuzilishi va boqsharuv shaklidan, 
davlatning iqtisodiy qudrati darajasidan qat'iy nazar xalqaro munosabatlarda ular 
bilan bir xil munosabtada bo„lishi, ularning suveren davlatligini e'tirof etishi, 
hurmat qilish, zarur bo„lsa teng hamkorlik qilish hisoblanadi. 
b) kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik prinsipi turli 
qirg„inbarot urushlarni bo„lishini oldini oladi, ko„plab qon to„kilishi, 
vayronagarchilikka uchrash xavfini bekor qiladi. O„zbekiston hozirgi kunda shu 
mintaqada tayyorgarligi yuqori harbiy kuchga ega davlat. Lekin birorta qo„shni 
davlatlarga (kichik va zaif davlat bo„lsaham masalan Tojikiston, Qirg„iziston) kuch 
ishlatishni hayoliga ham keltirgani yo„q. Hatto ba'zi davlatlar tomonidan 
O„zbekistonga nisbatan turli nopok ishlar, ig„vogarliklar bo„lgan bo„lsa ham. 
v) chegaralarning daxlsizligi prinsipi. O„zbekiston o„z Konstitutsiyasida 
o„zining chegaralarini daxlsizligi, ajralmasligini belgilab, buni davlat 
suverenitetining ajralmas xususiyatlaridan biri sifatida beliglagan. Huddi shunday 
boshqa davlatlarning chegarasini daxlsizligini ham hurmat qiladi. O„z hududini 


126 
boshqa davlatlar chegarasi hisobiga kengaytirishni maqsad qilib qo„ymaydi. Sobiq 
Ittifoq davrida milliy chegaralanishi natijasida vujudga kelgan qo„shni mamlakatlar 
va o„z chegaralarini tan oladi. 
g) mamlakatimiz tashqi siyosatining muhim prinsiplari qatoriga yana – 
nizolarni tinch yo„l bilan hal qilish va davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik 
hisoblanadi.
Har qanday masalada kelib chiqqan, yoki kelib chiqishi mumkin bo„lgan 
nizolarni tinch yo„l bilan hal etish yo„li tanlangan. Bu faoliyat muzokaralar olib 
borish, sabr-toqat bilan ishlashni taqozo etadi. Hozirgi kunda O„zbekistonda 
diplomatik sohada ham muhoratli, yuqori malalkali kadrlar tayyorlanmoqda, ular 
tajribalarga ega bo„lmoqda va natijada har qanday nizolarni tinch yo„l bilan hal 
qilish imkoniyatlari kengaymoqda. 
O„zbekiston boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsipini 
dasturamal qilib olgan va uni amaliyotda to„liq qo„llamoqda. Shu prinsipga amal 
qilishini 
Qirg„istondagi 
voqyealarda, 
Qirg„izistonni 
ichki 
ishiga 
aralashmaganligida ham ko„rish mumkin. 
Yuqoridagi prinsiplar O„zbekistonni tashqi siyosati prinsiplarini 
Konstitutsiyaviy asoslari bo„lib, ular xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan 
qoidalariga mos tushishi, yanada bu prinsiplarga hayotiylik bag„ishlaydi. 
Bulardan tashqari O„zbekiston tashqi siyosatda xalqaro huquqning boshqa 
umum e'tirof etilgan qoidalari va normalariga asoslanishi ham Konstitutsiyada 
yozib qo„yilgan (17-modda). 


127 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish