Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


§ 2. Barchani Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko„rishi



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

§ 2. Barchani Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko„rishi 
zarurligi 
Bu qonuniylik prinsipidan kelib chiqadi. Qonuniylik prinsipi davlat faoliyati 
prinsipi bo„lib, u ijtimoiy hayotning taraqqiyotiga ijobiy ta'sir qiluvchi shartdir. 
Qonuniylik prinsipi orqali davlat o„z faoliyatini yuritib, ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga soladi. 
Qonuniylik prinsipi – bu barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar, 
xizmatchilar, jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlari va fuqarolarning qonun 
va boshqa qonuniy hujjatlarga og„ishmay amal qilishdir. Bu yerdan qonunlarga 
amal qilish barchani vazifasi ekanligi tushuniladi. 
“Qonuniylik va huquq-tartibot tantana qilmasa, shaxsning huquqlari va 
erkinliklari, qattiq intizom, ichki uyushqoqlik va mas'uliyat ustuvor bo„lmasa, 
qonunlar va an'analar hurmat qilinmasa, huquqiy davlatni tasavvur etib 
bo„lmaydi”
1
. deb qonuniylikni ahamiyatini O„zbekiston Prezidenti aniq ko„rsatib 
bergan. 
Konstitutsiyaning 16-moddasidagi “Mazkur Konstitutsiyaning birorta 
qoidasi O„zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan 
tarzda talqin etilishi mumkin emas” – degan qoida ham qonuniylik prinsipini 
ta'minlovchi vositadir. 
Davlat qonun yaratar ekan, avvalo shu qonunlarga davlatning o„zi rioya 
qilish zarur. 
Davlat hokimiyatining amalga oshiruvi qonunchilik (vakillik hokimiyati), 
ijro, sud hokimiyati, o„z faoliyatini tashkil etishi, vakolati, bir biri bilan 
munosabatida faqat qonunlarga rioya qiladi. Qonunlarni bevosita o„zlari bajaradi 
yoki ularni bajarilishi choralarini ko„radi. 
Qonuniylik prinsipi, osoyishta hayot, rivojlanish va taraqqiyot, yuksak 
turmush tarzi ozuqasidir. Qonuniylik prinsipi amal qilganda xavfsizlik, 
fuqarolarning huquq erkinliklari ta'minlanadi. Har bir fuqaro o„z o„rniga ega 
1
Каримов И.А. Ўзбекистон ўз истиқлол ва тараққиѐт йўли. –Т.: Ўзбекистон, 1992. 1992. 17-бет.


115 
bo„ladi. 
Jamiyat va fuqarolar farovonligini muhim shartlaridan biri bozor 
munosabatlari bo„lsa, ana shu munosabatlarda ham qonuniylik prinsipi amal qiladi. 
Davlatning iqtisodiy sohaga aralashuvini cheklovchi, tadbirkorlikni qo„llab-
quvvatlovchi, mulk shakllarini tengligini ta'minlovchi, iste'molchilar huquqlarini 
himoya qiluvchi qonunlarga amal qilish qonuniylik prinsipini ajralmas qismidir. 
Oila munosabatlarini Konstitutsiya va qonunlar bilan tartibga solinishi, shu 
qonunlarga rioya qilish zarurligi qonuniylik prinsipi doirasini juda ham kengligini 
ko„rsatadi. 
Qonuniylik prinsipiga amal qilish, qonunlar obro„sini kuchaytiradi. 
Shuning uchun jamiyat a'zolarini faqat qonunlarni hurmat qilish ruhida 
tarbiyalash o„ta muhimdir. Bunda ham eng ta'sirli, samarali chora shaxsiy 
o„rnakdir. 
Barcha mansabdorlar, xizmatchilarning mansab darajasidan, jamiyat va 
davlat oldidagi xizmatlaridan qat'iy nazar, qonunlarga rioya qilishi, oddiy fuqarolar 
uchun katta o„rnak va saboq bo„ladi. 
O„zi qonunlarga rioya qilmaydigan, uni har damda buzadigan, chetlab 
o„tadigan rahbarlarni, boshqalarni qonunga rioya etishi haqidagi da'vati, 
ko„rsatmasi hyech qanday natija bermaydi. 
Qonuniylikka erishishining ko„plab vositalari qatorida, har qanday qonun 
buzilishiga (u kattami, kichikmi) tegishli chora ko„rish muhim o„rin tutadi. 
Jamiyatda qonun buzilishining har qanday ko„rinishiga murosasizlik 
kayfiyatini shakllantirish, qonun buzilishlariga karshi ko„rilayotgan choralarini 
ommaviylashtirish, qonuniylikni ta'minlashda muhim rol o„ynashi mumkin. 
Bu eng avvalo qonuniylik prinsipini amaliy ifodasidir. Qonunlar turli 
qoidalarni o„rnatadi. Qonun qoidalari xalq xohish-irodasini hujjatda aks etishidir. 
Ana shuning uchun ham ularga amal qilish, qonunlarga muvofiq ish olib borish 
zarurdir. 
Rivojlangan mamlakatlarning tajribasiga nazar solsak, albatta shu 
mamlakatda davlat faoliyati, uning organlari faoliyati, mansabdor shaxslar va 


116 
xizmatchilar faoliyati, jamoat birlashmalari, barcha nodavlat tashkilotlari 
qonunlarga muvofiq ish ko„rganini guvohi bo„lamiz. 
Qonunga amal qilish rivojlanish va farovonlik garovi ekanligi tajribada 
isbotlangan. Shuning uchun O„zbekiston Konstitutsiyasining 15-moddasida 
“Davlat uning organlari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish 
ko„radilar degan qoida o„z o„rnini topgan. Bu qoidani qonuniylik prinsipining 
asosiy sharti deyish ham mumkin. 
Jahon davlatchilik tajribasiga o„zining ma'lum hissasini qo„shgan milliy 
davlatchiligimiz rivojlanish tarixida ham qonun va belgilangan tartib-qoidalarga 
amal qilish muhim masala hisoblanganligi ma'lum. 
Sohibqiron Amir Temur davlatining rivojlanishi tartib-qoidalarga amal 
qilish natijasida bo„lganligi, keyinchalik u barpo etgan saltanatni tarqab ketish va 
nihoyat mustamlaka asoratlariga tushib qolishimizda qonun-qoidalarga rioya qilish 
susayganligi ma'lum sabablardan bo„lgan. 
Qonunlarga muvofiq ish ko„rmaslik, oqibat natijada har qanday davlat 
organlari faoliyatini buzilishiga olib kelib, bu esa davlat organlariga nisbatan 
ishonchsizlikni keltirib chiqaradi. 
Qonunlarga rioya qilmaslik ma'lum vaqt yoki muddat kimgadir manfaat 
keltirishi mumkin. Lekin keyinchalik esa bu katta zararlar keltirishi fuqaro, xalq 
manfaatiga katta ziyon yetkazishi mumkin. 
Qonunga rioya etish barcha organlar uchun zarur, ayniqsa bu huquq-tartibot 
organlari, qonuniylikni ta'minlovchi organlar faoliyatida o„ta zarurdir. Bu 
organlarda qonunlarga rioya qilmaslik natijasida ko„pchilik zarur ko„radi. 
Qonunlarda inson hayoti, sog„ligi, boyligi, xavfsizligi haqidagi qoidalar 
belgilangani uchun, ularga rioya kilmaslik inson hayoti, sog„ligi, xavfsizligi, 
boyligiga katta zarar yetkazadi. Qonun hujjatlariga rioya qilmaslik faqat bir rasmiy 
hujjatni bajarmaslikning o„zi emas, u inson, uning huquq va erkinliklari, sha'ni, 
qadr-qimmati, xavfsizligi, boyligiga taalluqli bo„lganligi uchun, ularga amal 
qilmaslik, yuqoridagilarning barchasiga tajovuzdir. 
Jamiyatda qonunlarni qabul qilish asosiy maqsad emas, unga amal qilish 


117 
asosiy maqsad bo„lib qolishi zarur. Shuning uchun ham Konstitutsiya va 
qonunlarga rioya etish zarur. Bu Konstitutsiyaviy burch ham hisoblanadi. Rioya 
etish ixtiyoriy amalga oshirilmaganida, majburlov choralari orqali ta'minlanadi. 
Qonuniylikda yana bir muhim masala, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni 
Konstitutsiyaga zid kelishi mumkin emasligi bo„lib bu qoida Konstitutsiyaning 16-
moddasida o„z o„rnini topgan. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish