Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 
 
1. Konstitutsiya ustunligi nima?
2. Qonun ustunligi nima? 
3. Konstitutsiya, qonun, normativ hujjatlar munosabati qanday?
4. Qonuniylik nima? 
5. Qonuniylik prinsipi qanday ta'mminlanadi? 
6. Konstitutsiya va qonunning ustunligi qanday ta'minlanadi? 
7. Konstitutsiya va qonunlarga amal qilmaslik qanday oqibatlar keltirib 
chiqaradi? 
8. Konstitutsiya va qonunga zid hujjat qabul qilinsa nima bo„ladi? 
9. Davlat organlari, mansabdor shaxslar va barcha tashkilotlar nimaga 
asosan ish yuritadi? 
10. Konstitutsiya qoidalarini noto„g„ri talqin qilish nimaga olib keladi? 


120 
VII bob. Tashqi siyosatning konstitutsiyaviy asoslari 
 
§ 1. Tashqi siyosat yuritish davlatning muhim vazifasi 
 
Har qanday davlatning ichki va tashqi funksiyasi bo„lib, bu masala keng 
ravishda “Davlat va huquq nazariyasi” fanida o„rganiladi. 
Davlatning tashqi funksiyasi o„z navbatida tashqi siyosat olib borish 
zaruratini vujudga keltiradi. Ayniqsa, hozirgi “globallashuv” davrida to„g„ri tashqi 
siyosat olib borish davlatning o„ta muhim vazifat bo„lib qolmoqda. 
Har qanday davlatning tashqi siyosati, mamlakat xavfsizligini ta'minlash, 
xalq farovonligiga erishish, o„zini munosib o„rnini jahon hamjamiyatida topishiga 
qaratilgandir. 
Tashqi siyosat harbiy, iqtisodiy, madaniy aloqalarni vujudga keltiradi va 
mamlakat manfaatiga xizmat qiladi. 
O„zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach dunyodan ajralib emas, 
dunyodagi barcha mamlakatlar bilan tenglik olib hamkorlik qilish, jahon 
hamjamiyatida o„z o„rnini topishiga qaratilgan tashqi siyosat olib bormoqda. 
O„zbekistonning tashqi siyosati o„zaro hurmat, manfaatlar muvozanatiga 
asoslanadi. 
Yuqorida tilga olingan tashqi siyosatning asosiy vazifasi milliy xavfsizlikni, 
fuqarolar xavfsizligini ta'minash, mamlakat iqtisodiyotni rivojlantirish uchun 
jahondagi imkoniyatlardan foydalanish, xorijiy mamlakatlarda qulay bozorlar 
topish hisoblanadi. 
Bu maqsadda (mudafaa maqsadida) O„zbekiston o„z Qurolli Kuchlarini 
shakllantirdi. Ularni zamonaviy qurollar, bilimlar bilan ta'minladi. Bu borada 
boshqa davlatlar bilan hamkorlikni yo„lga qo„ydi. 
Tashqi siyosat natijasida chet el investitsiyalarini O„zbekistonga kelishi 
uchun imkoniyat va sharoitlar yaratildi. Ko„plab xorij davlatlarining korxona va 
tashkilotlari bilan qo„shma korxonalar tashkil qilindi va bu ish davom etmoqda. 
O„zbekistonning tashqi siyosati insonparvarlikka asoslangan. Uni natijasida 
mamlakatimiz turli tabiiy ofatlarga uchragan davlatlarga iqtisodiy yordam berish 


121 
ishlarini amalga oshirdi. 
O„zbekistoning tashqi siyosatidagi eng asosiy masala qo„shni davlatlar bilan 
tinch-totuv yashash, keng hamkorlik qilish hisoblanadi. Lekin bu O„zbekistonni 
tashqi uzoqda joylashgan mamlakatlar bilan aloqasiga to„sqinlik qilmaydi. Hozirgi 
kunda O„zbekiston dunyoning barcha joylarida, Afrika, Amerika, yevropada 
joylashgan davlat bilan o„zaro manfaatdorlikda hamkorlik qilmoqda. 
O„zbekistonni tashqi siyosatini belgilashda, yuritishda Oliy Majlis va 
Prezident tegishli vakolatlarga ega. Masalan: Oliy Majlis Konstitutsiyaning 78-
moddasining tegishli bandlariga binoan, tashqi siyosatnining asosiy yo„nalishlarini 
belgilaydi va strategik dasturlarini qabul qiladi; xalqaro shartnomalarni 
ratifikatsiya va denonsatsiya qiladi; Prezidentning urush e'lon qilish to„g„risidagi 
farmonini tasdiqlaydi; Oliy Majlis Senati chet davlatlaridagi diplomatik va boshqa 
vakillarini tayinlaydi va lavozimidan bekor qiladi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti tashqi siyosat sohasida quyidagi vazifa 
va vakolatlarga ega: O„zbekistonning suvereniteti, xavfsizligi va hududiy 
yaxlitligini muhofaza etishga doir choralarni ko„radi; xalqaro muzokaralar olib 
boradi, shartnoma, bitimlarni imzolaydi, ular asosidagi majburiyatlarni bajarilishini 
ta'minlaydi; diplomat va boshqa chet el vakillaridan ishonch yorliqlarini qabul 
qiladi; diplomat va boshqa vakillarni tayinlash uchun Senatga taqdim etadi; tashqi 
siyosatning eng muhim masalalari yuzasidan Oliy Majlisga ma'ruza taqdim etadi; 
tashqaridan hujum yoki tajovuz bo„ganda yoki mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan 
shartnoma majburiyatidan kelib chiqib zarurat bo„lsa urush holati e'lon qiladi. Oliy 
Majlis va Prezidentning xalq nomidan tashqi aloqalarda ishtirok etishni avvalgi 
boblarda aytib o„tgan edik. 
Tashqi siyosatda Vazirlar Mahkamasi ham ishtirok etib, Konstitutsiyaning 
98-moddasiga asosan, Prezident topshirig„iga binoan Bosh vazir xalqaro 
munosabatlarda Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko„radi. 
Tashqi davlat siyosatini yo„lga qo„yish va olib borishda O„zbekiston Tashqi 


122 
ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi muhim rol o„ynaydi
1


Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish